191
adabiyotlarning ko‘riklari
va yangi kitob kunlari; yangi adabiyot-
larning og‘zaki bibliografik sharhlari; yangi kitoblarga bag‘ishlangan
plakatlar va xatcho‘plar; axborot kunlari va boshqalar.
Bunday tadbirlar an’anaviy bo‘lishi bilan birga avtomatlashgan
usulda ham olib boriladi. Bunda, albatta,
elektron kataloglar va
ma’lumotlar bazasi muhim o‘rin tutadi. Axborot-resurs markaz-
larida, kitob savdosi tashkilotlarida iste’molchilarni muntazam
yangi hujjatlar bilan tanishtirib borish maqsadida yangi ada-
biyotlar ko‘rgazmalari va ochiq ko‘riklari o‘tkazib turiladi. Ko‘rik-
ko‘rgazmalar doimiy bo‘lishi
bilan birga, undagi hujjatlar mun-
tazam yangilanib turiladi. Og‘zaki bibliografik sharhlar ham
mustaqil yoki boshqa tadbirlarga, masalan,
yangi adabiyotlar
ko‘rgazmasiga qo‘shimcha tadbir sifatida qo‘llaniladi. Sharhda
qiziqarli yangi hujjatlar haqida keng axborot beriladi.
Axborot
kunlari
bibliografik axborotlashtirishning kompleks usuli bo‘lib,
kitobxonlar guruhining bir xil toifasiga mo‘ljallangan. Axborot
kunlarida ma’lum bir vaqt mobaynida kutubxona fondiga kelib
tushgan
barcha yangi adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari,
elektron hujjatlar namoyish etiladi. Bu tadbir ichida ko‘rik-
ko‘rgazmalar, og‘zaki bibliografik sharh, suhbat va maslahatlar,
axborot bulletenlari qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: