B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Ribosoma
gialoplazmada
erkin holda hamda endoplazmatik to‘r va 
mag‘izlarning tashqi pardalarida ko‘p sonda yepishgan holda uchraydi. 
Ribosomaning o‘lchami 20 nm atrofida bo‘lib, murakkab zarracha 
hisoblanadi. U ikkita katta va kichik zarrachalardan tashkil topgan. Hozir 
ribosomaning ikkita asosiy turi, ya’ni prokariot va eukariot ribosomalar farq 
qilinadi. Bundan tashqari mustaqil holda mayda oqsil to‘plovchi ribosomalar 
mitoxondriyalar, xloroplastlar tarkibida uchraydi. 
Ribosomaning tarkibiga r-RNK va oqsillar kiradi. r-RNK ribosomaning 50-
63% qismini tashkil etib, tuzilishining asosi hisoblanadi. Oqsillar o‘nlab sonda 
bo‘lib, ular r-RNK ning maxsus qismlari bilan bog‘lanadi. Ribosomalarda 
hujayraning eng muhim xususiyati – oqsil to‘plash alamga oshiriladi. 
Mikronaychalar
. Ko‘pchilik hujayralarda topilgan organoid hisoblanib
ular diametri 250 A ga teng va ichi kanallardan iborat naychalardir. 
Mikronaychalarning devorlari oqsil molekulalaridan tuzilgan. Ular sitoplazma va 
uning hosilalarining harakatida, masalan, xivchinlarning tuzilishida qurilish 
materiali sifatida ishtirok etsa kerak.
Hujayraning bo‘linish vaqtida mikronaychalardan urchuq ipi hosil bo‘ladi. 
Hujayra bo‘linishining oxirgi bosqichida iplar qaytadan mikronaychalardan ajralib 
ketadi. Ehtimol mikronaychalar zich hujayra qobig‘iga ega bo‘lmagan hujayralarda 
tayanch vazifasini bajarsa kerak. 
Lizosomalar
. Endoplazmatik to‘r yoki diktiosomalarning mahsuli sifatidagi 
sitoplazmada uchraydigan organelladir. U gidrolitik fermentlarga ega bo‘lib, 
hujayradagi barcha mikromolekulalarni va boshqa organik birikmalarni 
parchalaydi. Bundan tashqari lizosomalar hujayrani o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan 


39 
organellalardan va shunga o‘xshash hujayra uchun yot bo‘lgan moddalardan 
tozalaydi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə