B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Endomitoz

Hujayraning 
ichki 
bo‘linishi. 
Bunda 
hujayradagi 
xromosomalarning reduplikatsiyasi kuzatiladi, lekin ular qutblarga ajralmaydi. Bu 
holat ko‘pincha poliploidiyalarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. 
Sitoplazma hayot faoliyatining mahsulotlari 
Hujayrada moddalar almashinuvi natijasida to‘plangan suvda eruvchan 
ergastik moddalr sitoplazma bilan aralashmay alohida tomchilar holida to‘planadi. 
Hujayraning yoshi ulg‘ayishi bilan ular bir– birlari bilan qo‘shilib 
hujayra shirasi
deb atalgan eritmani tashkil etadi. Bu eritma joylashgan bo‘shliq 
vakuola
deb 
ataladi. Hujayra shirasi sitoplazmaning ichki pardasi hisoblangan tonoplast bilan 
chegaralangan bo‘ladi. Ko‘pchilik yuksak o‘simliklarni voyaga yetgan hujayralari 
uchun markaziy vakuolaning bo‘lishi xarakterlidir. U ancha yirik bo‘lib, 
hujayraning 70-90 % hajmini egallaydi, hujayraning protoplasti barcha 
organellalari bilan birga uning qobig‘i ostida joylashgan protoplastda ham odatda 
mayda sitoplazmatik vakuolalar uchraydi. 


42 
Hujayra shirasining kimyoviy tarkibi va konsentratsiyasi ham o‘zgaruvchan. 
Hujayra shirasini keng tarqalgan moddalaridan biri shakarlardir. Ular saxaroza
Glukoza va fruktozalar shaklida uchraydi. Shakr moddalrhujayradan g‘amlangan 
holda hujayra uchun muhim oziq modda sifatida xizmat qiladi. Glukoza va 
fruktozalar asosan sersuv etdor mevalarda ko‘p miqdorda to‘planadi va ulardan 
inson keng foydalanadi. Yetilayotgan urug‘ hujayralari vakuolalarida ko‘p 
miqdorda kolloid holdagi oqsillar to‘planadi. Shuning uchun ham ularni 
oqsilli 
vakuolalar
deyiladi. 
Hujayra shirasida organik kislotalardan olma, limon, qahbaro kislotalari va 
oksidlar ko‘proq uchraydi. Ular xom mevalarda kuzatilib, mevaga nordon maza 
beradi. Mevalar yetilganda organik kislotalar nafas olish sarf bo‘lib ketadi va 
mevaning nordonlik mazasi yo‘qoladi. 
Hujayra shirasi tarkibiga ko‘pincha oshlovchi moddalr – tannin ham kirdi. 
Bular azotsiz siklik birikmalar hisoblanib, burushtiruvchi xususiyatiga ega. 
Alkaloidlar
. Geterosiklik tuzilishli azotli organik moddalar. Ular achchiq 
ta’m beradi. Hujayra shirasida tuzlar shaklida uchraydi va ishqoriy xossaga ega. 
Odatda rangsiz, ba’zanrangli bo‘ladi. Alkaloidlar yuksak o‘simlik hujayralari 
uchun xos boshqa organizmlarda juda kam uchraydi. 
Glikozidlar
. Shakarning spirtlar, aldegidlar, fenollar yoki boshqa moddalar 
bilan birikishidan hosil bo‘lgan tabiiy moddalar guruhi. O‘simlikdan olinidigan bir 
necha glikozidlar tibbiyotda foydalaniladi. Glikozidlarga hujayra shirasidagi 
pigmentlar – flavonoidlar ham kiradi. Ularning biri antotsianlar hujayra shirasiga 
qizil, ko‘k yoki binafsha rang beradi, ikkinchisi flavonlar sariq rangga ega. 
O‘simlik hujayralarida moddalar almashinuvchi natijasida hosil bo‘lgan 
mahsulotlar, ya’ni gialoplazma turli organellalarda ba’zan hujayra qobig‘ida 
ma’lum miqdorda to‘planadi. 
Bu xildagi mahsulotlarga (kiritmalarga) birinchi navbatda kraxmal 
donachalari, lipid moy tomchilari, oqsillar, ikkinchi turlariga esa ba’zi 
moddalarning kristallari kiradi. 


43 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə