B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Mag‘izning bo‘linishi
. Amitoz (to‘g‘ri bo‘linish). Bu usulda hujayraning 
bo‘linish mag‘izning oddiy ikkita tortmalar hosil qilib, 8 raqami yoki gantel 
shaklini olishi bilan boshlanib, keyinchalik hujayra protoplastik va butunlay 
hujayra 2 ga bo‘linadi. 
O‘simlik hujayralari mag‘izlarning bo‘linishi keng tarqalgan usuli mitoz 
bo‘linish hisoblanadi. Mitotik jarayon bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, 
ularning har biri ikkinchisi bilan bog‘langan holda boradi. Hujayraning mitos usuli 
bilan bo‘linishida profaza, metafaza, anafaza, telefaza va sitokinez kabi bosqichlar 
ajratiladi. Profazada mag‘izdagi xromosomalar aniqroq ko‘rina boshlaydi. Avval 
ular chalkashib o‘ralgan to‘p iplar shaklida, keyinchalik qisqarib bir qator 
joylashgan holda rosmana xromosomalar tarzida shakllanadi.
Metafazada
xromosomalar rosmana shakllanadi va mag‘iz qutblari o‘rtasida 
joylashgan ekvator plastinka atrofidan joy oladi.
Anafazada
sentromeralar ham bo‘linadi va har bir xromosoma ikkita 
xromatidlarga ajraladi. Hosil bo‘lgan yosh yoki yangi xromosomalar urchuq iplari 
yordamida mag‘izning qutblariga tortiladi. Yangi xromosomalarning g‘ovaklanishi 
ro‘y beradi. Xromosomalarning hujayra qutblariga yetib borishi bilan telofaza 
boshlanadi. Bu bosqich profazaning teskarisidir, ya’ni urchuq yo‘qoladi va 
cho‘zila boshlaydi. Ularning shakli ham noaniq bo‘lib qoladi. Ular ishchi 
holatidagi xromatinlarga aylanadi.
Sitokinez
. Odatda telofazadan keyin ekvatorial tekislikda to‘siqlar hosil 
bo‘ladi, ya’ni hujayraning bo‘linishi kuziladi. 
Hujayra plastinkasi
deb ataladigan 
to‘siqning vujudga kelishi ham ancha marakkab jarayondir.
Meyoz organizmning ayrim hujayralarida kuzatiladi. Bu organizmning
voyaga yetishi bilan bog‘liq. Uning xarakterli belgisi hujayraning bo‘linishi 
vaqtida xromosomalar sonining ikki marta kamayishidadir. Meyoz bo‘linishi 
mag‘izning ketma-ket ikki marta bo‘linishidan iborat bo‘lib, birinchi geterotipik 
bo‘linish ancha marakkab o‘tadi, ya’ni bunda xromosomalar reduksiyasi 
kuzatiladi. Ikkinchi gomotipik bo‘linish esa tipik mitotik bo‘linish kabi o‘tadi. 
Natijada 4 ta gaploid hujayra (spora yoki gameta) hosil bo‘ladi. Birinchi 


41 
bo‘linishning profazasida bir necha bosqichlar ajratilib, ularda xromosomalarning 
shakllanishi, gomologik xromosomalarning juft–juft bo‘lib yaqinlashishi ularning 
matashuvi va ajralishi hamda hosil bo‘lgan qo‘sh xromosomalar ma’lum shaklni 
olgan holda ekvatorial tektolikda joy olishi kuzatiladi. Profazaning oxirida mag‘iz 
qobig‘i va mag‘zi yo‘qoladi. Metofazada qo‘sh xromosomalarning axromatin 
urchuq yordamida hujayra qutblariga ajralishi boshlanadi, anafzada esa qo‘sh 
xromosomaning yarmi, ya’ni oddiy xromosoma urchuq iplari bo‘ylab hujayra 
qutblariga tortiladi. Ana shu vaqtda har bir qutbda xromosomalar soni ikki marta 
kamaygan bo‘ladi.
Interkinez yoki oraliq faza mitoz bo‘linishning interfazasiga o‘xshab ketadi. 
Birinchi va ikkinchi, bo‘linish davrlarini qisqarishiga yordam beradi. Interkinezdan 
so‘ng ikkinchi bo‘linishning profaza va metafazalari hujayraning har bir qutbida 
alohida boshlanadi. Bo‘linishning anafazasida xromosomalar ajrlishi va qutblarga 
tortilishi, telefazada 4 ta gaploid mag‘iz hosil bo‘lishi hamda har biri maxsus qobiq 
bilan o‘ralib, mustaqil hujayralarga aylanadi. Meyozning oxirgi bosqichi 
tetradalar 
hosil bo‘lish
deb ataladi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə