Biotexnologiya asoslari



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   199
biotex

 
 
Kallusli hujayralarni o’ziga xosligi
 
 
In vitro
 sharoitida kallusli hujayralar o’simliklar organizmidagi oddiy hujayralarga xos 
bo’lgan ko’plab fiziologik va bikimyoviy xususiyatlarni saqlab qoladi. Ular, ikkilamchi metabolitlar 
sintez qilish qobiliyatini yo’qotmaydilar. Sovuqqa chidamlilik xususityati kallusli hujayralarda, 
o’simliklardagidek qaytariladi. Bunday xususiyat, tropik yoki subtropik o’simliklardan olingan 
kallus to’qimalarda bo’lmaydi. Kallusli to’qimalarga fotodavriylik reaksiyasi ham xos, bu fitoxron 
faolligini saqlab qolinganligi bilan bog’liqdir. 
O’simliklarni normal va kallusli to’qimlari uchun umumiylik yana qator belgilarda namoyon 
bo’ladi, xususan, yuqori xaroratga chidamlilik, osmotik faol moddalarga, sho’rlanishga chidamlilik 
va x.k. SHuning bilan birga, kallusli to’qimalarni normal to’qimalardan farqli tomonlari ham bor. 
Ularda spesifik oqsillar paydo bo’ladi va umumiy oqsil miqdori, xususan bargda fotosintez 
jarayonida qatnashadigan oqsillar kamayadi yoki butunlay yo’qoladi. Kallusli hujayralar ulkan 
genetik geterogenligi va fiziologik sinxronlikni buzulganligi bilan farq qiladi. 
Organizm nazoratidan chiqqanligi sababli. Kallusli hujayralarni o’sishi tartibsiz, sinxronsiz 
ravishda o’tadi va chegaralanmaydi. Bundan 65 yil avval R.Gotre tomonidan olingan sabzining 
kallusli hujayrasi, yangi ozuqa muhitiga o’tkazib turish hisobidan hozirgacha yashab kelmoqda. 
Ochiq tuproqda o’suvchi o’simlikga nisbatan, kallusli hujayralarni hujayra sikli uzunroqdir. 
Kallusli hujayra o’ziga xos tomonlaridan yana biri-ularni yoshini xar xilligi (geterogenligi). 
Kallus to’qima bir vaqtni o’zida yosh hujayralar (G- fazadagi), qari (G
2
)  va S – fazalar ishtirok 
etadilar. 
3.2-rasm. Kallus 
hujayralarning o’sish 
chizig’i 
 
 
 
 


Kallusli hujayralarni energiya almashinuvida ham ancha farq kuzatiladi. Ular, normal 
hujayralarga nisbatan kislorodni kam iste’mol qiladilar. 1938 yilda Romstorn bunday xususiyat 
meristematik hujayralarda ham borligini kuzatgan edi, demak bu xususiyat faol bo’linadigan 
hujayralar uchun xosdir. Kallus hujayralarni nafas olish koeffisenti birdan katta. Masalan no’xat 
kallus hujayrasida bu son 3,5 dan katta (A.V. Romanova, 1988). 
Bu nafas olish bilan bijg’ish orpasidagi nisbat bijg’ishni kuchayish tomoniga, surilganligini 
ya’ni Paster effektini pasayishini ko’rsatadi.  

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə