Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə8/14
tarix11.04.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#105036
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
БЎҒИМОЁҚЛИЛАР ТИПИ ЖАБРА БИЛАН НАФАС ОЛУВЧИЛАР КЕНЖА ТИПИ

Mo‘ylovoyoqlilar (Cirripedia) turkumi vakillari suv ostidagi toshlar va qoyalarga, kit, akula, krablar terisi, mollyuskalar chig‘anog‘i, kemalarning suvosti qismiga yopishib, o‘troq hayot kechiradi. O‘troq yashash ta'sirida ularning tashqi ko‘rinishi keskin o‘zgargan. Tanasi alohida plastinkalardan hosil bo‘lgan chig‘anoq bilan qoplangan. Ko‘krak oyoqlari uzayib, uzun va ikki shoxli mo‘ylovlarga aylangan.
Antennullalari va tanasining bosh qismi o‘zgarib, yopishuv organini hosil qiladi. Chig‘anoq "tomi"ni hosil qiladigan plastinkalar surilib ochiladi va chig‘anoqdan "mo‘ylovoyoqlar" deb ataladigan ko‘krak oyoqlari chiqadi.
Mo‘ylovlarning bir me'yorda silkinishi natijasida og‘iz teshigiga mayda oziq zarrachalari tushadi. O‘troq yashash ta'sirida mo‘ylovoyoqlilarning tana tuzilishi ham bir muncha soddalashgan.
Mo‘ylovoyoqlilar metamorfoz orqali rivojlanadi. Ularning siprissimon lichinkasi boshqa qisqichbaqasimonlarning nauplius lichinkasiga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, plankton hayot kechiradi. Bu lichinka antennulalardagi sement bezlari yordamida sekin harakatlanadigan hayvonlarning terisiga, suv ostidagi toshlarga yopishib, o‘troq hayot kechirishga o‘tadi. Natijada ularning antennalari va murakkab ko‘zlari yo‘qolib, ko‘krak oyoqlari kuchli rivojlanib, ikki shoxli mo‘ylovlarga aylanadi.
114-rаsm. Urg‘оchi siklоpning tuzilishi: 1-ko‘zi; 2-аntеnnulаsi; 3-аntеnnаsi; 4-murаkkаb bоsh-ko‘kragi; 5-to‘rttа erkin ko‘krаk bo‘g‘ini; 6-qоrindаgi jinsiy bo‘g‘ini; 7-tuхum хаltаsi; 8-аyri o‘simtаsi; 9-ichаgi; 10-ko‘krаk muskullаri; 11-tuхumdоni.


Tanasining sirtiga ohak chig‘anoq ishlab chiqariladi. Ko‘pchilik mo‘ylovoyoqlilar germafrodit. Ayrim jinsli turlarining erkaklari ancha mayda, ular urg‘ochilarining mantiyasi ostida yashaydi. Ba'zi bir yirik germafrodit turlarining "qo'shimcha" erkaklari ham saqlanib qolgan. Bunday erkaklar juda mayda; ularning tana o‘simtalari va skeleti yo‘qolib ketgan.
Mo‘ylovoyoqlilar dengizlarning har xil chuqurligida hayot kechiradi. Ular orasida dengiz o‘rdakchalari (Lepas) va dengiz yong‘oqchalari deyarli barcha dengizlarda uchraydi. Ayrim mo‘ylovoyoqlilar o‘troq erkin yashashdan parazit yashashga o‘tgan. Parazitlik hayot ular tanasining tuzilishiga har xil ta'sir qiladi. Yuqori darajada rivojlangan parazitlarning tanasi juda soddalashgan bo‘lib, turkum, sinf va hatto bo‘g‘imoyoqlilar tipi uchun xos bo‘lgan barcha xususiyatlarni yo‘qotadi. Lekin lichinkasining tuzilishini o‘rganish orqali ularning mo‘ylovoyoqlilar turkumiga mansubligini aniqlash mumkin. Bu jihatdan ayniqsa o‘noyoqli qisqichbaqasimonlar paraziti sakkulina va peltogaster diqqatga sazovordir.
Sakkulina krablar qorin qismining pastki tomoniga yopishib yashaydi (115-rasm). Uning xaltaga o‘xshash tanasida hech qanday bo‘g‘imlar yoki o‘simtalar bo‘lmaydi. Parazit kuchli tarmoqlangan poyacha yordamida krab tanasiga yopishib oladi.



2

1


Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə