Biznes boshqaruv asoslari


Asosiy (yoki mamlakat bilan bogʻliq) risk



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/168
tarix23.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#112309
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   168
Biznes boshqaruv asoslari

1. Asosiy (yoki mamlakat bilan bogʻliq) risk:
-
investitsiya kiritiladigan mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy barqarorlik; 
-
hukumat oʻtkazadigan makroiqtisodiy siyosatning izchilligi va barqarorligi 
(inflyatsiya darajasini nazorat qilish, byudjet, kredit siyosati va boshqalar); 
-
tadbirkorlik faoliyatidan olingan foyda va boshqa daromadlarning investitsiya 
qoʻyilgan mamlakatdan xorijga oʻtqazish imkoniyatlari va sharoitlari; 
-
investitsiyalashning oʻzga huquqiy sharoitlari (xorijiy investorlar huquqini himoya 
qiladigan qonun va qonun doirasidagi harakatlarning mavjudligi). 
2. Shartnoma yoki investitsiyaga kadar risk: 
-
murakkab jarayonlarning davomiyligi va samaradorligi; 
-
shartnoma shartlarini kelishish va maʻkullash jarayoni, shuningdek tomonlarning 
shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga rioya etishlarini nazorat qiladigan muassasalarning 
boʻlishi va samarali ishlashi; 
-
munosib mahalliy sherik topish imkoniyati;
-
yangi tashkil etiladigan korxona nizom jamgʻarmasiga uskuna–jihozlar, 
texnologiyalar, nou-xau, xom ashyo, materiallar va boshqa koʻrinishida qoʻshiladigan hissani 
baholash tizimining mavjudligi


-
intellektual mulkni himoya qilishning huquqiy asoslari, shu jumladan 
texnologiyalarni transfertlash (oʻtqazish) masalalari.
3. Operatsion yoki investitsiyadan keyingi risklar: 
-
operatsion (harakat) qarorlarni qabul qilish jarayoni tartib-qoidalari va davomiyligi; 
-
foyda va uni taqsimlash masalalari boʻyicha qaror qabul qilish jarayonida taʻsir 
koʻrsatish darajasi
-
menejmentni tashkil etish masalalari, shu jumladan investitsiya loyihasi 
infratuzilmasini, xodimlarni boshqarish, moliyaviy menejmentni tashkil etish; 
-
mahalliy xom ashyodan foydalanish imkoniyatlari va uni olish tartiblarini hal 
qilishning davomiyligi; 
-
mahalliy bozor marketingi; 
-
malakali mahalliy ish kuchining topilishi; 
-
jamoat xavfsizligi, shu jumladan ushbu mamlakatda ishlayotgan xorijlik xodimlar 
uchun xavf-xatarsiz ishlash sharoitlari.
Har bir kompaniya oʻzining investitsiyalash strategiyasi, raqobat kurashidagi oʻz oʻrnidan 
kelib chiqqan holda investitsiya riski majmuini mustaqil baholaydi va u yoki bu mamlakatga 
investitsiya kiritadi. Keyingi oʻn yillarda rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar bilan sanoat 
jihatidan jadal rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari oʻrtasidagi farqlar yaqqol koʻzga 
tashlana boshladi. Rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar gʻoyat sinchkov va pishiqligi bilan 
ajralib turadilar. Ular mamlakatdagi siyosiy–iqtisodiy vaziyatni uzoq oʻrganadi, tahlil etadi va 
shundan keyingina bu mamlakatga investitsiyalar kiritish yoki kiritmaslik haqida bir qarorga 
keladi. Yangi sanoati rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar ularga qaraganda faolroq. 
Ularning strategiyasi hujumkorligi va tezkorligi bilan ajralib turadi. Bu kompaniyalar uchun yangi 
bozorlarga tez kirish hamda u yerda yetakchi mavqeni egallash asosiy masala hisoblanadi. 
Bozorga kirishning ham birinchi, ham ikkinchi strategiyasiga koʻplab misollar keltirish mumkin. 
Ammo ularning qaysi biri yaxshi, qaysi biri yomon degan savolga javob berish qiyin. Bu 
strategiyalar umuman boshqa-boshqa, har biri mazkur mamlakatlarning tarixiy tajribasi, biznes 
olami anʻanalari, kishilarning mentaliteti (dunyoqarashi) asosida shakllangan. Oʻzbekiston 
mustaqillikka erishgandan soʻng xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish tizimini 
yaratishga kirishildi. Bu borada bir qator qonunlar va Prezident farmonlari chiqarildi. "Tashqi 
iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining 
kafolatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qonun va farmonlari shular jumlasidandir. Bu qonun 
va farmonlar maʻlum maʻnoda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy asosini tashkil etadi. 
Investitsiya muhitiga bir qator omillar taʻsir koʻrsatadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə