Boshqaruv psixologiyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə32/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Nazorat saollari
1.Nizolarning turlari?
2.Muloqot va idrokning bog‘liqligi?
3.Boshqaruvda nizolarni bartaraf etish?

MUZOKARALAR OLIB BORISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI.
Reja:
1.Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari. Rahbar faoliyatida muzokara. Muzokara olib borish bosqichlari.
2.Muzokara yakuniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik omillar.
3.Rahbar va oila muammosi.
Tayanch tushunchalar: SHaxs, qadriyat, muammo, qobiliyat, psixologik omillar,muzokara.
Har qanday rahbarning ish samaradorligi uning mehnat jamoasi yoki guruhlardagi ishining o‘ziga xos xusussiyatlarini to‘g‘ri tushunish, to‘g‘ri harakat qilishi, guruh bilan muvaffaqiyatli ishlashi bilan bog‘liq. Rahbar jamoaning lideri hisoblanadi, ammo shu bilan birga jamoada raxbar biladigan yoki bilmaydigan lideralar ham bo‘lishi mumkin. Bu liderlar bilan rahbar doimo ishlashi, muloqotda bo‘lishi o‘ziga ularni tobe qilishga harakat qilishi lozim.Guruh rahbarlari liderlarida etakchilarida bir qator qobiliyatlar mujassamlangan bo‘ladi. Bu qobilyatlar ish jaryonida tajribani oshishi bilan rivojlanib borishi mumkin.
Yuzlab yaxshi zamondon rahbarlarni psixodiognostika usulida tekshirish natijasida ruhshunoslar ularni quyidagi belgilarini ko‘rsatadilar:
- irodali, maqsadga erishi yo‘lida uchragan to‘siqlarni engishga qodir;
- matonatli, aqilli tarzda tavvakal qila oladi, bardoshli;
- tashabbuskor va mayda e’tioborsiz ishlarni afzal ko‘radi.
- ruhiy barqaror va o‘zini bo‘lar-bo‘lmas taklifla bilan bandbo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
- yangi shart-sharoit va talablarga yaxshi moslashadi;
- o‘z-o‘ziga tanqid bilan qarovchi, nafaqat o‘z muvoffaqiyatlarini balki muvoffaqiyatsizliklarini ham aql bilan baholaydi;
- o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchan, topshirilgan ishni talab qila oladi;
- tanqidiy ko‘z bilan qaraydigan, o‘ziga jalb qiladigan takliflarning nozik tomonlarini ko‘ra oladi;
- ishonchli, o‘z so‘zida turadigan, unga suyanish mumkin;
- sabr-toqatli, hatto ortiqcha ish yuklagan sharoitda ham ishlay oladi;
Lider vaziyatni his qilib kerakli fazilatlarni o‘z vaqtida ishlata olishi shart. Hatto ishlash sharoiti noqulay bo‘lib, atrofdagilar hush ko‘rmasa ham.
Qiyinchiliklar yana shundan iboratki, haqiqiy lider bir-biriga zid fazilatlarni ham o‘zida mujassamlashtiriga to‘g‘ri keldai. Masalan, u:
- predmetni aniq bilash doirasida qolib, keng ko‘lamda fikralay olishi;
- o‘z tamoyillariga sodiq qolgan holda, qarama-qarshi nuqta-nazarlarini tushunishi va undan foydalana olishi;
- foydasiz loyixapaparstlik bilan shug‘ullanmasdan yangi g‘oyalar qabul qila olish;
- tavvakal qilish va mumkin qadar kam hato qilish;
- talabachanlikni saqlagan holda xushmuomila, nazokatli bo‘la olishi kerak.
Hozirgi zamon lideri juda yaxshi ruxshunos bo‘lishi zarur. Gap, alabatta, maxsus bilimlar haqida emas, balki birga ishlayotgan odamni bilish haqida borayotir.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə