Bibliografiya lat p65


BIBLIOGRAFIYANING OBYEKTLARI



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   161
bibliografiya

 BIBLIOGRAFIYANING OBYEKTLARI
Mavzuning maqsadi

bibliografik faoliyatning natijasi sifatida
hujjatlar haqida bibliografik axborot berishning mohiyati, hujjatlar
va ularning turlari, davomli va vaqtli matbuot nashrlari, mamlaka-
timizdagi yirik nashriyotlar haqida axborot berish
.
Asosiy tushunchalar

hujjat, axborot iste’molchisi, bosma
mahsulot, vaqtli matbuot nashri, davomli nashr, rasmiy nashr, ilmiy-
ommabop nashr, o‘quv nashri, ma’lumotnoma nashrlari.
Umumiy tushuncha
Bibliografik faoliyatning natijasi — hujjatlar haqidagi ma’lu-
motlar yig‘indisi —
bibliografik axborot
 deyiladi. Bibliogra-
fiyaning asosiy obyekti hujjatdir.
Hujjatlardagi asosiy xususiyat unda berilayotgan axborot-
ning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligida, bu uning yaratilayotgan
tarixiy davr, shart-sharoit bilan uzviy bog‘liqligida ko‘rinadi.
1964- yil „hujjat“ so‘zi axborotning moddiy tashuvchisi
sifatida belgilab berildi. Hozirgi paytda „hujjat“ deganda axborot
bilan bog‘liq, kishilar tomonidan ularni to‘plash, foydalanish,
uzatish, saqlash va hisobga olish bilan bog‘liq moddiy obyekt
tushuniladi. „Hujjat“ so‘zi ahamiyatiga ko‘ra keng tushuncha.
Hujjatlarda real hayot voqeliklari, faktlari va barcha ma’lumotlar
o‘z aksini topadi, hujjatda u yaratilayotgan davrning ma’lum
bir qirrasi haqidagi axborot to‘planadi.
„Hujjat“ termini qog‘oz, kinolenta, turli xil ko‘rinishdagi
tasmalar, elektron disklar ko‘rinishidagi axborot tashuvchi
materialni anglatadi. Davr o‘tishi bilan, taraqqiyot natijasida
yangi-yangi axborot eltuvchilar qo‘shilib boraveradi. Har bir
axborot eltuvchi yoki axborot resurslari o‘ziga xos xarakterga va


27
xususiyatga ega va u axborotni tayyorlashda hisobga olinadi.
Shunga ko‘ra belgilari, ahamiyati, mazmuni va shakliga ko‘ra
turlanadi.
Axborot iste’molchisi — inson. Uning maqsadi mustaqil
bilim olish, o‘quv malakasini oshirish, ilmiy bilim olish va ilmiy
salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish malakasini oshirish va
boshqalar. Yuqori darajada axborot-kutubxona va bibliografik
xizmat ko‘rsatish uchun kitobxonlar ilmiy asoslangan holda
klassifikatsiya qilinishi lozim. Klassifikatsiya asosiga insonning
professional ishlab chiqarish faoliyati, egallab turgan lavozimi,
ma’lumot darajasi, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, o‘qish madani-
yati darajasi, bibliografik qo‘llanmalardan foydalana olish
qobiliyati, ruhiy va boshqa xususiyatlari olinadi. Chunki inson —
kitobxon ham bibliografiyaning obyektidir. Hujjat va axborot
iste’molchisi mazmun mohiyatiga ko‘ra matbuot asari (kitob,
nashr) va kitobxon (bibliografik axborot iste’molchisi) tushun-
chalaridan farqlanadi. Ilmiy axborot faoliyati faqatgina matbuot
asari bilan emas, balki barcha ko‘rinishdagi axborot resurslari
(elektron resurslar) bilan bog‘liq. Bibliografiya esa, matbuot
asari (kitob, gazeta, jurnal) bilan ishlaydi. Kitob, gazeta va
jurnallar tarixan insoniyat bilimining manbayi, uning bilim-
larini aks ettiruvchi, to‘plovchi va saqlovchi vosita hamda inson
bilimini oshirish va ruhiy ta’sir vositasi bo‘lib kelgan. Kitobning
o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Ammo keyingi paytda boshqa
axborot tashuvchi resurslar ham bibliografik faoliyat doirasiga
singib bormoqda. Demak, kitob-kitobxon tizimi ham bibliogra-
fiyaning obyektidir. Bu keyingi paytda hujjat-axborot iste’mol-
chisi tizimi bilan boyidi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə