Boshqaruv psixologiyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə31/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Namoyishkorona shaxs. Bular har doim diqqat markazda bo‘lishga intiladilar. Har qanday ehtirosli bahslarning tashabbuskoridir.
Kibr havoli shaxs. Bular:

  • o‘zlari haqida yuqori fikrda bo‘ladilar;

  • o‘zgalarning fikri bilan hisoblashmaydilar;

  • o‘zlarining hatti-harakatiga tanqidiy nuqtai nazardan qaramaydilar;

  • jizzaki, terisi yupqa, salga xafa bo‘ladilar;

  • atrofdagilarga zahrini sochib “qovushtirib” tarqatadilar.

Jilovsiz shaxs. Bular:

  • o‘z-o‘zini juda ham sust nazorat qiladilar;

  • beixtiyor harakatlari bilan ajralib turadilar;

  • tajovuzkor bo‘ladilar;

  • hech xam tushuntirib bo‘lmaydigan kishilardir.

O‘ta aniq shaxs. Bular:

  • ortiqcha talabchan bo‘ladilar;

  • har doim shubhada bo‘ladilar;

  • vahimachi bo‘ladilar;

  • ikir-chikirga beriluvchan bo‘ladilar.

Nizoli vaziyatning tashqi unsurlari ham mavjud. Bular quyi-dagilardir:   haddan tashqari hissiyotga berilish; fikrini aniq izhor eta olmaslik; bir-birini tushunishini hohlamaslik; asosga ega bo‘lmagan noshukurlik va hokazo. 


Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf etish
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi ikki yirik guruhga bo‘lish mumkin: 
1.Tarkibiy-tashkiliy usullarga:
-ishga bo‘lgan talabni tushuntirish usuli;
-muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli;
-umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar, mukofotlanishning tarkibiy tizimi. 
2.Strategik usullari:
-uzoqlanish; 
-silliqlashish;
-majburlash;
-kelishuv, muammoni hal qilish. 
Nizoni bartaraf etish uchun rahbar o‘zining oqilligi, adolatliligi, madaniy saviyasi bilan jamoani hamkorlikka intiltirishi lozim. YA’ni, ushbu nizoli vaziyatda xokimlik mavqeida emas, balki teng huquqiylik asosida echim­ni topishi lozim. Masalan, bu jarayonda quyidagilar juda ham muhimdir:
• tomonlarning bir-birini tan olishi;
• gapni bo‘lmay tinglash;
• o‘zga kishi sifatida tushuna olishni namoyish qilish;
• nizo jarayonidagi holatni o‘zga kishi qanday qabul qilishi (tushunishi) ni anglash;
• muhokama qilinayotgan mavzuni aniq tasavvur qilish;
• mavzuga nisbatan umumiy qarashlarni hosil qilish;
• murosa kilinayotgan oqibatni aniqlash;
• nizo mazmunini tahlil kilish;
• nizoni bartaraf etish uchun hamkorlikda yagona yo‘l tanlash;
• hamkorlikda umumiy xulosa (murosa)ga kelish.
Bunday yo‘l mashaqqatli, ammo oqilona yo‘ldir. Buning uchun tajriba kerak.
Hozirgi sharoitda rahbar faqat o‘z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi, ruhshunos (psixolog) va tarbiyachi bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun har bir rahbar sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, kasbiy etika fanlarini yaxshi egallashi kerak. Buni hayotimizdagi jiddiy o‘zgarishlar, inson omilining faollashuvi, jamoalarni o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishini taqozo etadi.
Rahbarning jamoada ishlovchi har bir shaxsning qalbiga yo‘l topa bilish qobiliyati juda katta ahamiyatga ega. Buni bilgan rahbar o‘z jamoasi ichida mehnat jarayonida vujudga keladigan har xil nizolarni jamoada jamoat tashkilotlari bilan birga, yuqori tashkilotlarga chiqarmasdan o‘zida hal qilishga qodir bo‘ladi.
Bunday rahbar o‘z ishini to‘g‘ri tashkil qiladi, jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad va reja topshiriklarini o‘z vaktida muvaffaqiyatli bajaradi. Jamoalarda sog‘lom  ruhiy iqlim yaratish uchun rahbar kuyidagilarga, quyidagilarga alohida e’tibor berishi lozim:

  • Har xil xodimning shaxsiy fazilatlariga;

  • YOshi, qobiliyati, malakasi, iste’dodiga;

  • Ishchilar o‘rtasidagi hamjihatlikka

  • O‘zaro yordamni bir-biri bilan chambarchas bog‘laydigan ijtimoiy aloqa maromiga;

  • Raqobat muhitini tashkil qilganiga;

  • Korxonada pirovard natijalar uchun har bir xodimning ma’suliyat sezish tuyg‘usini mustahkamlanganlik darajasiga;

  • Jamoa a’zolari ishining unumdorligiga;

  • Motivlashtirish darajasiga.

Konstruktiv ziddiyatlar – apponentlar tomonidan xal qilinadigan fikrlar qarama– qarshiligi bulib, ziddiyatlar moxiyati maksadga erishishning eng kulay va samarali yulini tanlab olishdan iborat. Destruktiv ziddiyatlar – ziddiyatning moxiyati jamoadagi guruxlar yoki aloxida olingan shaxslarning fakatgina uz manfaatlarni kuplab kiritishlari va ikkinchi tomonning xar kanday samarali takliflarining turli usullarini kullagan xolatda yuk kilishga xarakat kilishlaridan iborat. Jamoada ziddiyatli xolatlarni keltirib chikaruvchi shaxslar taxminan 4 turga bulish mumkin: Xokimiyatni xaddan tashkari yaxshi kuruvchi shaxslar. Bilimli, tajribali lekin boshkalarga yordam berishni yoki fikr almashinishni xoxlamaydigan shaxslar.Bekorchilar.Keksa yoshdagi ishchilar

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə