Bank-moliya akademiyasi banking and finance


“ Longhorn Group” firmasining vazifalari



Yüklə 246,88 Kb.
səhifə4/10
tarix29.09.2023
ölçüsü246,88 Kb.
#124745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tohir hisobot

1.2 “ Longhorn Group” firmasining vazifalari.
Yuqorida qayd etilgan faoliyat turlari hamda xizmat ko’rsatish sifati bo’yicha mas’uliyatni firma o’z zimmasga oladi. Shuningdek firma turizm sohasidagi faoliyat turlari halqaro standard bo’yicha, klassifikatsiyasi bo’yicha mahsus kod beriladi (masalan 6304-2) yani sayohat operatorligi, sayyohlarni qabul qilish, sayohat byurosi xizmati va sayyohlik safarlarini chakana sotuvchilari degan litsenziyaga ega hisoblanadi.
« Longhorn Group » MChJ turistik firmasi rahbariyati direktor tomonidan amalga oshirilib, buxgalter, yurist va turizm bo’yicha menejer tomonidan funksional rahbarlik vazifalari bajariladi(1-rasm)
Mamlakatimiz tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan qadimiy shaharlari, noyob madaniy-ma’naviy merosi, xalqimizning milliy o‘zligini namoyon etuvchi urf-odat, an’analari, tabiiy salohiyati bilan dunyo sayyohlarining e’tiborini o‘ziga tortmoqda.

1-rasm. « Longhorn Group »MChJ turistik firmasining boshqaruv strukturasi1
1-rasmdan kurinib turibdiki, « Longhorn Group » MChJ turistik firmasining boshqaruv strukturasi yuqori bo’g’ini buxgalter, turizm menejeriva yuristdan tashkil topgan. «Longhorn Group» MChJ turistik firmasida ko’rsatadi.Yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhiti, o‘zbekona mehmondo‘stlik, zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari, yuksak sifatli xizmat turlari sayyohlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.
Mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish, sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish doimiy e’tiborda. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi havo kemalari parki va aeroportlar modernizatsiya qilinmoqda, parvozlar geografiyasi kengayayotir. Poytaxtimizdan Samarqand, Buxoro va Qarshiga qatnovchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi sayyohlarga manzur bo‘lmoqda. Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li bunyod etilishi natijasida Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga zamonaviy poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish barobarida xorijlik sayyohlar va xalqimizga bu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish tizimi ham yildan-yilga rivojlanayotir. Bugungi kunda mamlakatimizda 1 ming 282 sayyohlik tashkiloti, jumladan, 661 mehmonxona, sayyohlik bazasi va kemping, 600 dan ortiq sayyohlik kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Sayyohlik industriyasining istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ekologik turizmni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilayotir. Qo‘riqxonalar, tabiat bog‘lari, ekomarkazlar, biosfera rezervatlarini o‘z ichiga olgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmog‘i kengaymoqda.
Ushbu ekoturizm inshootlari imkoniyatlarini baholash, ularning kadastr tizimini yaratish, soha bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash, mamlakatimizning ekosayyohlik salohiyatini jahonga yanada keng namoyish etish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tashkilot bir-biri bilan o‘zaro integratsiyalashuvsiz hech qanday rivojlanishga erisha olmaydi. Masalan, avtomobil ishlab chiqarish kompaniyalari bu kompaniya mahsulotlariga xizmat ko‘rsatadigan xususiy avtoservislarni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi kerak. Chunki, avtoservislar kompaniya tomonidan chiqarilayotgan avtomobillarni ta’mirlash bo‘yicha barcha qulayliklarga ega bo‘lsa, bu avtomobillarga bo‘lgan talab tabiiy ravishda oshib boradi.
Xuddi shuningdek, turizm sohasidagi kichik va xususiy biznes sub’yektlari ham bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlari turizm sanoatining istiqbolli rivojlanishiga olib keladi. Yuqoridagi bo‘limlarimizda aytib o‘tganimizdek, turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va xususiy biznes sub’yektlari mos ravishda bevosita va bilvosita firmalarga bo‘linadi. Bevosita tadbirkorlik sub’yektlari turizm sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bo‘lgan har xil turistik sayohatlarni uyushtiruvchi agentliklar, turizm operatorlari, xususiy mehmonxonalar, kempinglar, xususiy sanotoriyalar va pansionatlar, xususiy ijara uylari va umuman olganda, turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi barcha firmalarni o‘z ichiga oladi. Bilvosita tadbirkorlik sub’yektlari esa, mamlakatimiz ichki bozorlarida chet ellik turistlar ehtiyojini qondiradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik va xususiy biznes korxonalarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda xalqaro turizmning jahon andozalariga mos keladigan jihatlari endigina rivojlanayotganligi bois turistlarga turistik xizmatlarni ko‘rsatish borasida talaygina qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Bular bevosita turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va o‘rta biznes sub’yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning yaxshi o‘rnatilmaganligiga borib taqaladi. Biz quyida ana shu muammoni hal etish yo‘llari xususida o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining ko‘plab tarixiy qadamjolari va ziyoratgohlari, ko‘hna va navqiron buyuk shaharlari bilan birga go‘zal va xushmanzara tabiati, serjilo daryolari-yu ko‘llari, ajoyib hayvonot olami, dashtu-cho‘llari, bepoyon tekisliklari-yu tog‘u-toshlari, o‘rmonzorlari kabi boyliklariga ham egadir. Hozirgi kunda mamlakatimizga tashrif buyuradigan chet ellik turistlarning sayohatlarini tashkil etish borasida faoliyat ko‘rsatayotgan turistik agentliklar o‘z faoliyat doirasini mana shunday turizm resurslari hisobidan kengaytirishga harakat qilishmoqda. Biroq, bu borada turistik agentlar bilan boshqa shu sohaga taalluqli kichik va xususiy biznes sub’yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning zamon talablariga mos ravishda shakllanmaganligi natijasida ko‘plab to‘siqlarga duch kelinmoqda. Buning uchun, birinchidan, marketing tadqiqotlarini amalga oshiradigan kichik va xususiy kompaniyalar bilan turistik agentlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni qaror toptirish kerak.
Turistik agentliklar yangi tashkil etilganligi bois ularda xizmat ko‘rsatuvchi personal miqdorining kamligi va bundan tashqari tajribali marketologlarning yetishmasligi tufayli ular turistlar uchun qanday turistik mahsulotlarga ehtiyoj borligini, shuningdek, bu turistik mahsulotlarni turistlarga reklama qilish borasida qiyinchiliklarni boshidan kechirishmoqda. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazuvchi agentliklar esa o‘zlaridagi marketing xizmatlarini turistik agentliklarga taklif etishsa, bu muammo hal bo‘lardi. Ular ham mahalliy, ham chet ellik turistlarning qanday turistik mahsulot turlariga ehtiyojlari borligini to‘liq o‘rganish imkoniyatiga egadirlar. Bundan tashqari, bu agentliklar mamlakatimizning xushmanzara hududlarini chet ellarga reklama qilishlari ham turistik agentliklarga qaraganda osondir. Buning sababi, marketing tadqiqoti o‘tkazuvchi agentliklarda ham tadqiqot o‘tkazish, ham reklama uyushtirish uchun yetarli darajadagi moddiy-texnika bazasining shakllanganligida o‘z ifodasini topadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, agarda turistlarga mamlakatimizda mavjud turizm resurslari yetarli darajada reklama qilinsa, u holda turistlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi.
Firma rahbari umumiy rahbarlikni amalga oshirib davlat va jamoat tashkilotlarida firma nomidan ish yuritadi va harakatlantiradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining turizm sohasiga oid farmon va qarorlarini hamda O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi raisining qaror va buyruqlarini so’zsiz bajarilishini ta’minlaydi. Turizmni rivojlantirish davlat dasturini, sayyohlarni muhofaza qilish va xavfsizligini taminlash dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni nazorat qiladi. O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi Toshkent shahar bo’limiga har chorak va yil yakuni bilan qilingan ish bo’yicha hisobot taqdim etadi.
« Longhorn Group » MChJ turistik firmasi o’zining moddiy texnik bazasiga ega:

  1. O’z ofisiga ega;

  2. Uchta restoraniga ega;

  3. Bitta yengil avtomobilga ega;

Firmada mehnatga oid munosabatlar firma va firmani xodimi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi. Firma o’z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar to’lashni shakllari, tizimi hamda miqdorini qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil belgilaydi.



Yüklə 246,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə