dasturiy injiniring taʼlim yoʻnalishining fanlar katalogi



Yüklə 198,7 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.03.2024
ölçüsü198,7 Kb.
#183818
60610600 –Dasturiy injiniring Fan katalogi



 
 
 
60610600 –DASTURIY INJINIRING TAʼLIM YOʻNALISHINING FANLAR KATALOGI 
№ 
Fanning kodi 
Fanning nomi 
Fanning qisqacha tavsifi 
Kredit 
miqdori 
Semestr 
Professor-oʻqituvchilar: F.I.Sh., 
ilmiy unvoni va darajasi 
Majburiy fanlar 
1.01 
MM1007 
Matematika 
Matematika fanining o’qitilishidan maqsad – talabalarni 
matematikaning 
zaruriy 
ma’lumotlari 
majmuasi 
(tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy 
masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan 
tanishtirish xamda matematika yo’nalishlarining o’zviy 
bog’liqliklarini o’rganishdan iboratdir. Ayni paytda u 
talabalarni mantiqiy fikrlashga, to’g’ri xulosa chiqarishga, 
matematik 
madaniyatini 
oshirishga 
xizmat 
qiladi. 
Talabalarni mantiqiy fikirlashga, nazariy bilimlarni 
amaliyotga bevosita tatbiq etishga, to’g’ri xulosa 
chiqarish va qaror qabul qilishga o’rgatish Matematika 
fanining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 


Dots.S.Muhiddinov 
ass.E.Settarova 
1.02 
AI1007 
Amaliy informatika 
Fanni oʻqitishdan maqsad - Talabalarni axborot resurslari, 
dasturiy va texnik vositalarni joriy etish asosiy 
yo'nalishlari bilan tanishtirish, ularda kompyuterlarning 
zamonaviy 
dasturlari 
tizimida 
ishlash 
amaliy 
ko'nikmalarni shakllantirish. 
Fanning vazifasi - Axborot yig’ish , saqlash, qayta ishlash 
va undan foydalanish usullari , zamonaviy komputer 
texnologiyalari yuzasidan umumiy tasavvur va maʼlum 
bir bilimlar bazasini hosil qilish. 

2,3 
Dots.f-m.f.nAminov Istam 
Barnoyevich 
Ass.Inatov Abror Ismatovich 
1.03 
PD2007 
Parallel dasturlash 
Parallel dasturlash fani – deyarli barcha sohalarda mavjud 
bo’lgan katta ma’lumotlar va murakkab masalalar uchun 
dasturlar tuzish 
metodlarini o’rganishda 
muhim 
ahamiyatga ega. Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarni 
yuqori samarali parallel hisoblash tizimlari (PVS) uchun 
dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, bunday tizimlarni 
konfiguratsiya qilish va boshqarish, kerakli texnik, 
algoritmik, dasturiy va texnologik yechimlarni tanlash 
imkoniyatiga ega bo'lgan darajada nazariy va amaliy 
assistant Meliyev F.F; 
assistant Oblaqulov S.Z; 


o'qitish, ularning ishlash printsiplarini tushuntira olish va 
ulardan to'g'ri foydalanish. Ushbu maqsadni amalga 
oshirishda parallel hisoblash muammolari, ko’p 
protsessorli hisoblash tizimlari arxitekturasi, parallel 
algoritmlarning ishlab chiqish bosqichlari, parallel dastur 
ishlab chiqish vositalari, umumiy xotira tizimlarida 
dasturlash, OpenMP usullari va tushunchlar ushbu fanda 
o`rgatiladi. 
1.04 
O’YaTM4 
O’zbekistonning yangi tarixi 
Mustaqillik yillarida O’zbekiston respublikasida yuz 
bergan muhim o’zgarishlar, tub islohatlarning mazmun 
mohiyatini ko’rsatish va jamiyat hayotida talabaning 
o’rnini, o’zligini anglashdan iborat. 


Dots. Vafoeva J 
1.05 
FM3006 
Falsafa 
Yoshlarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy 
bilimlar bilimlar qurollantirish hamda ularda o’z-o’zini 
anglash va to’g’ri fikirlash mahorati, ko'nikma va 
malakalarni shakillantirishdan iborat. 


Prof..Yaxshilikov J. 
1.06 
O’RM1006 
O’zbek (rus) tili 
Rus tili bilimi asosida samarali muloqotni barcha nutqiy 
faoliyat turlarida rivojlantirish, o`quv va ilmiy, kasbiy, 
ijtimoiy-madaniy sohalarida talabalarda o`zaro fikr 
almashinuvini shakllantirish, mustaqil ravishda kasbiy 
muloqot qobiliyatlarini egallash, hamda o`rta ta`lim, o`rta 
maxsus ta`lim jarayonida olingan bilim va
ko`nikmalarni yanadayam oshirish va ilmiy gumanitar 
dunyoqarashni,rus tili yordamida ijodiy fikrlashni , 
tafakkurni shakllantirish. 

1,2 
Ass.S.T.Yuldasheva 
Ass.G.A.Xadjikurbanova 
1.07 
XTM1008 
Xorijiy til 
Talabalarni chet tilini faol egallashga o’rgatish, ya’ni 
dastur asosida berilgan mavzular bo’yicha o’z fukr 
mulohazalarni chet tilida bayon eta olish hamda shu tilda 
bilidirilgan fikrlarni anglashdan iborat. 

1,2,3,4 
ass.Toxirova S, ass. Rafiyev Sh, ass. 
Qayumova Sh, ass. Abduraxmonov 
S, ass. Umurzoqov U 
1.08 
O’TM1003 
O’zbek tilini sohada 
qo’llanilishi 
Talabalarning yangi alifbo imlo qoidalari, davlat tilida ish 
yuritish va mutaxassisligiga oid terminlarni bilishning 
ilmiy-nazariy 
asoslarini, 
hamda 
ularning 
ijtimoiy 
hayotining barcha sohalarida qo’llay olishi, ilmiy va 
ta’lim jarayonlarida tadbiq qilishning ilmiy metodik 
imkoniyatlarini yoritishdan iborat. 


ass. Ubaydullayeva M 
1.09 
JTM1004 
Jismoniy tarbiya va sport 
Talabalarda sport turlarining mashq elementlari, sport 
o'yinlari, sport turlarida hujum va himoya taktikasi va 
texnikasi bilan tanishtirish, o'yinlarda qo'llanadigan turli 
usullarni o'rgatishni takomillashtirish, fintlar bilan amaliy 
tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish va 
oshirish, musobaqalar o'tkazish usullarini va nizomlarini 

1,2 
Ass. Qurbonov A,
Ass. Oblonazarov F,
Ass. Raupov 


tuzishga o'rgatish, bolalarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash va barkmol avlodni tarbiyalashga mos bilim, 
ko'nikma va malakalarni shakillantirish oshirish hamda 
takomillashtirishdan iboratdir. 
1.10 
DAM10013 
Dasturlash asoslari 
Programmalash asoslari” fanining bosh maqsadi 
talabalarga qo‘yilgan masalani yechuvchi kompyuter 
programmasini tuzishga o‘rgatishdir. Shu maqsadda 
programmalash tillari va muhitlari haqida umumiy 
tushunchalar beriladi va bu tillardan foydalanish 
o‘rgatiladi. Ushbu fan talabalarga dastlabki o‘quv 
yillarida o‘qitiladi va talabaning keyinchalik o‘qitiladigan 
boshqa ixtisoslik fanlari va maxsus fanlarni o‘rganishda 
zarur bo‘ladigan eng asosiy tushuncha va ma’lumotlar 
bilan tanishtiradi. Bu kursda asosan, dasturlash asoslari, 
C++ tilida programmalash, obyektga mo’ljallangan 
dasturlash, visual dasturlash hamda ma’lumotlar 
bazalarini dasturlash kabi bo‘limlar o‘rgatiladi. 
24 
1,2,3,4,5 
PhD, dotsent Daliyev Sh.K; assistent 
Davirov B.B; assistent Absalomova 
G.B; assistent Eshonqulov E.Sh; 
1.11 
PDM2005 
Python dasturlash tili va 
kutubxonalari 
Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni Python 
dasturlash tilining asosiy dasturlash tamoillari va 
kutubxonalarning eng asosiy va eng muhim tushunchalari 
bilan tanishtirishdan iboratdir. Ushbu maqsadni amalga 
oshirishda quyidagilar o`rganilib chiqiladi: Ma'lumot 
turlari, operatorlar. Ma`lumotlarni kiritish va chiqish. 
Pythonda 
ma'lumotlar 
strukturasi. 
Pythonda 
tarmoqlanuvchi, 
takrorlanuvchi 
va 
tanlash 
jarayonlari.Istisnoli holatlarni qayta ishlash.Funksional 
dasturlash asoslari. Pythonda ob`yektga yo`naltirilgan 
dasturlash. Hodisalar.Fayllar bilan ishlash. Matn va satrlar 
bilan ishlash. Regulyar ifodalar. Modulli dasturlash. 
Standart va standart bo`lmagan modullar. Matematika 
moduli. GUI bilan ishlash. Tkinter, PyQT grafik 
kutubxonalari. Numpy kutubxonasi. Word, Excel, CSV 
fayllar 
bilan 
ishlash 
kutubxonalari 
Matplotlib 
ma`lumotlarni vizuallashtirish kutubxonasi. 


t.f.n., dotsent To’raqulov I.N; 
assistent Davirov B.;
1.12 
ATM2004 
Axborot tizimlari 
“Axborot tizimlari” fanini o‘qitishdan maqsad- bo‘lajak 
mutaxasis kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan 
axborot tizimlarining mohiyati bo’yicha bilimlar va 
amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va makalalarni 
shaklantirish va rivojlantirishdan iborat 
Fanning vazifasi – tizim, tizim va muhit munosabatlari, 
tizim tarkibiga kiruvchi elementlar, tizimlarning 


Prof.t.f.d. Jumanov Isroil 
Ibragimovich 
Ass. Safarov Rustam Abdullayevich 


faoliyatini 
va 
rivojlanishini 
xarakterlovchi 
asosiy 
tushunchalar haqida bilimlar berish; 
- axborot tizimlari, axborot tizimlaridagi uchraydigan 
tushunchalar va ularning ishlatilishi haqidagi tasavurlarini 
kengaytirish; 
- texnologiya tushunchasi, axborot texnologiyalari va 
ularning turlari, ta’minoti, vositalari haqidagi bilimlarni 
rivojlantirish; 
- ta’limda axborot va kommunikasiya texnologiyalari va 
ularning 
qullanilishi 
haqidagi 
dunyoqarashirin
shakllantirish;
1.13 
AVBM1006 
Algoritmlar va berilganlar 
strukturalari 
Algoritmlar va ma’lumotlar strukturalari” fanini 
o'zlashtirishning maqsadi dasturlashda ishlatiladigan 
ma'lumotlar tuzilmalarini, ularning spetsifikatsiyasi va 
amalga 
oshirilishini, 
ma'lumotlarni 
qayta 
ishlash 
algoritmlarini va ushbu algoritmlarni tahlil qilishni, 
algoritmlar 
va 
ma'lumotlar 
tuzilmalarining 
o'zaro 
bog'liqligini o'rganishdir."Algoritmlar va ma'lumotlar 
tuzilmalari rivojlanishiga asos bo'lgan asosiy nazariy 
tushunchalarni shakllantirish, ma'lumotlarning abstrakt 
turi (MAT) modeli (paradigmasi) yordamida murakkab 
(dinamik) ma'lumotlar tuzilmalarini qurish va ulardan 
foydalanish: spetsifikatsiya → taqdimot → amalga 
oshirish, asosiy sinflar haqida tushuncha va bilimlarni 
shakllantirish algoritmlar (ma'lumotlarni qidirish, kodlash 
(siqish), tezkor qidirish, saralash), ularda ishlatiladigan 
ma'lumotlar tuzilmalari va ularga asoslangan masalalarni 
yechishning umumiy sxemalari, tanlangan tilda (C#, 
C/C++, Java, Python) odatiy algoritmlar va ma'lumotlar 
tuzilmalarini va ularning modifikatsiyasini amalga 
oshirishga 
o'rgatish, 
algoritmlar 
va 
dasturlarning 
murakkabligini tahlil qilish to'g'risida g'oyalar va 
bilimlarni shakllantirish. 


PhD, assistent Daliyev Sh.K.; 
assistent Eshonqulov E.; assistent 
Davirov B.;
1.14 
DMM10014 
Diskret matematika va 
matematik mantiq 
Talabalarda algoritmik va mantiqiy fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirish 
va 
matematik 
kibernetika 
asoslarini 
o‘rgatishga xizmat qiladi. Diskret matematika va 
matematik mantiq asoslarini berish, olgan nazariy 
bilimlarini amaliyotga qo‘llay bilishga o‘rgatishdan va 
natijada ularni abstrakt fikrlash madaniyatini yuksak 
pog‘onalarga 
ko‘tarish, 
kombinatorikada 
ko‘p 
15 
1,2,3 
Dots.E.Urunbayev 


qo‘llaniladigan usul va qoidalar yordamida matematik 
amallarni bajarish ko‘nikmalarini hosil qilish vazifasini 
bajaradi 
1.15 
AXM3004 
Axborot xavfsizligi 
Fanni oʻqitishdan maqsad – bo’lajak mutaxassislar 
fanning nazariy va amaliy jihalarini o’rganish bilan bir 
qatorda 
kompyuterdan 
foylananishda 
axborotlar 
havfsizligini ta’minlash va ulami himoyalash usullami 
bilish va ulami amalda qoilash ko‘nikma va makalalami 
shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Fanning vazifasi 
- Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalami nazariy 
bilimlar, amaliy ko‘nikmalar: axborot xavfsizligi va unga 
tahdid 
soluvchi 
sabablar 
haqidagi 
tassavurlarini 
rivojlantirish, axborot tizimlari va himoyalangan axborot 
tizimlari haqidagi tushunchalarni, axborot xavfsizligini 
ta’minlovchi standartlar va modellar haqidagi bilimlami, 
axborotni himoyalash va himoyalanish usullaridan qanday 
foydalanish haqida bilimlami kriptografik va stenografik 
usullarni berish vazifasini bajaradi. 


Dots.t.f.n. Tursinxanov Nurlan 
Ass.Xurramov Latif Yakubboy o’g’li 
1.16 
EXMM3005 
Extimollar nazariyasi va 
matematik statistika 
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika asosiy 
tushunchalari: hodisa, hodisaning ehtimoli,shartli ehtimol, 
bog‘liqmas 
tajribalarning 
ketma-ketligi, 
tasodifiy 
miqdorlar, 
ularning 
sonli 
xarakteristikalari, 
limit 
teoremalar, katta sonlar qonuni, tasodifiy miqdor 
kovariatsiyasi va korrelyatsiya koeffisienti, xarakteristik 
funksiyalar, ularning xossalari, tanlanma, tanlamaning 
parametrlari, variatsion qator, intervalli baholar, baholarni 
qurish usullari, momentlar va haqiqatga maksimal 
o’xshashlik usullari, normal taqsimot parametrlarini 
baholash, matematik kutilmani sigma ma’lum va ma’lum 
bo’lmagan hollarda baholash, statistik gipotezalarni 
statistik tekshirish, 1-va 2-tur xatoliklar, Pirsonning xi-
kvadrat kriteriysi kabi tusunchalar o’rganiladi. 


Absalomov A.T.-ass., PhD, 
Yaxshilikov J.J.-assistent 
1.17 
KGM2005 
Kompyuter grafikasi va 
geometriyasi 
Fanni oʻqitishdan maqsad - mutaxasisning kasbiy 
sohasida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar va amalda 
qo‘llash uchun ko‘nikma va makalalarni shaklantirish va 
rivojlantirishdan iborat. Fanning vazifalari: 
- zamonaviy axborot texnologiyalari orqali olinayotgan
ma’lumotlarning
qanday hosil qilinishi va ulardan foydalanish haqida
ma’lumotlarni
berish; 


Dots.PhD.Xolmonov Sunatillo 
Maxmudovich 
Ass.Rashidov Akbar Ergash o’g’li 


- kompyuter garfikasi va geometriyasi haqida 
ma’lumotlarni berish; 
- rastrli va vektorli kompyuter grafikasining 
imkoniyatlarini ochib berish; 
- CorelDraw dasturida ishlash imkoniyatlarini va
unda bezash ishlarini
o‘rgatish; 
- Adobe Photoshop dasturida ishlash imkoniyatlarini
va unda bezash
ishlarini o‘rgatish; 
- 3DS-MAX dasturi boshqaruv elementlari bilan ishlash, 
ob'ektlar ustida
bajariladigan operatsiyalar va buyruqlar, t urli
ob’ektlar va jarayonlarni
modellashtirish, yoritgichlar va kameralarni oʻrnatish
va ular bilan
ishlash, materiallar va ular bilan ishlash; 
- teksturali kartalar va ular bilan ishlash; 
- animatsiya hosil qilish; 
- vizuallashtirish va maxsus effektlar va 3DS
MAXda klaviaturaning
qo'llanilishi haqida bilimlarni berish. 
1.18 
MBM2009 
Ma’lumotlar bazalarini 
boshqarish tizimlari 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari – bu 
foydalanuvchilarga 
ma'lumotlar 
bazasini 
aniqlash, 
yaratish va saqlash, shuningdek, unga boshqariladigan 
kirish huquqini amalga oshiradigan dastur. Aslida 
ma'lumotlar bazasi va foydalanuvchi o'rtasida (amaliy 
dasturi) 
ma'lumotlarni 
saqlash 
va 
boshqarish 
xususiyatlarini 
yashiradigan 
qatlam. 
Ushbu 
fan 
60610600–Dasturiy 
injiniring 
ta’lim 
yo‘nalishi 
talabalariga ikkinchi o‘quv yilida o‘qitiladi va o‘quvchini 
keyinchalik o‘qitiladigan boshqa umumkasbiy fanlar va 
maxsus fanlarni o‘rganishda zarur bo‘ladigan eng asosiy 
tushuncha va ma’lumotlar bilan tanishtiradi. Bu kursda 
asosan, ma’lumotlar bazasi tushunchasi, ma’lumotlar 
bazasi arxitekturasi, ER-modeli, SQL tili va SQL tilida 
so’rovlar hosil qilish kabi bo’limlar o’rgatiladi. 

3,4 
PhD, dotsent Yusupov O.R.; 
PhD, assistent Daliyev Sh.K.; 
assistent Eshonqulov E.;
1.19 
KTM2005 
Kompyuter tarmoqlari 
Fanni oʻqitishdan maqsad - talabalarning kasbiy sohasida 
uchraydigan tarmoq sohasidagi muammolarni bartaraf 
etish yo’llarini o’rgatish, bo’lajak kadr sifatida yetuk 
mutaxassis bo’lib yetishi uchun yetarlicha bilimlar 


Ass.Mardonov Dilmurod 
Rahmonovich 
Dots. T.f.n.Djumanov Olimjon 
Isroilovich 


berishdan iborat. Fanning vazifasi : 
-kompyuter tarmog’i haqida ma’lumotlar berish;
-tarmoq xavfsizligi va administratorligini o’rgatish;
-mintaqaviy, lokal va global kompyuter tarmoqlarining 
imkoniyatlarini ochib berish;
-kompyuter 
tarmoqlaridagi ma’lumotlardan qanday 
hollarda va qanday maqsadlarda ishlatish tushunchalarini 
shakllantirish; 
-global tarmoqqa joylashtiriladigan ma’lumotlarni qanday 
hosil qilish yo’llarini o’rgatishdan iborat. 
1.20 
WEBM4007 
Web texnologiyalar 
Fanni oʻqitishdan maqsad - talabalarning kasbiy sohasida 
uchraydigan tarmoq sohasidagi muammolarni bartaraf 
etish yo’llarini o’rgatish, bo’lajak kadr sifatida yetuk 
mutaxassis bo’lib yetishi uchun yetarlicha bilimlar 
berishdan iborat. Fanning vazifasi: 
-web ilovalar yaratish texnologiyalarini o’rganish;
- web dasturlash texnologiyalarini o’rganish; 
- css kodlarini yaratish texnologiyalarini o’rganish;
-bootstrap kutubxonlaridan foydalanish texnologiyalarini 
o’rganish; 
-javascript texnologiyalarini o’rgatishdan iborat. 

7,8 
Dots.t.f.n.Djumanov Olimjon 
Isroilovich 
Ass.Rashidov Akbar Ergash o’g’li 
1.21 
OPM3004 
Operasion tizimlar 
Fanni oʻqitishdan maqsad – operatsion tizimlar bo’yicha 
kasbiy ko’nikmalarni berishdan iborat. 
Fanning vazifasi: 
-windows operatsion tizimi muhiti bilan tanishish;
-windows operatsion tizimini o’rnatish va sozlash; 
-linux va unix operatsion tizimi muhiti bilan tanishish;
-linux va unix operatsion tizimini o’rnatish va sozlash 
o’rgatishdan iborat. 


Dots.PhD Xolmonov Sunatillo 
Maxmudovich 
Ass. Safarov Rustam Abdullayevich 
1.22 
TTM4004 
Tizimli taxlil qilish va 
modelini qurish 
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni tizimli 
o'rganish va tizimli yechimlarni ishlab chiqish tizimli 
tahlilning matematik uslub va modellarini, tizimli tahlil 
jarayonlari va bosqichlarini, tizimli tahlil masalalarini 
yechishning sonli uslublarini hamda bu vositalarni ishlab 
chiqish bo'yicha umumiy ko'nikmalarni shakllantirish 


Ass.Omonov A.A. ass.Jumayev Z.Z. 
dots.Axatqulov S.A. 
1.23 
MMM4005 
Matematik modellashtirish 
Talabalarga turli jarayonlarning matematik modelini 
qurish, ularni tahlil qilish, modellashtirish bosqichlari va 
qonuniyatlarini o’rgatish, amaliy masalalar yordamida 
olib boriladi. Tekshirilishi lozim bo’lgan muammoga 


DotsJ.Maxmudov 


(loyihaga) jarayonlar tadqiqotini qo’llash davomida 
quyidagi asosiy bosqichlar ketma-ketligini bajarishga 
to’g’ri keladi: ma’lumotlar to’plash; tekshirish maqsadini 
aniqlash; loyihaning bajarish rejasini tuzish; muammoni 
tavsiflash; 
modelni 
qurish; 
masala 
yechimining 
algoriitmini yaratish; hisoblash usulini ishlab chiqish; 
dasturlarni texnik jihatlarini ishlab chiqish, dastur tuzish 
va ularni sozlash; modelning adekvatligini tekshirish; 
olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etishdan iborat 
1.24 
TDM3005 
Tizimli dasturlash 
Tizimli dasturlash fani - hisoblash tizimlari arxitekturasi 
va tizimli dasturlarning o'zaro bog’liqligini hamda 
operatsion 
sistemalar 
strukturasi, 
funksiyalari 
va 
komponentalarini 
tahlil 
qilishni 
o'rganadi. 
Fanni 
o'zlashtirish 
natijasida 
assemblerlar, 
zagruzchiklar, 
mikroprotsessorlar tuzilishi va ishlash prinsiplarini 
namoyish etish, translyatsiyalash sxemasi, translyatorlar 
turlari haqida bilimlarga ega bo'ladilar. Tizimli dasturlash 
va tizimli programma ta’minotini yaratish texnologiyalini 
ishlab chiqish ko'nikmalarini hosil qiladi. 


t.f.n., dotsent Qobilov S; 
assistent Meliyev F.F; 
assistent Abdirofiyev N.N; assistent 
Oblaqulov S.Z;
1.25 
UPM3002 
Umumiy psixologiya 
Psixikani 
rivojlanishi, 
shaxs 
psixologiyasi, 
bilish 
jarayonlari, shaxs psixologiyasi, bilish jarayonlari, 
shaxsning xissiy-irodaviy sohasi, Individual-psixologik 
xususiyatlari, psixologik holatlar hamda shaxsning 
shakllanish jarayonida yuzaga keladigan psixologik, 
fiziologik va jismoniy o’zgarishlar, shunungdek shaxsga 
xos sifat, xususiyat, holatlar ta’lim tarbiya jarayonlarini 
to’g’ri tashkil qilishning yoshga bog’liq jihatlarining 
psixologik mexanizmlarini o’z ichiga qamrab oladi. 


Dots.F.Qo’chqorova 
1.26 
UPEM3002 
Umumiy pedogoika 
Umumiy 
pedagogika 
fani 
ta’lim tarbiya 
jarayonida kelajak avlodni manaviy-axloqiy va yuksak 
fazilatlar egasi qilib tarbiyalash, bo‘lajak o‘qituvchi 
kadrlarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida 
erishilayotgan 
yutuqlar, 
milliy 
va 
umuminsoniy 
qadriyatlarga asoslangan holda tayyorlashni, o‘qituvchi 
sifatida pedagogik madaniyatni rivojlantirish, pedagogik 
jarayonni to‘g‘ri tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish 
ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan. 


ass.N.Muratova 
1.28 
IO’MM3004 
Informatika o’qitish 
metodikasi 
Mazkur fan talabalarda matematika va informatika fanlari 
bo‘yicha 
o‘qitishni 
tashkillashtirishning 
turli 
xil 
variantlarini ko‘rib chiqish, o‘rganish va tahlil qila olish 


Bozorov Islon Namozovich, fizika-
matematika fanlari nomzodi, dotsent. 


ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bo‘lajak 
matematika va informatika o‘qituvchilarida o‘qitishda 
paydo bo‘ladigan muammolarni hal qilish usullarini va 
ko‘nikmalarini 
shakllantirish, 
klassifikasiyalash, 
bilimlarni tekshirish va mustahkamlashda o‘ziga xos 
pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilish samarasini 
tushuntirish kabilardan iborat. 
1.29 
SITM4004 
Suniy intellekt 
texnologiyalari 
Fanni 
oʻqitishdan 
maqsad 

Sun’iy 
intellekt 
texnologiyalari haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish, 
ishlab chiqish va qo’llash mexanizmlarini o’rganishdan 
iborat.
Fanning vazifasi: 
Sun’iy intellekt texnologiyalarini o’rganish; 
Sun’iy 
intellekt 
texnologiyalarining 
matematik 
ta’minotini o’rganish; 
Sun’iy intellekt texnologiyalariining dasturiy ta’minotini 
o’rganish; 
Sun’iy intellekt texnologiyalarining algoritmlarini sihlab 
chiqishni o’rganishdan iborat. 


Dots.t.f.n.Abdullayev Abubakr 
Narzullayevich 
Ass.Rashidov Akbar Ergash o’g’li 
Ass. Safarov Rustam Abdullayevich 
1.30 
KAM3004 
Kompyuter arxitekturasi va 
Assembler tili 
Kompyuter arxitekturasi va Assembler tili fani o‘quvchini 
dastlabki va keyingi o‘qitiladigan boshqa ixtisoslik fanlari 
va maxsus fanlarni o‘rganishda zarur bo‘ladigan eng 
asosiy tushuncha va ma’lumotlar bilan tanishtiradi. 
Komyuter arxitekturasi, dasturiy ta’minot turlari, apparat 
ta’minoti, amaliy va tizimli dasturiy ta’minot turlari, 
xotira 
ierarxiyasi, 
prosessorlar, 
parallel 
hisoblash 
tizimlari, zamonaviy operatsion tizimlar, fayl tizimi, 
jarayonlarni va operativ xotirani boshqarish, yuklagichlar 
va tarmoqda ishlash bo‘yicha nazariy bilimlar olish, 
Assembler tilining leksik asosi hamda tadbiqiy dasturiy 
ta’minotlarni yaratish texnologiyalarini o‘rganishga 
mo‘ljallangan 


Phd, dotsent O’rinboyev J.E; 
assistent Meliyev F.F;
assistant Abdirofiyev N.A; 
1.31 
MIM30010 
Mobil ilovalar yaratish 
Ushbu fanning maqsadi mobil va simsiz hisoblash 
platformalarida ilovalarni ishlab chiqishni o`rgatishga 
qaratilgan. Android korporativ va tijorat tizimlari uchun 
mustaqil ilovalar va mobil portallarni ishlab chiqish bilan 
bog'liq dasturlash texnikasi va dizayn naqshlarini o'rgatish 
vazifalari amalga oshiriladi. Mavjud va yangi paydo 
bo'lgan mobil hisoblash qurilmalari uchun ilovalarni 
ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan jarayonlar, vositalar va 
ramkalarga urg'u beriladi. Talabalar dasturiy ta'minotni 
10 
5,6 
t.f.n., dotsent Qobilov S;
assistent Meliyev F.F; 
assistent Abdirofiyev N.A;


ishlab chiqish hayotiy siklining barcha bosqichlarida 
ishga tushirilishidan to joriy etish va sinovdan o'tishgacha 
ishlashni o`rganadilar. Bunda talabalar manfaatdor 
tomonlarning talablariga javob beradigan dasturiy 
ta'minotni 
ishlab 
chiqish 
uchun 
foydalanuvchi 
xususiyatlari, 
qurilma 
imkoniyatlari, 
tarmoq 
infratuzilmasi va joylashtirish muhitining ta'sirini hisobga 
olinadi. 
1.32 
BTM4004 
Bulutli texnologiyalar 
Bulutli texnologiyalari fani – muhandislik, texnika, 
biznes, iqtisodiyot, kompyuter ilmlari va boshqa sohalar 
o‘rganishda, bulutli hisoblash, virtualizatsiya, bulutli 
arxitektura turlari,dasturlashda muhim ahamiyatga ega. 
Ushbu fan quyidagilarni o`rganadi: Bulutli texnologiyalar 
faniga kirish. IaaS arxitekturasi. SaaS arxitekturasi. PaaS 
arxitekturasi. Bulutli servislarning tarmoq modellari. 
Bulutli arxitektura loyihalanishining xususiyatlari va 
asosiy jihatlari. PaaS platformasi va uning turlari. 
Virtualizatsiya 
va 
servislar. 
Bulutli 
hisoblashlar 
texnologiyalari. Standard muhitdan bulutli dasturlarga 
o’tish. Bulutli hisoblashlar iqtisodiyoti. MapReduce va 
Apache Hadoop platformalarida bulutli tizimlarning 
rivojlanishi. 


assistent Abdirofiyev N.A;
assistent Ximmatov I.Q; 
1.33 
O’YNM4005 
O’yinlar nazariyasi va 
jarayonlar tadqiqoti 
O’yinlar nazariyasi va jarayonlar tadqiqoti o’quv fanini 
o’qish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar 
doirasida chiziqli dasturlash, dinamik dasturlash, Markov 
zanjirlari, o’yinlar nazariyasi usullari, boshqariluvchi 
markov zanjirlarining optimal statsionar strategiyalar kabi 
tushunchalar o’rganiladi. 


Dots.Bozorov I.N. ass.Omonov A.A. 
dots.Axatqulov S.A. 
1.34 
YeKQ1002 
Ekologiya va atrof muxit 
ximoyasi 
Fanni o‘qitishning maqsadi – tashqi muhit omillarning 
tirik organizmlarga ta’siri, jamoada organizmlarning va 
ularning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarning 
umumiy qonuniyatlari to‘g‘risida, organizmlarning soni, 
jamoalar tuzilishi va dinamikasi, ekosistemalar hayotini 
belgilovchi qonuniyatlar va prinsiplari to‘g‘risida bilim 
berishdir. 


Kat.o’q.T.Majidova 
1.35 
LOSQ2003 
Linux operasion tizimida 
administratorlik 
Linux operatsion tizimida adminstratorlik fani– Linux 
fayl tizimi (asosiy tushunchalar, navigatsiya va fayllarni 
boshqarish 
buyruqlari, 
fayl 
tizimining 
tuzilishi), 
huquqlarni boshqarish tizimi (akkauntlar, guruhlar, faylga 
kirish huquqlari, shu jumladan maxsus kirish huquqlari), 
jarayonlarni samarali boshqarish va monitoring qilish 


assistent Ximmatov I.Q;
assistent Davirov B.B; 


usullari, qobiq dasturlasr bilan ishlash usullari, vazifalarni 
rejalashtirish va rejalashtirilgan vazifalarni boshqarish 
vositalari, SVR4 tizimini ishga tushirish printsiplari, 
asosiy tarmoq vositalarini sozlash va operasion tizimni 
zahiralash va tiklash bo`yicha tushunchalar, nazariy va 
amaliy bilimlarni shakllantirish va ularga amal qilish 
tamoillari o`zlashtirish vazifalarini bajaradi. 
Tanlov fanlari 
2.01 
TM30034 
Avtomatlashtirilgan ishchi 
o’rinlarini yaratish 
“Avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarni yaratish texnik va 
dasturiy 
ta’minoti” 
fani 
haqidagi 
tasavvurlarini 
rivojlantirish, ishlab chiqish va qo’llash mexanizmlarini 
o’rganishdan iborat. talabalar: 
Fanning vazifasi: 
Avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarni yaratish texnik 
ta’minotini o’rganish; 
Avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarni yaratish dasturiy 
ta’minotinini o’rganish; 
Avtomatlashtirilgan 
ishchi 
o‘rinlarni 
yaratish 
texnologiyalarini o’rganish; 
Avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarni yaratishning dasturiy 
ta’minotini ishlab chiqishni o’rganishdan iborat. 


Prof.t.f.d.Jumanov Isroil 
Ibragimovich. 
PhD.Nazarov Fayzullo 
Maxmadiyarovich 
Ass.Rashidov Akbar Ergash o’g’li 
Kompyuter algebrasi 
tizimlari 
Kompyuter algebrasi tizimlari fani talabalarga Matematik 
analiz, Algebra, Differensiyal tenglamalar, matematik 
fizika 
tenglamalri, 
Hisoblash 
usullari, 
Matematik 
modellashtirish 
masalalarini 
kompyuter 
yordamida 
yechishni o’rgatishdan iborat.
Ass.B.Aminov
UML tilida vizual 
modellashtirish 
Ushbu fanda tizimning kontseptual loyihasi vizual tarzda 
aks ettirish uchun ishlatiladigan Unified Modeling 
Language (UML)ni sinf diagrammalari modellashtirish 
tushunchalari beriladi. UML klass diagrammalari va 
ulardan biznes ob'ektlari, ularning atributlari va 
assotsiatsiyalarini ko'rsatish orqali biznes domenining 
tuzilishini xaritalash uchun qanday ishlatilishi haqida 
ma`lumotlar beriladi.Ushbu fan quyidagilarni o`rganadi: 
modellashtirishning 
ahamiyati, 
modellashtirish 
tamoyillari, ob'ektga yo'naltirilgan modellashtirish, UML 
ning kontseptual modeli, Arxitektura va dasturiy 
ta'minotni ishlab chiqish hayotiy sikli. 
PhD, dotsent Yusupov O.R; assistent
Eshonqulov E. Sh; 
Transport logistikasi 
Turli xil iqtisodiy tizimlarda logistika faoliyatini
rivojlantirishning umumiy
Dots.Axatqulov S.A. ass.Omonov 
A.A.


Tendentsiyalarini o’rganish; ta'minot zanjirlarini
logistika boshqaruvi shakllarini tahlil qilish; logistik
yondashuv va ularning tipologiyasida uslubiy
tamoyillarni
tizimlashtirish; logistika tamoyillarini iqtisodiy
tizimlarda va ularning dinamikasida qo'llashda mavjud
tajribadan foydalanish; ma'lumotlarni boshqarishni
ta'minlash uchun ma'lumotlarni qayta ishlashning
klassik usullaridan foydalanishni oʻrgatish 
2.02 
TM30034 
BigData va Blokcheyn 
texnologiyalari 
BigData va Blokcheyn texnologiyalari fani haqidagi 
tasavvurlarini rivojlantirish, ishlab chiqish va qo’llash 
mexanizmlarini o’rganishdan iborat. 
Fanning vazifasi: 
-BigDatani qayta ishlash mexanizmlarini o’rganish; 
-BigDataga 
parallel 
algoritmlarni 
qo’llash 
mexanizmlarini o’rganish 
-Blokcheyn texnologiyasini o’rganish; 
-Konsensus algoritmlarini qo’llash; 
-Shubxali tranzaksiyalarni nazorat qilishni o’rganishdan 
iborat. 


PhD.Nazarov Fayzullo 
Maxmadiyarovich 
Ass.Rashidov Akbar Ergash o’g’li 
Intellektual axborot tizimlari 
Axborot tizimlarini intellektuallashtirish asoslari beriladi. 
Sun’iy intellektning asosiy jihatlari: bilim, bilimlar 
ba’zasi, intellektual tizimlar klassifikatsiyasi, bilimlar 
ba’zasini hosil qilishda noaniqliklarni bartaraf etish kabi 
tushunchalar orqali yoritilib beriladi. 
Dots.E.Urunbayev 
IOI tizimlarida dasturlash 
Narsalar 
interneti 
(IoT) 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining (AKT) rivojlanayotgan sohasi boʻlib, 
kompyuter fanlari va muhandislikning koʻplab fanlarini, 
shu jumladan sensorlar/aktuatorlar, aloqa tarmoqlari, 
server platformalari, maʼlumotlar tahlili va aqlli ilovalarni 
oʻz ichiga oladi. IoT AI va Big Data bilan bir qatorda 4-
sanoat inqilobining muhim qismi hisoblanadi. Ushbu kurs 
Samsung, 
Microsoft, 
Amazon, 
IBM 
va 
Google 
kompaniyalarining IoT Cloud platformalari va ulardan 
IoT ilovalarini ishlab chiqishda qanday foydalanish 
mumkinligi bilan tanishtirishga qaratilgan. 
PhD, dotsent Yusupov O.R; assistent
Meliyev F.F; 
Dinamik tizimlar tadbiqlari 
Matlab yordamida 
Ushbu fan doirasida uzluksiz va diskret dinamik tizimlar 
haqida keng ma’lumot berilgan bo‘lib, ularning nazariyasi 
keng ko‘lamli fanlardan misollar asosida yaratilgan. U 
MATLAB, Simulink, tasvirlash asboblar to'plami va 
ramziy matematik asboblar to'plami, shu jumladan 
Dots.Axatqulov S.A. ass.Omonov 
A.A.


MuPAD 
yordamida 
ilovalar 
va 
modellashtirishga 
qaratilgan. 
2.03 
TM30034 
Multimedia texnologiyalari 
va vositalari 
Multimedia texnologiyalari va vositalari fani haqidagi 
tasavurlarini rivojlantirish, ishlab chiqish va qo’llash 
mexanizmlarini o’rganishdan iborat. Fanni o’qitishdan 
maqsad: 
Multimedia texnologiyalarini o’rganish; 
Multimedia dasturlarini o’rganish; 
Multimedia 
dasturlaridan 
foydalanish 
uslubiyatini 
o’rganishdan iborat. 


Ass.Sharopov Nafisa Abrorovna 
Ass.Inatov Abror Ismatovich 
Meditsina informatikasi 
Sogliqni saqlash tizimidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, 
ularni 
klassifikatsiyalash, 
arxitekturasini 
yaratish 
muammolari o‘rganiladi. Elektron karta modelini yaratish, 
diagnostika va ekspertlik tizimlarini yaratish masalalari 
o‘rganiladi 
Dots.E.Urunbayev 
IT loyihalarini boshqarish 
Ushbu fan loyihalarni rejalashtirish va nazorat qilish 
hamda loyihaning muvaffaqiyatli natijalarini keltirib 
chiqaradigan 
shaxslararo 
muammolarni 
tushunish 
bo'yicha malaka va ko'nikmalarni rivojlantiradi. Yangi 
mahsulotlar va jarayonlarni joriy etishga e'tibor qaratib, u 
loyihani boshqarishning hayot sikli, loyiha parametrlarini, 
boshqarish 
matrisasi 
muammolarini, 
loyihani 
boshqarishning samarali vositalari va usullarini va loyiha 
menejerining rolini o'rganadi. 
PhD, dotsent Yusupov O. R; 
assistent Meliyev F.F; 
assistent Davirov B.B; 
JavaScript dasturlash tili
JavaScript tarmoq ilovalarini yaratish uchunmo’ljallangan 
Java bilan integrallashgan dasturlash tili, Unda dasturlash 
strukturasi va muhitlari, ma’lumotlar turlari, operatorlar 
va massivlar, obyekt, klass va metod kabi tushunchalar 
o’rganiladi 
Dots.Axatqulov S.A. ass.Jumayev 
Z.Z. 
2.04 
TM30034 
AKTda kasb 
ta’limi(Masofaviy ta’lim 
texnologiyalari va elektron 
darsliklar yaratish) 
AKTda kasb ta’limi(Masofaviy ta’lim texnologiyalari va 
elektron darsliklar yaratish) fani haqidagi tasavurlarini 
rivojlantirish, ishlab chiqish va qo’llash mexanizmlarini 
o’rganishdan iborat. Fanni o’qitishdan maqsad: 
- axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va 
ta’limda qo’llash sohasi bo’yicha mutaxassis tayyorlash; 
- o’quv axborotlarini taqdim etishda va 
bilimlarni nazorat qilishda axborot texnologiyalaridan 
foydalanish; 
- ta’lim va o’qitish, didaktika va metodika, 
o’qitishning metodik tizimi, o’kitish modellari, o’qitishga 
texnologik yondoshuv, texnologik yondoshuvda o’qitishni 


PhD.Nazarov Fayzullo 
Maxmadiyarovich 
Ass. Raximov Sobir Ziyadullayevich 


tashkil etishning o’ziga hos hususiyatlari 
- pedagogik texnologiya; pedagogik va axborot 
texnologiyalari munosabatlari, ularni integrasiyalash 
masalalari; 
- o’quv jarayoni boshqariluvchi tizim sifatida; 
- axborotni tavsiya etishning kompyuterli 
texnologiyalari;
- elektron o’quv-metodik materiallar va ulardan 
o’quv jarayonida foydalanish imkoniyatlari;
-masofaviy o’qitish, uning shakllari, prinsiplari 
va texnologiyalari; 
- axborotli ta’limiy resurslar; axborotli ta’limiy 
resurslarni loyihalash va yaratish texnologiyalari, dasturiy 
ta’minoti; axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan 
ta’lim jarayonida foydalanishning istiqbolli yo’nalishlari 
va kelajagi haqidagi ma’lumotlarni berishdan iborat.
Interaktiv dasturiy vositalar 
yaratish texnologiyalari 
Interaktiv dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari fani 
Dasturiy ijiniring ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan 
talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, bo’lajak dasturchilar 
egallashi kerak bo’lgan bilimlar va ko’nikmalar majmuini 
o’z ichiga oladi: 
- dasturiy vositalarni ishlab chiqish rivojlanishining 
bosqichlari va hayotiy sikli, dasturiy ta’minotni yaratish 
uchun texnik topshiriqni yaratish;
- interaktiv dasturiy vositalarni yaratish bosqichlari, 
dasturiy ta’minotni loyihalash va dasturlash, dasturiy 
vositaning funksional sxemasini ishlab chiqish, ishonchli 
dastur yaratish, dastur xatolarini baholash va tuzatish, 
dastur asosida olingan natijalarni tahlil qilish; 
- obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari haqidagi, 
obyektga yo’naltirilgan loyihalash, obyektlarni loyihalash, 
obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili va unda dastur 
tuzish. 
Ass.B.Aminov
Ma’lumotlarga noravshan 
to’plamlar usullari asosida 
ishlov berish 
Ma’lumotlarga noravshan to’plamlar usullari asosida 
ishlov berish fanini o'rganishdan maqsad hozirgi kunda 
dolzarb bo'lgan noqat'iy ma'lumotlarga asoslangan 
masalalarni yechishda hamda tiniqmas to’plamlar va 
tiniqmas mantiq nazariyasining nazariy va algoritmik 
asoslari bilan tanishishda, ularni qo’llanilish sohalarini 
o’rgatishdan iboratdir. Shu bilan birga zamonaviy 
PhD, dotsent, Daliyev Sh.K; 


informasion 
fikrlash 
va 
ilmiy 
dunyoqarashni 
shakllantirish, turli texnik bilimlarga oid noqat'iy 
masalalarni shaxsiy kompyuter yordamida hal qilish 
yo’llari va usullarini o’rgatadi. 
Mashinali talimda 
optimallashtirish metodlari 
Fan uzluksiz optimallashtirish masalalarini (jumladan, 
qavariq bo'lmagan) yechishning klassik va zamonaviy 
usullarini, shuningdek, ushbu usullarni mashinani 
o'rganishda 
yuzaga 
keladigan 
optimallashtirish 
muammolarida qo'llashning o'ziga xos xususiyatlarini 
o'rganishga bag'ishlangan 
Ass.Omonov A.A. ass.Radjabov T.A. 
ass.Jumayev Z.Z. 
2.05 
TM30034 
Tizim administratorligi va 
xavfsizligi 
Tizim administratorligi va xavfsizligi fani haqidagi 
tasavurlarini rivojlantirish, ishlab chiqish va qo’llash 
mexanizmlarini o’rganishdan iborat. Fanni o’qitishdan 
maqsad: 
-kompyuter tarmog’i haqida ma’lumotlar berish;
-tarmoq xavfsizligi va administratorligini o’rgatish;
-mintaqaviy, lokal va global kompyuter tarmoqlarining 
imkoniyatlarini ochib berish;
-kompyuter 
tarmoqlaridagi ma’lumotlardan qanday 
hollarda va qanday maqsadlarda ishlatish tushunchalarini 
shakllantirish; 
-tarmoqni nazorat qiluvchi tizimlar; 
- Tizim administratorligi va xavfsizligini ta’minlashni 
o’rganishdan iborat. 


Dots.t.f.n. Tursinxanov Nurlan 
Ass.Rashidov Akbar Ergash o’g’li 
Matlab Simulink paketi 
Mexanik, algebra, differensial tenglamalar, matematik 
fizika 
tenglamalari, 
matematik 
modellashtirish 
masalalarini Matlab simulink paketida simulatsiya qilish, 
yechishni fundamental asoslarini berishdan iborat. Matlab 
Simulink paketida modellashtirish fani chuqur nazariy 
bilim berish va muayyan ko’nikmalar hosil qilish hamda 
maxsus fanlar bloki tarkibida o’qitiladigan kurslarni 
o’zlashtirishlari uchun yetarli bilim berish hisoblanadi. 
Phd.Djiyanov T.O 
Pythonda malumotlarni 
vizuallashtirish 
Ma'lumotlar olimining asosiy ko'nikmalaridan biri bu 
jozibali voqeani aytib berish, ma'lumotlar va topilmalarni 
qulay va rag'batlantiruvchi tarzda vizualizatsiya qilish 
qobiliyatidir. Ma'lumotni vizualizatsiya qilish uchun 
dasturiy vositadan qanday foydalanishni o'rganish sizga 
ma'lumot olish, ma'lumotlarni yaxshiroq tushunish va 
samaraliroq qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Ushbu 
Python bilan ma'lumotlarni vizualashtirishfaninining 
asosiy maqsadi sizga birinchi qarashda unchalik katta 
t.f.n., dotsent To’raqulov I.N; 
assistent Davirov B.B; 


ahamiyatga ega bo'lmagan ma'lumotlarni qanday olishni 
va bu ma'lumotlarni odamlar uchun mantiqiy shaklda 
taqdim qilishni o'rgatishdir. Ma'lumotlarni vizual tarzda 
taqdim etish uchun turli xil texnikalar ishlab chiqilgan bu 
fanda ushbu texnikalar asosida Pythonda bir nechta 
ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish kutubxonalaridan, 
xususan Matplotlib, Seaborn va Foliumdan foydalanadi. 
MatLab amaliy dasturlar 
paketi 
Ushbu fan MATLAB (inglizcha "Matrix Laboratory") 
texnik hisoblash masalalarini hal qilishga uchun amaliy 
dasturlar paketini o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, 
matematikaning va informatikaning sohalarga tadbiqi 
vositasi hisoblanadi. Va undan muhandislar va olimlar 
tomonidan qo’llanilishini e’tiborga olib, bakalavriat 
yo’nalishlari talabalarini ushbu amaliy paketda ishlash 
ko’nikmalarini oshirishga mo’ljallangan 
Ass.Jumayev Z.Z. dots.Axatqulov 
S.A. ass.Omonov A.A. 
2.06 
TM30034 
Kompyuter ta’minoti 
Kompyuterning 
ta’minoti 
fanini 
haqidagi 
tasavurlarini rivojlantirish va qo’llash mexanizmlarini 
o’rganishdan iborat. 
Kompyuterning ta’minoti fanining vazifasi: 
- kompyuter texnikasi, arxitekturasi tushunchasi, 
ishlash prinsiplari, asosiy texnik vositalari bilan tanishish; 
- mikroprosessorlar, ularning turlari, fazifalari, 
imkoniyatlari, 
ahamiyati, 
ulardan 
foydalanishni 
o’zlashtirish 
- sistemali dasturlash va uning asosiy vazifalari, 
kompyuter resurslari, operasion sistemalar, operasion 
sistemalarning rivojlanishi va asosiy funksiyalari, 
operasion sistema tarkibi: tarmoq operasion sistemalari, 
zamonaviy 
operasion 
sistemalar, 
amaliy 
dasturiy 
ta’minot, matnlar, grafik va tovushli axborotlar bilan 
ishlash sistemalari, zamonaviy ma’lumotlar bazasini 
boshqarish 
sistemalari, 
jadval 
prosessorlar, 
integrallashgan dasturiy vositalarni ishlatish asoslarini 
bilish. 


Dots.f-m.f.n.Aminov Istam 
Barnoyevich 
Dots. T.f.n.Nomozov Fozil 
Shukurovich 
Ma’lumotlarni tahlil 
qilishining statistik va sonli 
usullari 
Talabalarga 
statistik, 
sonli 
usullar 
yordamida 
ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha nazariy bilimlar 
berish, olgan nazariy bilimlarni amaliyotga qo‘llay 
bilishga o‘rgatish, ma’lumotlarni tahlil qilish usul va 
mexanizmlarini, ularning matematik asosini berish, 
ko‘nikmalarni hosil qilish hamda bu bilimlarni tadbiqiy 
Phd.B.Fayziyev 


masalalarni yechishda qo‘llash vazifasini bajaradi. 
Data Mining 
Data 
Mining 
kompyuter 
texnologiylari 
asosida 
ma'lumotlar xususiyatlari va qonuniyatlarni aniqlash va 
o`rganish, bilimlar bazasini hosil qilish algoritmlari va 
hisoblash paradigmalarini o'rganadi. Bilimlar bazasini 
qurish jarayoni ma'lumotlarni tanlash, tozalash, kodlash, 
turli statistik va mashinani o'rganish usullaridan 
foydalanish va yaratilgan tuzilmalarni vizualizatsiya 
qilishni 
o'z 
ichiga 
oladi. 
Kurs 
ushbu 
amaliy 
masalalarqamrab olanib,butun jarayonni misollar bilan 
ko'rsatadi. Mashinani o'rganish usullariga alohida e'tibor 
beriladi. 
assistent Davirov B.B; 
Logistika va boshqaruvda 
kompyuter imitatsion 
Fanning maqsadi logistika va ta'minot zanjiri boshqaruvi 
muammolariga qo'llaniladigan imitatsion (simulyatsiya) 
modellashtirish usuli va texnologiyasini o'rganishdir. Fan 
simulyatsiya modellashtirishning asosiy tushunchalarini 
(jarayon, 
tizim 
dinamikasi, 
agentga 
asoslangan 
modellashtirish), 
simulyatsiya 
texnologiyasi 
va 
vositalarini, shuningdek logistika va ta'minot zanjirini 
boshqarishning amaliy muammolarida simulyatsiyadan 
foydalanishni o'rganadi. 
Ass.Omonov A.A. ass.Radjabov T.N. 
ass.Jumayev Z.Z. 
2.07 
TM30034 
Java dasturlash tili 
Fanni o‘qitishdan maqsad –bakalavr bosqich talabalariga 
Java dasturlash tilini etarli darajada o‘qitish, shu 
bilimlarga tayangan holda kompyuter modellashtirishga 
keladigan tadbiqiy masalalarning programma ta’minotini 
amalga oshirishga o‘rgatish va ixtisoslik fanlarini 
o‘zlashtirishda tayanch bilimlarga ega bo‘lish. 
Fanning 
vazifalari: 
Masala 
echishning 
algoritmik 
asoslarini o‘rganish, kompyuter ishlashining tamoili, 
programmalash tillari sinflash, kompyuterda berilganlar 
va buyruqlarni tasvirlanishi, Java tilida programmalash, 
ob’ektga yo‘naltirilgan programmalash texnologiyalari, 
vizual programmalash muhitida ishlash, mobil ilovalar 
yaratish bu fanning asosiy vazifalari hisoblanadi.


PhD.Nazarov Fayzullo 
Maxmadiyarovich 
Ass.Rashidov Akbar Ergash o’g’li 
Iqtisodiy matematik 
modellar 
Iqtisodiy matematik modellashtirishning nazariy asoslari, 
amaliyotda 
qo'llaniladigan 
zamonaviy 
iqtisodiy 
matematik modellar bilan ishlash; shuningdek, iqtisodiy 
muammolarni hal qilish jarayonida vujudga keladigan 
muammolarni 
mustaqil 
hal 
qilish 
ko'nikmalarini 
rivojlantirish va olingan natijalarni amaliyotda qo'llash 
kompetensiyasini shakllantirish 
Dots.J.Maxmudov 


Kompyuterli nigoh 
Ushbu fan kompyuter nigohga kirishni, jumladan tasvirni 
shakllantirish 
asoslarini, 
kamerada 
tasvirlash 
geometriyasin, xususiyatlarini aniqlash va moslashtirish, 
stereo, harakatni baholash va kuzatish, tasvirni tasniflash, 
sahnani tushunish va neyron tarmoqlar bilan chuqur 
o'rganishni o'z ichiga oladi. Tasvirlarda ma'lum 
modellarni topish, stereodan chuqurlikni tiklash, kamerani 
kalibrlash, tasvirni barqarorlashtirish, avtomatlashtirilgan 
tekislash, kuzatish, chegarani aniqlash va tanib olishni o'z 
ichiga olgan ilovalar uchun asosiy usullar va algoritmlarni 
o`rganadi. 
PhD, dotsent Yusupov O, R; 
assistent Meliyev F.F; 
Latex muxarririda ishlash 
Latex muharririda ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish 
hamda uning imkoniyatlaridan foydalana olish bo‘yicha 
amaliy bilimga ega bo‘lishlari, bu bilimlardan foydalanib, 
zamonaviy o‘quv adabiyotlar, dars mashg‘ulotlarini 
tashkil etish uchun turli hujjatlar: ma’ruza matnlari, 
amaliy va mustaqil ta’lim topshiriqlarini, taqdimotlarni 
tayyorlay olishda qo‘llashdan iborat 
Ass.Omonov A.A. dots.Bozorov I.N. 
assJumayev Z.Z. 
 
 

Yüklə 198,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə