Biznes strategiyasi


mantiqiy yakuni hisoblangan yangidan yangi vazifalar va istiqbolli yo'nalishlar aniqlanadi».1 Biznesning yo‘nalish hissiyoti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə2/8
tarix15.08.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#120589
1   2   3   4   5   6   7   8
mantiqiy yakuni hisoblangan yangidan yangi vazifalar va istiqbolli yo'nalishlar aniqlanadi».1
Biznesning yo‘nalish hissiyoti — bu alohida iqtidor sohiblari tarafidan tashkilotga olib kelinuvchi tug‘ma hissiyot etnas, bu hissiyot strategik boshqaruv deb atalmish, fikrlashning alohida shakli, rejalashtirish, tashkil etish va korporativ boshqaruv jarayo- nida ynzaga keladi. Bu holatda korporatsiya strategiyasi turli toifa- dagi printsipial boshqaruv qarorlami qabul qilishda asosiy holatni Egallaydi.
Strategik boshqaruv jarayonini shartli ravishda uch turga ajratish mumkin: strategik rejalashtirish, strategik tashkillash- tirish, strategik nazorat va tartibga solish bosh qaruvi dir. Bu turlaming har birida nisbatan alohida-alohida masalalar hal qilinadi.
Strategik rejalashtirish — bu raqobatbardoshlik afzalliklarini moliyalashtirish va rivojlantirish, unga erishish va saqlab qolishga olib keluvchi ichki va tashqi omillami tadbiq qilish, korxona stra­tegik holatini tahlili jarayonidir. Strategiyaning nafaqat koiporatsiya raqobatbardoshligi jihatlarini rivojlantirishga yo£nalgan bo£lishi, balki uni kapitalizatsiyasiga ham yo‘nalishi lozimligini ko‘pgina strategik boshqaruv muammolari bilan shug‘ullanuvchi profes­sional mualliflar ham ta’kidlashadi. Shu jumladan Fred R. Devid shunday deb yozadi: «Tanlanayotgan strategiya qulay tashqi mu- hitdagi afzalliklarni ola bilishi va tashqi xatarlardan ishonchli himoya qilishi, korxonaning kuchli taraflarini samarali ravishda kapitalizatsiyalashi va uning yordamida zaif jihatlami bartaraf eta olishi kerak. Ammo, tegishli tahlil o‘tkazishda foydalanish mumkin bo‘lgan analitik qurol, hali hamon jiddiy rivojlanishga muhtoj»2.
Strategik tashkillashtirish — korporatsiyani tanlagan strate- giyasini nisbatan to‘liq va samarali bajarilishini taminlashni tashkil etishga moslashuv jarayonidir. Aslida bu moslashishlar qabul qilingan strategiyadan kelib chiqadigan korxonaning maqsad va vazifalari tizimini ishlab chiqish, uning o‘zgarishi va resurslarini. O‘rini bosishdan iborat. Strategik tashkillashtirish ko‘pineha butun strategik boshqaruv jarayonming eng qiyin bo‘g‘ini hi- soblanadi, chunki bu har bir kishidan o‘ziga talabchanlikni taqozo qiladi. Buni samarali amalga oshirish menejerdan ish- chilami to‘qri rag‘batlantirishni talab qiladi, bu esa san’at hisoblanadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə