Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi


Yuksak qisqichbaqasimonlar



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə11/14
tarix11.04.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#105036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
БЎҒИМОЁҚЛИЛАР ТИПИ ЖАБРА БИЛАН НАФАС ОЛУВЧИЛАР КЕНЖА ТИПИ

Yuksak qisqichbaqasimonlar (Malacostraca) kenja sinfi vakillari ko‘krak va qorin bo‘g‘imlari sonining doimiyligi hamda qorinoyoqlarining bo‘lishi bilan boshqa qisqichbaqasimonlardan farq qiladi. Ularning boshi 4, ko‘kragi 8, qorin bo‘limi esa 6-7 bo‘g‘imdan iborat. Qorin bo‘limi telson bilan tugaydi. Bir qancha qisqichbaqasimonlarda akron, 4 ta bosh bo‘g‘imlari bitta ko‘krak bo‘g‘imi bilan birikib murakkab bosh-ko‘krak, ya'ni bosh kapsulasini hosil qiladi. Boshqa vakillarining boshi prototsefalon deb ataladigan akron va antennal bo‘g‘imlardan iborat. Prototsefalonda jag‘ bo‘g‘imlari bir necha ko‘krak bo‘g‘imlari yoki ularning hammasi bilan birikib, jag‘ko‘krakni hosil qiladi. Oshqozoni chaynovchi va filtrlovchi bo‘lmalardan iborat. Hazm bezlari, yuragi va qon tomirlari yaxshi rivojlangan. Voyaga yetganlarining ayirish organlari antennal bezlardan iborat. Urg‘ochisining jinsiy teshigi oltinchi, erkaginiki esa sakkizinchi ko‘krak oyoqlarining asosiy bo‘g‘imida joylashgan.
Yuksak qisqichbaqasimonlarning 20 mingdan ortiq turi bor. Eng yirik krablar Uzoq Sharq dеngizlarida uchraydi. Kamchatka krabining og‘irligi 6-7 kg, uzunligi esa 1,5 m ga yеtadi. Kamchatka krabi 20 yildan ortiq yashaydi; umrining 8-10-yilidagina ovlanadigan darajaga yеtadi. Ochiq dеngizlarda yashaydigan qisqichbaqasimonlardan omarlar daryo qisqichbaqasiga o‘xshaydi, lеkin ancha yirik, mo‘ylovlari juda uzun bo‘ladi. Omarlarning uzunligi 80 sm, og‘irligi 15 kg gacha bo‘lishi mumkin.
Yuksak qisqichbaqasimonlar (Malacostraca) kenja sinfi 14 turkumga ajratiladi. Quyida eng asosiy turkumlariga tavsif berilgan.
Tengoyoqlilar (Isopoda) turkumi vakillarining tanasi dorzoventral (orqadan qorin tomonga) yassilashgan. Bosh bo‘limi jag‘lar va bitta, ba'zan ikkita ko‘krak bo‘g‘imlarining birikishidan tashkil topgan. Boshida yirik fasetkali ko‘zlari joylashgan. Karapaksning qalqoni bo‘lmaydi. Ko‘krak oyoqlarining hammasi bir xil uzunlikda, bir-biriga o‘xshash tuzilgan va bir shoxli bo‘ladi. Qorin bo‘limi ko‘kragiga nisbatan ancha qisqa; uning bir necha yoki hamma bo‘g‘imlari telson bilan birikib ketadi. 5 juft oldingi qorin oyoqlari asosiy kalta bo‘g‘imdan va ikkita kengaygan bargsimon yupqa qobiqli jabra varaqchalaridan iborat. Bu shoxchalar kitob varaqlari singari bir-birining ustiga taxlanib turadi. Varaqchalarni qorin oyoqlari ekzopoditi (tashqi shoxchasi)dan hosil bo‘lgan qalin xitin qopqoqcha yopib turadi. Varaqchalarning yupqa qobig‘i orqali suvda erigan kislorod qonga o‘tadi. Shu sababdan tengoyoqlilarning yuragi ham qorin bo‘limida joylashgan. Tengoyoqlilar nafas olish organining o‘ziga xos tuzilishi, ularning quruqlikda yashashga oson moslanishiga imkon beradi. Quruqulikda hayot kechiradigan ko‘pchilik zaxkashlar (Oniscoidea) kenja turkumi vakillari ham qorinoyoqlari yordamida nafas oladi. Zaxkashlar shudring tomchisiga tegib ketganida ham suv kapillyar kuch ta'sirida tanaga shimiladi va qorin oyoqlaridagi jabralarga boradi. Uchinchi xil zaxkashlar esa o‘zlarining jabralarini anal teshigidan chiqadigan suyuqlik bilan ho‘llab turadi. Ayrim zaxkashlar atmosfera havosi bilan nafas oladi. Bunday zaxkashlarning qorin oyoqlari ichida maxsus bo‘shliq bor. Bu bo‘shliq atmosfera bilan ingichka teshik orqali bog‘langan bo‘lganidan; unga havo kirib turadi. Bo‘shliqdan tana ichiga shoxlangan uchi berk naylar ketadi. Bu sistema quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilarning traxeya sistemasiga o‘xshash bo‘lganidan, ularni soxta traxeyalar deyiladi.
Ayrim tengoyoqlilar baliqlarning terisida va boshqa qisqichbaqasimonlarning jabra bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi.
Tengoyoqlilarda tuxum urg‘ochilarining ko‘krak xaltasida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi ko‘krak oyoqlarining kuchsiz rivojlanganligi bilan voyaga yetgan davridan farq qiladi.
Tengoyoqlilar dengiz va chuchuk suv havzalarida hamda quruqlikda yashashga moslashgan 4500 dan ortiqroq turni o‘z ichiga oladi. Ularning asosiy qismi dengiz bentosi tarkibiga kiradi. Bir qancha turlari planktonda uchraydi. Hamma dengizlarda, sho‘r suvli ko‘llarda va daryolarning quyi oqimida uzunligi 10 sm keladigan dengiz suvaragi (Nesidothes entomori) uchraydi. Chuchuk suv havzalarida ham tengoyoqlilar juda keng tarqalgan. Hovuz, ko‘l va tinch oqar suvlarda suv xo‘tikchalari (Asellidae) oilasi vakillari ko‘p uchraydi. Quruqlikda esa zaxkashlar (Oniscoidea) kenja turkumi vakillari keng tarqalgan.
Tengoyoqlilar orasida zaxkashlar ayniqsa katta amaliy ahamiyatga ega. O‘rta Osiyo cho‘llarida keng tarqalgan Hemilepistus cristatus tuproqda 60-100 sm chuqurlikda in quradi. Inning ichidagi harorat qishda birmuncha iliq (10°C dan yuqori), yozda esa salqin (26°C dan past), namlik esa doimo bir xil bo‘ladi. Zaxkashlarning tuproq hosil qilishdagi faoliyatini yomg‘ir chuvalchanglari bilan tenglashtirish mumkin. Sernam sug‘oriladigan maydonlarda va issiqxonalarda keng tarqalgan Hemilepistus zachvatkini o‘simliklarga birmuncha ziyon keltiradi.

Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə