Biosfera haqida


Gomeostaz – organizmning o‘z ichki muhiti tarkibi va xossalarini doim



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
1-ma\'ruza

Gomeostaz – organizmning o‘z ichki muhiti tarkibi va xossalarini doim 
bir me’yorda, nisbiy dinamik turg‘unlikda saqlay olish xususiyatidir. 
Gomeostaz asosida teskari aloqa prinsipi yotadi. 
Gomeostaz (yunoncha gomios – o„xshash, bir xil + statik – qo„zg„almas) 
atamani 1929 yil amarika fiziologi Bredford Kennon (1871-1945) kiritgan) 
konseptsiyasi F. Kliments tomonidan (1979) ishlab chiqilgan va keyinchalik u 
ekotizimda qo„llanilgan. 
Gomeostatik mexanizm ma‟lum chegarada mavjud bo„ladi. Ularning 
chegaradan chiqib ketishi populyasiyalar (ekosistemalar)ning halok bo„lishiga olib 
kelishi mumkin. Masalan, paxta hosildorligini quyidagicha izohlash mumkin: 
Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori paxta hosildorligini ko„pincha g„o„zaga 
beriladigan ma‟danli o„g„itlarga bog„lashadi. 


Agar unga beriladigan ma‟danli o„g„itlar va sug„orish me‟yoridan ortiqcha 
berilsa, ko„pgina paxta maydonlarining eroziyaga uchrashi, sho„rlanishi va 
foydalanish samaradorligi pasayishi mumkin. Biotizimning eng yuqori darajasi
jamoa hisoblanadi. 
Jamoa – bir muhit va ob-havo sharoitiga ega bo‘lgan maydonda hayot 
kechiruvchi organizmlar – o‘simlik, hayvonot va mikroorganizmlar 
majmuidir.
Jamoa beo„lchov biotizim hisoblanadi. Demak, planetamizda joylashgan 
barcha organizmlar yig„indisi kichik guruhli organizmlar ham bo„lishi mumkin. 
3. Ekologik tizim (ekotizim) ta’rifi
. Ekotizimlarning biotizimlardan 
farqini organizmlar va muhitning birgalikda yig„indisi holatida tasavvur qilish 
mumkin. 
E
kologik tizim - bu birgalikda yashovchi har xil turdagi 
organizmlar va ular yashashining shart-sharoitlari bo‘lib, o‘zlarini o‘rab 
turgan tabiiy muhit bilan aloqada bo‘ladilar. 
YUqorida qayd etilganidek, ekotizimning alohida yashovchi organizmlarini 
– muhitni «populyasiya» - muhiti, «tur-muhit» kabi turlarini autekologiya
ekotizimning turini esa sinekologiya o„rganadi. 
Ekotizim huddi biotizim singari ierarxik, shaklda mavjuddir. Biroq ularning 
barchasi shartli, ya‟ni yonma-yon darajalar bilan funksional o„zaro bog„langan. 
SHunday ekan, tabiatda genlar xo„jayradan tashqari ko„p xo„jayrali organizm 
tarkibidagi organlar, organdagi xo„jayralardan tashqari yashay olmaydi 
(moddalarning aylanish va energiyaning paydo bo„lishi bundan istisno). SHu 
sababli kishilik jamiyati jahon tabiati bilan uzviy bog„langan. SHunday qilib, bio- 
va ekotizim bir vaqtda ham diskretli, ham uzluksiz hisoblanadi. 
Ekotizimning muhim belgilaridan biri uning beo„lchovligidir. SHu nuqtai 
nazardan qaraganda, ekotizimga misol tariqasida (mikroblari bilan tomchi suv 
ham) suv tomchisini, ko„l, o„tloq, cho„l, o„rmon, biofiltr, kosmik kema kabinasi va 
boshqalarni keltirish mumkin. SHunday ekotizimlar tabiiy va sun‟iy (inson 
tomonidan o„zgartirilgan) bo„lishi mumkin. 
Ekotizimlarda ichki ham tashqi modda va energiya almashinuvi sodir 
bo„ladi. Ularga aniq oziq zanjiri hamda oziq (trofik) darajasi xosdir. Oziq 
zanjirining umumiy qonuniyatlar ozuqa sifatida, ikkinchisi uchinchisiga va b.q. 
xizmat qiladi. 
Tashqi muhit ta‟sirida o„zgarish, ekotizim tomonidan javob ta‟sirini paydo 
qilib, bu o„zgarishlarni yoki yo„qotadi yoki ekotizimning o„zini qayta qurishga olib 
keladi. 
YUqorida qayd qilinganidek, ekotizimlar ierarxik shaklda tuzilgan. Biz 
ekotizimlarni tashqil etish darajasiga qarab uchta asosiy qismga bo„lamiz: 
biogeotsenotik, (biogeotsenoz), biom va biosfera tizimi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə