Bibliografiya lat p65


Respublika Milliy kitob palatasi faoliyati



Yüklə 371,14 Kb.
səhifə38/90
tarix19.04.2023
ölçüsü371,14 Kb.
#106141
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90
s

Respublika Milliy kitob palatasi faoliyati


Hujjatlar madaniyati va dunyo bibliografiyasining yuzaga kelishida kitob palatasi asosiy o‘rin tutadi. U matbuot asarlarining majburiy nusxalarini yig‘di, barcha turdagi elektron kitoblar va hujjatlarning ham majburiy nusxalari shu joyda yig‘ildi va hisobga olindi, uni saqlab, arxivini tashkil etdi, bibliografik va axborot xizmatini ko‘rsatish uchun manbalarni tayyorladi va hokazo.
1920-yilda O‘zbekistonda nashriyotchilik ishi va kitob ishi rivojlanib borishi bilan davlat bibliografiyasining markazini tashkil etish ehtiyoji paydo bo‘lgan edi. Shu yili kuzda Òoshkentdagi Òurkiston davlat nashriyotida birinchi Òurkiston kitob palatasi tashkil etildi. Ammo o‘sha paytdagi shart-sharoitlarning murakkabligi tufayli chiqayotgan nashrlarning hammasini hisobga olib borish, ularning ro‘yxatini tuzish va nashr etish, Rossiya markaziy kitob palatasiga kelib tushayotgan va mahalliy kutubxonalarga kelayotgan nashrlarni to‘la qamrab olish imkoni bo‘lmadi. 1922—1924-yillarda Òurkiston matbaa asarlarining davlat hisobini olib borish va Rossiya kitob palatasining „Kitob yilnomasi“da aks ettirishga urinishlar bo‘lgan. 1922-yil 17- iyulda qabul qilingan respublikalar hududida nashr etilayotgan matbuot asarlarini majburiy hisobga olish haqidagi qarordan so‘ng yana Òurkiston kitob palatasini tashkil etishga urinish boshlandi. Chunki 1922-yilgacha hech qayerda Òurkiston matbuoti hisobga olinmadi, respublikada nashriyotchilik va kitob ishining tez sur’atlar bilan o‘sib borishi tezkorlik bilan ular haqida axborot berib borishni talab etar edi, respublikada nashr etilayotgan asarlarning majburiy nusxalarini to‘plash masalasi hali hal etilmagan edi. 1922-yil sentabr oyi boshlarida Respublika davlat ilmiy kengashida kitob palatasi masalasi ko‘rildi. Palatani tashkil etish loyihasini tayyorlashning maxsus komissiya yig‘ilishida Òurkiston davlat kutubxonasining xodimi N. A. Burov ishtirok etdi. Oktabr oyi o‘rtalarida Òurkiston davlat kutubxonasi direktori Y. K. Betger Davlat ilmiy kengashi topshirig‘i bilan Òurkiston kitob palatasini ta’sis etish bo‘yicha Xalq komissarlar sovetining qaror va Xalq maorifi komissarligining respublikada matbuot asarlarining majburiy nusxasini hisobga olib borish haqidagi yo‘riqnoma loyihasini topshiradi.
1923-yil 15-yanvarda Davlat ilmiy kengashi qoshida ikkinchi Òurkiston kitob palatasi tashkil etiladi, ammo shu yilning may oyidayoq uning faoliyati to‘xtatiladi. 1923- yil yanvarining o‘rtalaridan boshlab Òurkiston Avtonom Respublikasida matbuot asarlarini hisobga olib borish boshlandi va Òurkiston kitob yilnomasi ko‘rinishida ro‘yxat tayyorlanadi, unga asos matbuot asarlarining majburiy nusxalari va Òurkiston davlat kutubxonasi fondiga kelib tushayotgan adabiyotlar. Dastlab palata 1917—1922-yillarda nashr etilgan matbuot asarlarini yig‘adi. Yilnomani nashr etish 1921yilda boshlandi va 1923-yildan boshlab Rossiya markaziy kitob palatasidan Òurkistonga oid adabiyotlarning majburiy nusxalari kelib tusha boshlaydi. Òurkiston davlat kutubxonasi fondining tez o‘sib borishiga ta’sir etdi. Dastlab bibliografik tasvirlar kirill yozuvida olib borildi, bu qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Chunki sharq tillaridagi va yozuvidagi adabiyotlarda rus kirill yozuvidagi na tarjimasi, na izohlari deyarli uchramas edi. Y. K. Betger Òurkiston nashrlarini asl tilida hisobga olish, zarur bo‘lgan holda Rossiya kitob palatasining kirill yozuvida bo‘lmagan asarlarni ro‘yxatga kiritmagandan ko‘ra, rus tilidagi tarjimasini yoki qisqacha izohini berish kerak, deb talab qildi. U titul varag‘ining orqa tomonida zarur bibliografik elementlarni rus tilida berish va bu bilan Rossiya kitob palatasining hisobga olish ishlarini yengillatish.
O‘zbekiston hukumatining 1926- yil 3- yanvardagi 1930yilgacha O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan Samarqandda davlat kitob palatasini tashkil etish haqida qarori e’lon qilindi. Shu kundan boshlab rejali, malakali holda davlat bibliografiyasini tuzish boshlandi. Kitob palatasi O‘zbekiston Xalq komissariati tarkibiga kiruvchi muassasalarning Akademik markaziga qarashli edi. Qarorda kitob palatasi O‘zbekiston hududida nashr etilayotgan barcha turdagi matbuot asarlarini bir necha nusxada saqlaydi va hisobga olib boradi, deb ko‘rsatildi. O‘sha paytda palataning shtati 2 kishidan iborat bo‘lib, bittasi I. Rahmatullayev direktor, ikkinchisi D. P. Kvasnitskiy bibliograf edi. 1927-yildan boshlab kitob palatasida majburiy nusxa ola boshlanadi va alifbo hamda sistemali katalog yuritiladi. Shu kunga qadar faoliyat yuritib kelayotgan kitob palatasi davlat bibliografiyasining, matbuot asarlarining statistik, markazlashgan kataloglashtirish, ma’lumotnoma-bibliografiya, nashriyotchilik, poligrafik sanoat va kitob savdosi sohasi hamda ilmiy-texnik axborot va targ‘ibotning tarmoq markaziga aylandi. 1980- yillarga qadar kitob palatasida matbuot asarlarini qabul qilish va nazorat qilish; davlat kundalik bibliografiyasi; ma’lumotnoma-bibliografiya bo‘limi; matbuot asarlarini hisobga olish bo‘limlari ish olib bordi.
Palataga kelgan har bir hujjat avval matbuot asarlarini qabul qilish va nazorat qilish bo‘limiga tushadi. Bu bo‘limda kitoblar bilan birga kelgan ilovali hujjatlar bosmaxona yoki nashriyotlarning nomlari bo‘yicha alohida joylashtiriladi. Kitoblar turli xil belgilariga qarab alohida guruhlashtiriladi, har biriga inventar raqami qo‘yiladi. Gazeta va jurnallarning nomlari bo‘yicha har biriga alohida pasport yoziladi va tikib boriladi, keyinchalik muqovalanadi. Bu yerda nazoratdan o‘tgan kitoblar statistika sho‘basida bibliografik tavsif bilan boyitiladi. Bu bo‘limdan so‘ng adabiyotlar bibliografiya bo‘limida alohida bibliografik hisobdan o‘tadi va „O‘zbekiston matbuoti solnomasi“ uchun ma’lumotlar to‘plash jarayonida ishtirok etadi. Ma’lumot va bibliografiya bo‘limi esa katalog va kartotekalar uchun kartochkalarni tayyorlaydi va ularni yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirib boradi.
Palataning asosiy vazifasi—O‘zbekistonda nashr etilayotgan matbuot asarlarini hisobga olib borish, uning raqamli hisobini yuritish, gazeta va jurnallarga bosma va elektron mahsulotlar haqida axborot berib turish. Kitob palatasining yuragi,matbuot asarlarining arxivi 1927-yili tashkil etilgan. Har yili arxivga 46 ming dona matbuot asari kelib tushgan. O‘sha yillardanoq 7 ta ko‘rsatkichdan iborat „O‘zbekiston matbuotining yilnomasi“ nashr etila boshlandi: 1928-yildan „O‘zbekiston kitob solnomasi“, 1931-yildan rus va 1938-yildan o‘zbek tilida „Jurnal maqolalari solnomasi“, 1968- yildan „Taqrizlar solnomasi“ va „Tasviriy san’at asarlarining bosma nashrlari solnomasi“, 1969- yildan „Gazeta maqolalari solnomasi“, 1976-yildan boshlab kitob palatasi „Åæåãîäíèê êíèãè ÓçÑÑГ va 1982-yildan „O‘zbekistonning bibliografik qo‘llanmalari“ nomli yillik ko‘rsatkich nashr etdi.
1958-yil O‘zbekistonda respublika darajasida davlat bibliografiyasi tizimidagi qo‘llanmalar kartochka shaklida nashr etila boshlandi. Bu ishda 1974—75-yillarda yangi nashr etilayotgan adabiyotlarning annotatsiya kartochkalari nashr etildi. Kitob palatasida o‘zbek tilidagi kitoblarning, 1915-yildan qoraqalpoq va rus tilidagi kitoblarning alifbo katalogi, 1917-yildan rus va o‘zbek tilidagi kitoblarning sistemali katalogi, o‘zbek va rus tilidagi jurnal maqolalari katalogi, izografika katalogi, rus tilida avtoreferatlar katalogi, mualliflarning familiyalari tartibida badiiy, o‘smirlar va bolalar adabiyoti, ilmiy ishlar, to‘plamlarga kiritilgan mualliflar, taqrizlar, tarjimonlar kartotekalari tuzilgan. Kitob palatasining ma’lumot-bibliografiya apparati 800 ming bibliografik yozuvdan tashkil topgan 20 dan oshiq turli katalog va kartotekalardan iborat.
1994- yildan kitob palatasi Milliy bibliografiya markaziga aylantirildi. Yangi status olganiga qaramay, palataning vazifalari ancha qisqargan. 2002-yildan shu kungacha to‘plangan bibliografik yozuvlar elektron ko‘rinishda, bosma holda nashr etilmadi va tarqatilmadi. Hozirgi kunda mazkur markaz Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi tarkibida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yüklə 371,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə