Bibliografiya lat p65



Yüklə 371,14 Kb.
səhifə29/90
tarix19.04.2023
ölçüsü371,14 Kb.
#106141
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
s

Savol va topshiriqlar


  1. O‘rta Osiyoda bibliografiya paydo bo‘lishining dastlabki ko‘rinishlari haqida gapirib bering.

  2. Ibn an-Nodimning „Kitob al-fixrist“ asari haqida qanday ma’lumot bering?

  3. Beruniyning bibliografik faoliyati haqida nimalarni bilasiz?

  4. Navoiyning birinchi bibliografi kim bo‘lgan?

  5. Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asari haqida to‘xtaling.

  6. Òazkirachilik nima, tazkiralardan qaysilarini bilasiz?

V I BOB. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI VA XX ASRNING BOSHLARIDA ÒURKISTONDA BIBLIOGRAFIYA ISHI


Mavzuning maqsadiO‘zbekiston madaniyati tarixida muhim o‘rin tutgan „Turkiston to‘plami“ haqida keng ma’lumot berish. Asosiy tushunchaTurkiston to‘plami.
Yevropaning O‘rta Osiyoni o‘rganishga va uni bosib olishga bo‘lgan qiziqishi XVII asrning birinchi yarmidayoq boshlangan edi. Bu borada Angliya va Rossiya o‘rtasida raqobat kuchli bo‘lgan. XVII asrda angliyalik sayohatchi olimlarning Pomir va Amudaryoning yuqori sohillarini o‘rganishga oid ishlari nashr etilgan. 1717-yilda rus podshosi Pyotr I topshirig‘i bilan knyaz Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida O‘rta Osiyoga harbiy ekspeditsiya yuborilgan. Uning a’zolari Xiva atrofida butunlay qirib tashlangan (ekspeditsiya natijalari arxiv hujjatlari asosida XIX asrning oxirida I. Ò. Beschin tomonidan „Bibliografik monografiya“ nomi bilan nashr qilinadi). Shu davrdan boshlab rus olimlari va sayohatchilarida ham O‘rta Osiyoni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish oshib bordi. N. Muravyov, N. A. Seversov, A. P. Fedchenko, I. V. Mushketov, P. P. Semyonovlar boshchiligida XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida bir necha bor O‘rta Osiyoga ekspeditsiya yuboriladi. Bu ekspeditsiyalar natijasida Rossiyaga O‘rta Osiyoning katta qismini bosib olish uchun imkoniyat yaratildi.
1867- yili rus qo‘shinlarining Òoshkentni bosib olishlari bilan Òurkiston general-gubernatorligi tashkil qilindi. Rus bibliograflari tomonidan O‘rta Osiyo haqidagi rus va chet tillardagi adabiyotlarning bibliografiyasi tuzila boshlandi. Bu davrda O‘rta Osiyoda bibliografiyaning paydo bo‘lish sababini XIX asrning yirik rus bibliografi, birinchi bo‘lib O‘rta Osiyo haqidagi adabiyotlarni to‘plagan V. I. Mejov „O‘rta Osiyoni har tomonlama chuqur o‘rganishga sof savdo va ilmiy maqsad sabab bo‘ldi“, deb ko‘rsatadi. Albatta, bu fikr ma’lum darajada to‘g‘ri, lekin ilmiy maqsad emas, balki sof harbiy maqsad ko‘zda tutilib, O‘rta Osiyo chuqur o‘rganilgan, desak mantiqqa to‘g‘ri keladi. Buni rus qo‘shinlarining qo‘mondoni, Òurkiston general-gubernatori N. P. Kaufmanning V. I. Mejovdan O‘rta Osiyo haqidagi adabiyotlarning bibliografiyasini tuzib berishni so‘ragani isbot qilib turibdi. V. I. Mejov bunga rozi bo‘lib, Òurkiston haqida bibliografik ko‘rsatkich emas, balki Òurkiston haqidagi adabiyotlar to‘plamini tuzib berishni taklif qiladi.
O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda XIX asr yirik rus bibliografi V. I. Mejovning Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston milliy kutubxonasining nodir kitoblar bo‘limida saqlanayotgan, hozirga qadar o‘zining ilmiy-amaliy ahamiyatini saqlab kelayotgan „Turkiston to‘plami“ („Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê“) muhim ahamiyatga ega. Uning vujudga kelishi hamda ahamiyatiga oid V. I. Mejov zamondoshlari, hozirgi davr mutaxassislari Logofet, Y. K. Betger, N. M. Benediktova, O. G‘. Qosimova, O. V. Maslova, Z. L. Fratkina va boshqalarning qator ilmiy tanqidiy maqolalari mavjud. Lekin bu maqolalarda „Turkiston to‘plami“ning yaratilishi tarixi, ahamiyati, unga tuzilgan yordamchi ko‘rsatkichlar yetarlicha yoritilmagan.

Yüklə 371,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə