Blackcurse



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Sarrof —
shahar ko`chalari va rastalarida o`irib, kishilarning yirik pullarini maydalab, 
qimmatbaho buyumlarini pulga almashtirib beruvchi shaxs. Sarroflar chet eldan kelgan 
savdogarlarning pullarini mahalliy pullarga almashtirib berish, qimmatbaho toshlar, oltin, 
kumush va boshqalarni aniqlash, ularning bahosini belgilash, ayrim kishilarning omonat 
pullarini, buyumlarini ma`lum muddatgacha saqlab berish kabi ishlar bilan ham 
shug’ullanganlar. Ilgari O`rta Osiyoning xar bir shaxrida sarroflik bilan shug’ullanuvchilar 
bo`lgan. 
Amlok
katta er egalari, mulklar, er—suv, kishi tasarrufidagi narsa va buyumlar amlok 
deyilgan. Buxoro amirligida soliqni taqsimlash birligi hisoblangan. XVI — XIX asrlarda Buxoro 
va Qo`qon xonliklarida feodal er egaligining bir turi bo`lib, davlat oldidagi xizmatlari uchun 
shaxzodalar, lashkarboshilar va amaldorlarga in`om qilingan er — suv amlok deyilgan. 
Begar
— O`rta Osiyoda o`rta asrlarda mavjud bo`lgan majburiy ishlab berish majburiyati 
bo`lib, mehnatkash xalq xon va mahalliy hukmdorlar tarafidan davlat va feodallarning turli 
qurilishlari, jumladan, qal`a, saroy, yo`l qurilishi, kanal va ariqlar qazish kabi ishlarda tekinga 
ishlab berishga majbur qilingan. Masalan, Abdullaxon II ning (1583—1598) hukmronli davrida, 
uning maxsus farmoni bilan mashxur Juyboriy xo`jalaridan Xo`ja Sa`dning erlariga Vaxshdan 
suv chiqarish uchun ariq qazishga Xisor, Dexnov, Qabodien va SHaxrisabzdan 10 ming kishi 
safarbar qilingan. 


27 
Iqto`
— o`rta asrlarda YAqin va O`rta SHarq mamlakatlarida hukmdor tomonidan 
feodalga katta xizmatlar evaziga in`om qilingan chek er. Odatda Iqto` umrbod berilmay, 
hukmdor uni istagan vaqtida qaytarib olib, boshqa kishiga tortiq qilish mumkin bo`lgan. Iqto` 
xaqidagi dastlabki ma`lumotlar VII asr oxiriga mansub arab manbalarida uchraydi. IX asrga 
kelib halifa tomonidan arab amiriga idora qilish uchun berilgan viloyatlar ham Iqto` deb atala 
boshlagan. Amir o`zi hukmronlik qilaetgan ushbu viloyatlar solig’ini butunlay yoki qisman 
o`zlashtirish xuquqiga ega bo`lgan. Iqto` erlari davlat mulki hisoblangan, lekin IX asrdan 
boshlab feodalning xususiy mulkiga aylana boshlagan. Temuriylar davrida Iqto` o`rnida tiyul va 
Suyurg’ol, boburiylar saltanati davrida esa jog’ir atamalari qo`llanilgan. 
Osiyo puli
— tegirmon puli ham deyilgan. Buxoro amirligida xar bir suv tegirmonidan 
yiliga 20 tangadan 100 tangachaga miqdorida olinadigan soliq. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə