Blackcurse


Ijtimoiy — iqtisodiy mavzudagi atamalar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Ijtimoiy — iqtisodiy mavzudagi atamalar. 
Feod
— (lot.) O`rta asr G’arbi Yevropasi manbalarida er, mansab va daromadlarni 
belgilashda qo`llanib kelingan lotincha termin. G’arbi Yevropa feodalizm davrida sen`or 
tomonidan harbiy xizmatni o`tash va boshqa bir qator majburiyatlarni bajarish sharti bilan 
foydalanish uchun meros bo`lib o`tadigan qilib in`om qilingan er—mulk. O`rta asrlarda 
Frantsiyada feod «
f’er
», Angliyada — «
fi
», Germaniyada esa «
len
» deb atalgan. 
Barshchina 
— kapitalizm davrigacha bo`lgan er rentasi shakllaridan biri: krepostnoy 
dehqonning pomeshchik xo`jaligida xaq olmasdan majburan mehnat qilish: ishlab berish 
rentasining ruscha nomi. Barshchina va unga mos keladigan xo`jalikni barshchina usulida tashkil 
etish feodalizm davrida barcha mamlakatlarda tarqalgan edi. Xo`jalikning barshchina sistemasi 


31 
bo`lganida krepostnoy dehqon xaftaning muayyan kunlarida shaxsiy mehnati bilan unga tegishli 
bo`lgan erni amalda va xuquqiy jixatdan o`ziga tegishli ish quroli yordamida ishlar, xaftaning 
qolgan kunlari esa pomeshchik erida pomeshchik uchun ishlab berar edi. Er egasi qo`shimcha 
vaqtni o`z foydasiga o`zlashtiradi. Ilk o`rta asr davrida G’arbi Yevropa dehqonlarini barshchina 
usulida ekspluatatsiya qilish kengaya borib, XI — XIII asrlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
o`sishi va buning natijasida shaharning qishloqdan ajralib chiqa boshlashi, sinfiy kurashning 
keskinlashuvi, dehqonlarning feodal erlaridan shaharlarga va yangi erlarni qidirib, ommaviy 
ravishda boshqa joylarga ketib qolishlari ta`siri ostida obrok sistemasi barshchina sistemasini 
siqib chiqara boshladi. Ishlab berish rentasi oziq-ovqat rentasi bilan, so`ngra esa pul rentasi bilan 
almashtirildi. XIV—XV asrlarda Yevropaning ko`pchilik mamlakatlarida feodallarning 
dehqonlarga yangi xujumi boshlanib, feodal zulmi kuchaytirildi va barshchinani qisman tiklash 
yo`lida harakat qilindi. Ularning bu urinishlariga dehqonlar bir qator yirik qo`zg’olonlar bilan 
javob berdilar va Angliya, Frantsiya kabi mamlakatlarda feodallar barshchinani qat`iy tiklash 
niyatlaridan voz kechishga majbur bo`ldilar. Natijada uzil—kesil obrok sistemasiga o`tdilar. 
Dehqonlarni barshchina usulida ekspluatatsiya qilish qoldiqlari Pol’sha, Vengriya va 
Ruminiyada XX asrgacha saqlanib qoldi. 
Obrok
— feodal er rentasining ikki formasini ya`ni maxsulot (natura obrogi) va pul (pul 
obrogi) shakllarini bildirgan atama. Bu ikkala shakldagi obrok ham dehqon xo`jaligida ishlab 
chiqariladigai qo`shimcha maxsulotning (yoki uning pul ekvivalentining) feodal tomonidan 
o`zlashtirilishini bildiradi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə