Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad


Yurishni tekshirish (harakatlar koordinatsiyasini baholash yoki ataksini tekshirish)



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə18/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Yurishni tekshirish (harakatlar koordinatsiyasini baholash yoki ataksini tekshirish):
Tekshiriluvchining xonada bir chiziq bo’ylab ochiq va yumuq ko’z bilan yurishi so’raladi. Oyoqlarni tovoni va uchi bir-biriga tegishi kerak. Qadam tashlashi kuzatiladi. Normada odatdagicha, ikki tomonga chayqalmasdan va oyog’ini ochmasdan yuriladi (ataksiya - manfiy).
Dismetriyani sinash
Tekshiriluvchi stoldan qandaydir buyumni (kitob, stakan, telefon) olishi va so’ngra uni o’z joyiga qo’yishi so’raladi. Predmet avval qaerda turganligi va tekshiriluvchi uni qaerga qo’yganligi tekshiriladi. Zarur bo’lsa, oradagi farq chizg’ich bilan o’lchanadi. Normada odam predmetni avvalgi joyiga ± 2 sm xatolik bilan qo’yadi (dismetriya yo’q).
Nutq (dizartriyani tekshirish):
Tekshiriluvchidan talaffuzi qiyin bo’lgan so’zlarni aytish so’raladi. Masalan, standartlashtirish, mexanizatsiyalashtirish, byurokratlarcha va b. Cho’zib, sekin yoki uzuq-yuluq qaytarganligini kuzating.
Barmoq bilan burunni ushlash (dismetriya va titrashni tekshirish):
Tekshiriluvchi to’g’ri turadi, qo’lini yelka balandligida yoniga ochadi va ko’zi ochiq va yumuq holatda ko’rsatkich barmog’i bilan burunni uchiga tekkazish uchun uni asta sekin joyiga tushiradi (avval chap, so’ngra o’ng qo’l bilan).
Odam normada qo’lini burni uchiga bir tekisda barmoqlari qaltiramasdan (± 1 sm aniqlikda) (ya’ni dismetriya va tremor – manfiy). O’ta charchaganda, nevrozlarda, bosh miya jarahatlanganida va boshqa funksional holatlarda burunni uchi topolmaydi, ko’rsatkich barmoq yoki qo’l panjasi titraydi (ya’ni dismetriya va tremor – musbat).
O’rta miya reflekslari
Konvergensiya refleksi:

  1. O’qituvchi qo’liga qalam olib tekshiriluvchining ko’zidan 20 sm uzoqlikda ushlab turadi;

  2. Tekshiriluvchidan diqqatini jamlab qalamdan ko’z uzmasligi so’raladi;

  3. Qalam asta-sekin ko’zga yaqinlashtiriladi va tekshiriluvchining ko’zi kuzatilib boriladi. Konvergensiya jarayoni – ko’z o’qlari birlashishi kuzatiladi; agar tekshiriluvchi uzoqqa qarasa qalam ikkita bo’lib ko’rinadi.


Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə