B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Sitoplazma
murakkab kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan elastik, qovushok va 
tiniq jismdir. Sitoplazma strukturasiz massa – gialoplazma va shakllangan 
hosilalar, ya’ni hujayra organoidlari va kiritmalarga ajraladi. Organellalar 
(organoidlar) morfologik va bajarish vazifasi jihatidan hujayraning ixtisoslashgan 
qismdir. Ularga mitoxondriyalar, ribosomalar

goldji kompleksi, endoplazmatik 
to‘r, hujayra markazi kiradi. O‘simlik hujayralari hayvon hujayralaridan farqlanib

ularda plastidalar ham bo‘ladi. Plastidalarda uglevodlar, oqsillar va moylar 
to‘planadi.
Yadro (mag‘iz) deyarli barcha hujayralarning muhim tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Kimyoviy tarkibi jihatidan sitoplazmaga yaqinlashib ketadi. Ular 
o‘rtasida morfologik va funksional aloqa mavjud.
Moddalar almashinuvining ba’zi mahsulotlari (kiritmalar) – sitoplazmaning 
hayot faoliyati natijasida hosil bo‘lib, to‘planib va yo‘qolib turadigan vaqtinchalik 
o‘lik hosilalardir. Ularga g‘amlangan oziq moddalar, moddalar almashinuvining 
oxirgi mahsulotlari, masalan, kraxmal donachalari, moy tomchilari, kristallar va 
boshqalar kiradi.
Sitoplazmaning hayot faoliyati mahsuli sifatida yana vakuolalar o‘simlik va 
hayvon hujayralarida ham bo‘ladi. O‘simlik hujaylarida ular nisbatan ko‘proq 
joyni egallaydi. Shunday qilib, o‘simlik hujayrasi qobiq, mag‘iz va sitoplazma va 
undagi hujayra organellalari, kiritmalar hamda vakuolalardan tashkil topadi.
O‘simlik hujayralarining shakli va o‘lchami xilma-xil bo‘lib, o‘simlikda 
joylanish holati bajaradigan vazifasiga bog‘liq. Yakka holdagi hujayralar 
sharsimon, ovalsimon va tuxumsimon shakllarda bo‘ladi. Ko‘p hujayrali 
organizmlarda, odatda hujayra ko‘p qirrali shaklga ega. Yuksak o‘simliklardagi 
xilma-xil shakllardagi hujayralarni ikki guruhga ajratish mumkin. 
1. Parenxima hujayralar – hamma tamoni deyarli teng yoki izo-diametrik. 
Ularning shakli odatda ko‘proq dumaloq, ovalsimon, yulduzsimon. Parenxima 
hujayralar tirik yupqa qobiqqa ega bo‘lib, ular o‘simlikning ildiz, poya, barg 
hamda gul, urug‘ va mavalarning asosiy to‘qimasini tashkil etadi. 


32 
2. Prozenxima hujayralari bo‘yi eniga nisbatan bir necha o‘n yoki yuz marta 
ortiq, cho‘ziq, uchlari o‘tkirlashgan, qobig‘i esa qalin, ko‘pincha o‘lik 
hujayralardan iborat. Prozenxima hujayra-lari asosan o‘simlikning o‘tkazuvchi va 
mexanik to‘qimalarini hosil qiladi. 
Hujayralarining o‘lchami odatda mikroskopik, ya’ni juda mayda bo‘lib, 
ba’zi hujayralarni (sitrus mevalari et qismidagi prozenxima hujayralarni) oddiy 
ko‘z bilan arang kuzatish mumkin. 
Bunday hujayralarning ulchami 5 mm ga yetadi, eni esa 2-3 mm. Ba’zi bir 
o‘simliklar (tarvuz, qovun, pomidor, olma va boshqalar ) mevalarning et qismidagi 
parenxima hujayralar ancha yirik, ularni lupa yordamida ko‘rish mumkin. O‘simlik 
tanasini tashkil etuvchi asosiy hujayralarning o‘lchami 0,015 – 0,0067 mm/ga teng. 
To‘qimachilik sanoatida ishlanadigan tola beruvchi o‘simliklar (zig‘ir, kanop) lub 
tolalarining uzunligi 20 – 40mm keladi. G‘o‘za o‘simligi chigitining bitta 
hujayrasidan iborat tolasi odatdagi navlarda 23 – 31mm bo‘lsa, elita navlarida u 
65mm.ga boradi. Yuksak o‘simliklarda hujayralar soni astronomik ko‘rsatkichga 
ega. Daraxt o‘simligi bargining o‘zida 200 mln.dan ortiq hujayralar bo‘ladi. 
Sitoplazma
– hujayraning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, unda turli 
moddalar to‘plash, nafas olish, o‘sish jarayonlari, ko‘zg‘aluvchanlik va irsiy 
belgilar saqlanadi, xullas barcha hayotiy jarayonlar sitoplazma ro‘y beradi. Uning 
solishtirma og‘irligi 1,04 – 1,06 ga teng, tiniq, qovushoq, rangsiz massadir. Suvga 
nisbatan nurni biroz kuchliroq sindiradi, suvda erimaydi. 
Sitoplazma organik va anorganik moddalardan tashkil topgan. Asosiy 
organik moddalarga oqsillar, uglevodlar, nuklein kislotalar va lipidlar (yog‘simon 
moddalar) kiradi. Oqsillar tirik mavjudot tuzilishini va xossalarini belgilab 
beruvchi moddalardir. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə