Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti


T/r Xo`jalik muomalalari mazmuni



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə10/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Jumaniyozov S-diplom

T/r

Xo`jalik muomalalari mazmuni

Schyotlar korrespondentsiyasi

Debet

Kredit

1

Ijaraga berilgan asosiy vositalar bo`yicha ijarachidan ijara to`lovlarining kelib tushishi

5110

4810, 4820

2

Tovarlarni kreditga sotishdan tushgan pullar

5110

4710

3

Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va
boshqa aktivlarni sotilishidan tushgan tushumlar

5110

4010

4

Pul mablag`lari kassadan hisob-kitob schyotiga
topshirildi

5110

5010

5

Chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablag`lari o`tkazildi

5530

5110

6

Bankka qaytarilgan chek va akkreditivlar bo`yicha
summalar hisob-kitob schyotiga o`tkazildi

5110

5510, 5520

7

Ilgari qisqa muddatli investitsiya tartibida berilgan
qarzlarning qaytarilishi

5110

5830

8

Ilgari berilgan bo`nak qaytarildi

5110

4310- 4390

9

Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi

5110

4860

10

Olingan bo`naklar summasi

5110

6310- 6390

11

Ilgari aktsiyaga obuna bo`lgan ta’sischilardan ulush
summasining kelib tushishi

5110

4610

12

Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan
aktsiyalardan emission daromadning kelib tushishi

5110

8410

13

Bankdan kassaga pul mablag`lari kelib tushdi (mehnat haqi, nafaqa, mukofot va shu kabilarni berish uchun)

5010

5110

14

Xususiy aktsiyalarning sotib olinish

8610, 8620

5110

15

Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi
qarzlarning qoplanishi

6010

5110

16

Berilgan bo`naklar summasi

4310-4330

5110

17

Ilgari olingan bo`naklarni qaytarilishi

6300, 7310

5110

18

Byudjetga to`lovlar bo`yicha qarz summasining
o`tkazilishi

6410

5110

19

Sug`urta va maqsadli davlat jamg`armalariga to`lovlar bo`yicha qarzlarning qoplanishi

6510-6530

5110

20

Ta’sischilarga hisoblangan dividendning to`lanishi

6610

5110

21

Ajratilgan bo`linmalar, sho`’ba va qaram xo`jalik
jamiyatlariga bo`lgan qarz summasining qoplanishi

6110, 6120

5110

22

Qisqa muddatli kredit va qarzlarning qoplanishi

6810-6840

5110

23

Uzoq muddatli kredit va qarzlarning joriy qismining
qoplanishi

6950

5110

24

Hisoblangan foizlar bo`yicha qarzlarning qoplanishi

6920

5110

25

Ijaraga beruvchiga tegishli bo`lgan to`lovlar to`landi

6910, 6950

5110

Bankdagi hisob-kitob schyotlari bo`yicha pul mablag`larining harakatini nazorat qilish va ana shu muomalalarni qishloq xo`jalik korxonalarining hisobida aks ettirib borish maqsadida vaqti-vaqti bilan hisob-kitob schyotlaridan ko`chirmalarni olib turadilar. Ana shu ko`chirmalarda schyotga tushgan pul mablag`lari kreditda berilgani esa debetda ko`rsatiladi.


Bank muasasasi bergan ko`chirmalar yozuvlar to`g`riligi va yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi nuqtai nazardan tekshirib chiqiladi. Barcha qishloq xo`jalik korxonalari bank tomonidan chiqarilgan qoldiqning to`g`riligini bank belgilagan muddatda yozma avishda tasdiqlashlari kerak.
O`zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar schyotlaridagi chet el valyutasidagi pul mablag`larining naqdligi va harakati to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5210 - “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”;
5220 - “Chet eldagi valyuta schyotlari”;
5210 - “Mamlakat ichida valyuta schyotlari” va 5220-“Chet eldagi valyuta schyotlari” schyotlarining debetida valyuta schyotlariga pul mablag`larining kelib tushishi, kreditida esa pul mablag`larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko`chirmasini tekshirish natijasida aniqlangan korxonaning valyuta schyotining debeti yoki kreditiga xatolik bilan o`tkazilgan summalar 4860-“Da’volar bo`yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960- “Da’volar bo`yicha to`lanadigan schyotlar” schyotlari bilan bog`langan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida valyuta schyoti bo`yicha operatsiyalar bank ko`chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Xorijiy valyutadagi pul mablag`larini va xorijiy valyuta operatsiyalarini har bir korxona amalga oshirishi mumkin. Amaldagi Nizomga binoan mulk shaklidan qat’iy nazar O`zR hududida xorijiy valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi barcha xo`jalik yurituvchi sub’ektlar 2001 yil 1 noyabrdan boshlab xorijiy valyutadagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilangan.2
Xorijiy valyuta mablag`lari, qiymatliklari va operatsiyalari xo`jalik operatsiyalari sodir bo`lgan sanaga Markaziy bank kursi bo`yicha so`m ekvivalentida aks ettiriladi. Jumladan quyidagilar bo`yicha:
a) kassadagi valyuta mablag`lari, bankdagi depozit va ssuda schyotlari, akkreditivlar, valyuta ssuda qarzlari;
b) xorijiy valyutadagi debitor va kreditor qarzlar;
v) tuzilgan shartnomalar bo`yichabojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga import qilingan tovar-material qiymatliklar va boshqa aktivlarning kirimi;
g) bojxona to`lovlarining amalga oshirilishi;
d) xorijiy valyuta ko`rinishidagi pulli hujjatlar; ye) xorijiy valyutadagi qimmatli qog`ozlar.
Xorijiy valyutani sotish va sotib olish buxgalteriya hisobida operatsiya sodir bo`lgan sanaga bo`lgan Markaziy bank kursi bo`yicha aks ettiriladi.
Xorijiy valyutani sotish (sotib olish) da sodir bo`ladigan kursdagi farq (ijobiy yoki salbiy) ijobiy bo`lsa – 9540 - «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotida, salbiy bo`lsa – 9620 - «Kurs farqlaridan zararlar» schyotida hisobga olinadi.
Xorijiy valyutani sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) valyuta schyotidan xorijiy valyutani Markaziy bank kursi bo`yicha o`tkazilishi: Dt 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Tranzit» schyoti,
Kt -5020-«Valyuta schyoti».
b) Markaziy bank kursi bo`yicha xorijiy valyutani «Blokschyot» dan chiqarilishi: Dt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi»,
Kt 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Tranzit» schyoti.
v) valyuta bozorida kelishilgan kurs bo`yicha sotilgan xorijiiy valyutaning so`m ekvivalentini hisob-kitob schyotiga o`tkazilishi:
Dt 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti.
g) Xorijiy valyutani sotishda hosil bo`lgan ijobiy kurs farqini Markaziy bank kursidan ortig`ini aks ettirilishi:
Dt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi», Kt 9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyoti.
d) Xorijiy valyutani sotishda hosil bo`lgan salbiy kurs farqini (Markaziy bank kursidan kam) aks ettirilishi:
Dt 9620-«Kurs farqlaridan zararlar»,
Kt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti.
Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar har bir hisobot oyining oxirgi sanasiga balansning valyuta – moddalarini Markaziy bank kursi bo`yicha qaytadan baholaydi va sodir bo`lgan kurs farqlari ijobiy bo`lsa 9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotiga, salbiy bo`lsa – 9620-«Kurs farqlaridan zararlar» schyotiga o`tkaziladi.
Balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:
a) kassadagi, bankning depozit, ssuda schyotlaridagi, shu jumladan akkreditivlardagi valyuta mablag`lari;
b) xorijiy valyutadagi pulli hujjatlar;
v) xorijiy valyuta ko`rinishidagi qisqa va uzoq muddatli qimmatli qog`ozlar;
g) xorijiy valyuta ko`rinishidagi debitor va kreditor qarzlar, kreditlar va qarzlar Xorijiy valyuta harakati to`g`risidagi ma’lumotni bank muassasasi korxonaga valyuta schyotidan ko`chirma berish yo`li bilan xabar beradi.5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlar»ni kredit oboroti 2/1 – jurnal-orderida aks ettiriladi. Bu schyotning debet oboroti 2/1 qaydnomaini yuritish bilan nazorat qilinadi. Valyuta schyoti bo`yicha analitik hisob kartochkalarda valyutalarning nomlari bo`yicha yuritiladi.
O`zbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa to`lov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul mablag`larining mavjudligi va harakati to`g`risida, shuningdek, maqsadli moliyalashtirish (tushumlar) pul mablag`larining alohida saqlanadigan qismining harakati to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5510 - “Akkreditivlar”;
5520 - “Chek daftarchalari”;
5530 - “Boshqa maxsus schyotlar”.
5510 - “Akkreditivlar” schyotida akkreditivdagi pul mablag`lari hisobga olinadi. Akkreditivga pul mablag`larini o`tkazish 5510 - “Akkreditivlar” schyotining debetida va 5110 - “Hisob-kitob schyoti”, 5210 - “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 - “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
5510 - “Akkreditivlar” schyoti bo`yicha akkreditivga hisobga olingan pul mablag`lari ularning ishlatilishi bo`yicha (bank ko`chirmalariga asosan),6010 -“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan schyotlar”ning debetiga hisobdan chiqariladi. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag`lar, bank tomonidan ular qaysi schyotdan o`tkazilgan bo`lsa, shu schyotlarga qayta tiklanganda 5510 - “Akkreditivlar” schyotining krediti, 5110 - “Hisob-kitob schyoti”, 5210 - “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 - “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bog`langan holda aks ettiriladi.
5510 - “Akkreditivlar” schyoti bo`yicha analitik hisob korxona tomonidan qo`yilgan har bir akkreditiv bo`yicha alohida yuritiladi.
5520 - “Chek daftarchalari” schyotida chek daftarchalaridagi pul mablag`larining harakati hisobga olinadi. Chek daftarchalarini berishda pul mablag`larini deponentlash 5520 “Chek daftarchalari” schyotining debeti va 5110 - “Hisob-kitob schyoti”, 5210 - “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”, 5220 - “Chet eldagi valyuta schyotlari”, 6810 - “Qisqa muddatli bank kreditlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi. Korxona tomonidan berilgan cheklarning to`lovi doirasidagi summa 5520 - “Chek daftarchalari” schyotining kreditidan xarajat va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog`langan holda hisobdan chiqariladi. Chek bilan berilgan, lekin bank tomonidan to`lanmagan (to`lovga taqdim etilmagan) summa 5520 - “Chek daftarchalari” schyotida qoladi va ushbu 5520 - “Chek daftarchalari” schyotining qoldig`i bank ko`chirmalari bilan mos kelishi lozim. Bankka qaytarilgan cheklarning (foydalanilmay qolgan) summasi 5520 - “Chek daftarchalari” schyotining kreditida 5110 - “Hisob-kitob schyoti”, 5210 - “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”, 5220 - “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bog`langan holda aks ettiriladi.
Kreditor korxonalar bilan hisob-kitob qilish uchun korxona xodimlariga hisobdorlikka berilgan chek daftarchalaridagi mablag`larning harakati ustidan nazorat tezkor ravishda yuritiladi.
5520 - “Chek daftarchalari” schyoti bo`yicha analitik hisob har bir olingan chek daftarchalari bo`yicha yuritiladi.
5530 - “Boshqa maxsus schyotlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablag`lar, shu jumladan ijtimoiy muassasalar, ob’ektlar (bolalar bog`chasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o`zga foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablag`lari; korxonaning talabiga ko`ra alohida schyotda yig`iladigan va sarflanadigan kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish mablag`lari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning harakati hisobga olinadi.
Korxonaning ajratilgan bo`linmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat haqi, alohida xo`jalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish uchun ochilgan joriy schyotlarda ushbu ko`rsatilgan mablag`larning harakati alohida schyotda aks ettiriladi.
5530 - “Boshqa maxsus schyotlar” bo`yicha analitik hisobni tashkil etish O`zbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul mablag`larining naqdligi va harakati to`g`risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.

Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə