B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

 Hujayra organoidlari 
Mezoplazma
murakkab tuzilishga ega. Porter va uning shogirdlari 
kuzatishlariga ko‘ra sitoplazmada ichki bo‘shliqlar, sisternlardan iborat kanallar 
sistemasi mavjud. Bunday kanallar sistemasining qavatlari ham sitoplazmaning 
chegaralovchi qavatlari kabi tuzilishga ega. Murakkab pardalar sistemasi va ichki 
kanallar yig‘indisi 
endoplazmatik to‘r
deb nom olgan. Endoplazmatik to‘rning 
morfologik va fiziologik jihatdan ikki asosiy turi ajratiladi: donador va silliq 
endoplzmatik to‘r. Donador endoplazmatik to‘r pardasiga ribosomlar yopishgan 
bo‘ladi. U hujayrada muhim vazifalarni bajaradi. Ribosomlar maxsus fermentlar 
to‘planadi yoki sarf bo‘lib turadi. Yendoplazmatik to‘r kanalllari orqali hujayra 
ichila va hujayralararo makromolekula va ionlarning harakati kuzatiladi. Donador 
endoplazmatik to‘r hujayra pardplarini hosil qilish va o‘sish markazi hisoblanadi. 
Uning yordamida hujayra organellalari o‘rtasigi o‘zaro aloqalar amalga oshadi. 
Hujayraning vakuollari, lizomalar, mikrotanachalar plazmatik to‘rdan kelib 
chiqadi. Silliq endoplazmatik to‘r uncha rivojlanmagan bo‘lib, ba’zi hujayralarda 
uchramasligi mumkin. U ko‘pincha efir moylari, smolalar va kauchuk kabi 
moddalarga ega bo‘lgan o‘simlik hujayralarida yaxshi tarqqiy etgan bo‘ladi. 
Mitoxondriyalar
. Mitoxondriyalar yorug‘lik mikroskopida ancha mayda 
ko‘rinadigan hujayra organiodlaridan bir hisoblanib, uni o‘simlik hujayralarida 
birinchi bo‘lib F. Meves 1904 yilda aniqlagan. Ular odatda donador tayoqcha yoki 
ipsimon shakllarga ega va doimo harakatda bo‘ladi. Mitoxondriyalarning 
hujayradagi o‘rtacha soni 50 dan 5000 gacha bo‘ladi. Hujayradagi mitoxondriyalar 
yig‘indisi 
xondriomalar
deb ataladi. Mitoxondriya qo‘sh pardali tuzilishga ega. 
Tashqi pardasi gialoplazma bilan mitoxondriya o‘rtasida moddalar almashinuvini 
idora etadi. Ichki pardasi biroz boshqacharoq tuzilishga va kimyoviy tarkibga ega. 
Ichki pardadan plastinkalar yoki naylar shaklida o‘simtalar chiqadi, ularni 
kristlar
deb ataladi. Mitoxndriyalarning hujayradagi asosiy vazifasi ADF dan energiyaga 
boy adenozitrifosfat (ATF)ni sintez qilib hujayrani energiya bilan ta’minlashdir. 


37 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə