Bibliografiya lat p65



Yüklə 371,14 Kb.
səhifə37/90
tarix19.04.2023
ölçüsü371,14 Kb.
#106141
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
s

Hududiy belgisiga ko‘ra: shu davlat egallagan hududda nashr etilgan yoki uning fuqarolari tomonidan, qayerda yashashidan qat’i nazar, nashr etilgan asarlar; (hozir qayerda yashashidan qat’i nazar) shu hududda tug‘ilgan va yashayotgan mualliflarning asarlari; boshqa hududda shu mamlakat uchun nashr etilgan hujjatlar;

  • Òil belgisiga ko‘ra: qayerda nashr etilishidan qat’i nazar, shu xalq tilida nashr etilgan hujjatlar; qayerda yashashidan qat’i nazar, shu xalq vakillari —mualliflar yaratgan adabiyotlar;

  • Etnik belgisiga ko‘ra: qayerda tug‘ilgani va yashashidan qat’i nazar, shu xalq vakillari nashr etgan asarlar; qayerda tug‘ilgani va yashashidan qat’i nazar, shu xalqqa mansub mualliflar;

  • Xalqchillik belgisiga ko‘ra: qayerda nashr etilganidan qat’i nazar, shu xalq haqidagi hujjatlar; qaysi xalq vakili yozishidan qat’i nazar, xalq haqida yaratilgan asarlar.

    Demak, milliy bibliografiyaga tanlangan, xalqqa mansub mualliflar va asarlar olinadi. Davlat bibliografiyasi uchun davlat haqidagi emas, balki aynan shu davlat hududida nashr etilgan asarlar olinadi, chunki ba’zi xalqlar o‘z davlatiga ega emas. Davlat bibliografik axboroti boshqa turdagi bibliografik faoliyat rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. Axborot olamida axborotlashtirish muhim belgi bo‘lib qoldi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyotning yutuqlari bilan belgilanadi va jamiyatning axborot bibliografiya tuzilmasida bibliografiyaning o‘rni va rolining yangicha tushunchasiga sabab bo‘ladi. Bu axborotlashgan faoliyatga asoslangan dunyo axborot bozorida axborot mahsulotlarining ko‘payishiga olib kelmoqda. Bu esa ijtimoiy va axborotlashgan tizimda davlat bibliografiyasining o‘rnini belgilashni talab etadi. Davlat bibliografiyasi axborot faoliyatining bir qismidir. Jamiyat axborot qimmatini ko‘tardi, axborot mahsulotlari esa kengayib bormoqda. Bu, ayniqsa, bosma mahsulotlardan elektron ko‘rinishdagi mahsulotlarga o‘tib borishda ko‘rinadi. Axborotlashuvning asosiy vositasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalaridir. Buning natijasida davlat bibliografiyasi ham kompyuterlashib, axborot sanoatining bir qismiga aylandi. Uning qay darajada ekanligi mamlakatda axborotlashuvning qay darajada tashkil etilganiga bog‘liq. Bunda davlat bibliografiyasiga davlatning qo‘llabquvvatlashi zarur ekanligini nazarda tutish lozim. Butun dunyo va davlatlar o‘rtasida davlat bibliografiyasining rivojlanishi uzviy bog‘liqlikda amalga oshadi. Bu Universal bibliografik hisobga olish dasturida va „Yevropa iqtisodiy hamkorligini“ tashkil etishda ham nazarda tutilgan. Òurli mamlakatlar davlat bibliografiyasining avtomatlashgan tizimini dasturiy ta’minlash nashriyotlarga va kitob savdosi tashkilotlariga topshirilgan. Bu bibliografiya, nashriyot va kitob savdosi ishining birikib ketishiga olib keladi. Xalqaro miqyosda olib borilsa, dunyo axborot bozoriga chiqishni osonlashtiradi.
    Davlat bibliografiyasi tizimida iste’molchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:

    1. Davlat bibliografiyasi taraqqiyotini aniqlashda iste’molchilartalablari asosiy omil bo‘ladi.

    2. Iste’molchilar qarorlarni hal etishda ishtirok etadilar.

    3. Davlat bibliografiyasi markazi muntazam iste’molchilarningaxborotga bo‘lgan talablarini o‘rganadi va undan tijorat xizmatini tashkil etishda foydalanadi.

    4. Kutubxonalar davlat bibliografiyasi mahsulotlarining asosiyiste’molchilari bo‘lib qolaveradi, buning uchun axborot olamidagi yangi axborot manbalaridan, tijorat ma’lumotlari bankidan, ma’lumotlar bazasidan, axborot tarmoqlaridan foydalanish kerak.

    Davlat bibliografiyasi markazi davlat bibliografik axborotining to‘g‘riligi va to‘laligi uchun javob beradi. Uning standart sifatida tasdiqlanishiga erishadi. Davlat bibliografik axborotni ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish va uslubiy hujjatlarni tayyorlash yo‘li bilan unifikatsiya qilishni ta’minlaydi.

    Yüklə 371,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə