Blackcurse



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Klermon yig’ilishi
— 1095 yil noyabrida papa Urban II tomonidan Klermon shaxrida 
chaqirilgan cherkov yig’ilishi. Bu yig’ilishda cherkov erlari va boyliklarni egallab olish uchun 
turk — musulmonlarga qarshi salib yurish tashkil etishi xaqida qaror qilingan edi. 
Salib yurishlari
— G’arbi Yevropa feodallarining 1096—1270 yillarda katolik cherkovi 
tashabbusi bilan Falastindagi xristian Avlielarini musulmonlar dini hukmronligidan ozod qilish 
uchun olib borilgan bosqinchilik yurishlari. 
Sholastika
— o`rta asrlarda feodal jamiyatning diniy mafkraviy falsafasining umumiy 
nomi, sholastika xristian dini aqidalariga asoslangan. 
Teologiya
(ilohiyot) – xudo va uning fazilatlari, diniy aqidalar to`trisida muquddas 
kitoblar va cherkov rivoyatlari xaqidagi ta`limot. 
Guschilar harakati
— XV asrning birinchi yarmida CHexiya xalq ommasining feodal 
ekspluatatsiyasiga, katolik cherkoviga va chet el agressiyasiga qarshi olib borgan ko`p yillik 
kurashi. Guschilar harakatida CHexiya aholisining turli tabaqalari — dehqonlar, shahar 
hunarmandlari, burjuaziya va dvoryanlarning kattagina qismi qatnashgan edi. CHex dvoryanlari 
asosan nemis hukmronlari va katolik cherkovi qo`lida to`plangan cherkov mulklarining 
musodara qilishga, chex burjuasi esa nemis tirik burjuasini siqib chiqarishga intilar edi. 
Guschilarning bir qismi din sohasida cherkovni demokratlashtirish, ya`ni fuqaro bilan 
ruhoniylarning marosimlar o`tqazishdagi tengligini va chex tilida va`z aytishga yo`l quyilishini 
talab qilish bilan cheklandi. Dehqonlar bilan shahar hunarmandlari qat`iy talablar: din sohasida 
— Rim cherkovi bilan aloqani uzil—kesil uzish, ijtimoiy sohada erlarni musodara qilish, 
mulklardan voz kechish, soliq va o`lponlarni yo`qotish talablarini quyishdi. Guschilarning bu 
qismi o`zlarining istehkomli tayanchlariga aylantirgan joylarni nomi bilan Tabor so`zidan 
taboriylar deb atadilar. Taboriylarning sul kanoti adalitlar deb nom oldi. YAn Jelivkiy va YAn 
Jichka boshchiligida asosan hunarmand tabaqalarning 1419 yilgi Praga qo`zg’oloni uzoq davom 
etgan Guschilar urushlarining (1419—1434) boshlanishi bo`ldi. Avval Guschilarning barcha 
guruhlari dushmanga qarshi birga harakat qilishdi. 1420 yilda YAn Jichka CHexiya taxtini da`vo 
qilgan german imperatori Sigizmund qo`shinlarini tor—mor keltirdi. Turli sinfiy 
tabaqalardan iborat guschilar tezda bo`linib ketishdi. 
Puritanlar
— Angliyada XVI asrning ikkinchi yarmida kelgan anglichan cherkovini 
katolitsizm qoldiqlaridan tozalashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan diniy harakatning 


40 
qatnashchilari. Puritanlarning diniy g’oyalari kal’vinizmning kuchli ta`siri ostida shakllandi. 
Puritanlarning sinfiy negizi: 
1) boy savdo burjuaziyasi
2) burjualashgan er egalari (yangi dvoryanlar) tashkil etdi, 
Kal’vinizmning burjuacha moxiyati xech qaerda ingliz puritanchiligidagidek 
yaqqol namoyon bo`lmagan edi. XVI asr oxirida absolyutizmga qarshi puritanlarning diniy 
qoppozitsiyasppozitsiyaga aylandi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə