Blackcurse



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Al’menda
— germanlirda o`rta asrlarda qishloq jamoalarining a`zolari umumiy 
foydaldnadigan er—.mulklari (o`tloqlar, o`rmonzorlar, xaydaladigan erlar). Al’menda –mulklari 
qishlok, jamoalari asoratga solinganidan keyin ham saqlanib qoldi. XI —XIII asrlarda al`menda 
ancha qisqardi, chunki aholining o`sishi va boshqa sabablarga ko`ra al’menda hisobiga erlar 
bo`lib beriddi. Bundan tashqari feodal al’mendani yakka o`zi boshqarishga, uni o`z domeniga 
qo`shib olishga intildi. Krepostnoylik qishloqlariga tovar—pul munosabatlari kirib kelishi bilan 
al’mendaning ahamiyati oshadi, u shiddatli sinfiy kurash ob`ektiga aylanadi Al’menda uchun 
kurash XIV — XVI asrlarda barcha dehqon qo`zg’olonlarida katta rol’ o`ynaydi. 
Kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi al’mendadan foydalanishda tub 
burilishni keltirib chiqardi. Angliya lordlari uni uz mulkiga aylantirdilar, G’arbi Yevropaning 
boshqa mamlakatlarida al’menda bo`lib yuborildi, bunda feodal — pomeshchik uning katta 
qismini qo`lga kiritib qoldi. 
Aristokratiya
— hukmron sinfning imtiyozli tabaqasi. Feodal jamiyatda aristokratiya 
feodallar hukmron sinfining unvonli. YUqori tabaqasi. Absolyutizm davrida aristokratiya 
tarkibiga eng yirik ruhoniy va dunyoviy er egalarigina emas, saroy dvoryanlarini ham qo`shgan 


32 
edilar. Angliya (XVII asr) va ayniqsa Frantsiya (XVIII asr) burjua revolyutsiyalari feodal 
aristokratiyaga zarba berdi, ammo ular cheklangan revolyutsion bo`lganliklari sababli feodalizm 
qoldiqlarini tamomila tugatmadilar, aristokratlar esa ilgari imtiyozlarini va erlaryni bir qismini 
saqlab qoldilar. Burjuaziya hukmronligi davrida aristokrat muhim siyosiy rol’ o`ynashini davom 
ettirdi. 
Bank
(o`rta asrlarda) — feodal davrida tovar—pul munosabatlarining rivojlanishi 
banklarga zaruriyat keltirib chiqardi. Bank operatsiyalari sudxo`rlik va pul maydalash yoki 
ayirboshlash ishi bilan bog’liq edi, chunki tarkibida turli miqdorda oltin va kumush bo`lgan xar 
xil pullar mavjudligi tufayli ayrim mamlakatlar va feodal knyazliklari pullarini boshqa mamlakat 
pullari bilan ayirboshlab turishi kerak edi. O`rta asrlarda bank ishi dastavval pul munosabatlari 
barvaqtroq rivojlana boshlagan SHimoliy Italiya respublikalarida vujudga keldi. Italiya banki pul 
ayirboshlash, sudxo`rlik, bir mamlakatlarida ham rivojlandi. Xususiy shaxslar (asosan ital’yanlar 
va yaxudiylar) bilan bir qatorda bank operatsiyalari bilan (ayniksa, sudxo`rlik •bilan) Rim 
kuriyasi va ruhoniy ritsar’ ordenlari ham shug’ullandi. Bank operatsiyalari, ayniqsa, ssuda (qarz) 
berish qaltis ish edi, chunki yirik feodallar va qirollar ko`pincha qarzni qaytarishdan bosh 
tortardilar, natijada bankir xonavayron bo`lardi. Florentsiya bankirlari Medichiga xatto qirollar 
va imperatorlar ham qaram bo`lib qolishgan edi, ularning o`zlari esa Florentsiyaning 
hukmronlari (tiranlari) bo`lib qoldilar. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə