Boshqaruv psixologiyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə29/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Maxsus fazilatlar:psixologik barqarorlik, jismoniy zo‘riqishlarga chidamlilik
ish joyida diqqatni tez taqsimlashlik,ko‘ruv idrokiga tezkor javob qaytarishlik,operativ tafakkurga moyillik, vaqtni idrok qilishga qobiliyatlilik, obrazli xotiraga egalik, teri-tuyushga sezgirlik, harakatni muvaffaqiyatlashtirishga uquvchanlik. Kasbiy bilimlarga zehnlilik:ishlab chiqarish ta’limi jaraѐni mohiyatini komil insonni shakllantirishning tarkibi ekanligini tushunishlik ishlab chiqarish ta’limi metodikasi va nazariyasi asoslarini egallaganlik ѐsh va jins xususiyatlari,tayѐrgalik darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqarish. 
Akmeologiya – insonning kasb-hunarni (mutaxassislikni) egallash jarayonida eng yuksak bosqichlarga etishish muammolarini mustaqil o‘rganuvchi fandir. U insonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy dunyosida yuksakroq cho‘qqilarga, kasbiy kamolotda mukammallik bosqichiga erishish muammolarini o‘rganadi. Akme – yunoncha («rassvet», «vershina») kamolot, yuksalish, etuklik ma’nolarini anglatadi.
8-MAVZU: BOSHQARUV FAOLIYATIDA NIZOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI. MUZOKARALAR OLIB BORISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI.
Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi,nizoni hal etish dinamikasi. Nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablar.Muloqotni samarali tashkil etish bosqichlari. Muammoli va qiyin va nizoli vaziyatda muloqot olib borish bosqichlari.Muloqotda idrok jarani. Distruktiv va konstruktiv nizolar.
“Konflikt” so‘zi 19 asrda lotin tilidan kirib kelgan bo‘lib “konfliktus”- “to‘qnashuv” degan ma’noni anglatadi. Konflikt so‘zini ishlatmasdan yashash mumkin, lekin konfliksiz yashash mumkin emas. Balki kelishmovchilik, to‘qnashuv, kurashish, mojaro va shu kabi so‘zlarni barchasini umumlashtirish maqsadida bu so‘z ishlatilsa ajabmas. Oramizda biror marta konflikt va ziddiyatga tushmagan inson bo‘lishi mumkin emas. SHuning uchun ham «agar sizning xayotingizda konflikt bo‘lmasa tomiringiz urishini tekshirib ko‘ring» degan ibora ishlatiladi. Buning xulosasi esa konflikt - bu hayotimizdagi voqea-hodisa singari oddiy holdir. Bundan tashqari agar oilada , ishxonada yoki davlatda konfliktlar bo‘lmasa, bu aynan shu erda tinch osoyishta xayotda o‘sish, rivojlanishi to‘xtaganligini bildiradi. SHuning uchun bu konfliktlarni o‘rganish va uni yuzaga kelganda bartaraf etish kerakligi va hayotimizni ravnaqiga uning salbiy ta’sirini o‘tkazmasligiga harakat qilish kerak. Pedagogik psixologiyaning murakkab pedagogik ahamiyatga ega bo‘lgan muammo inson kundalik faoliyatida to‘qnash keladigan psixologik muloqot va undagi to‘siqlar masalasi hisoblanadi. Muloqotdagi to‘siqlardan tushunish, gapirib berish interpretatsiyasi va uning diolog ommaviy ko‘rinishlari o‘zi haqidagi dunyo Sitseron eslatib o‘tilgan va tahlil qilingan. Bu muammo kommunikativ-axborot nazariyasi ijtimoiy- psixologik nazariya va kognitiv psixologiya kontekstida o‘tgan asrining o‘rtalaridan. D. Kata, L. Li, G. Lassvili, M. Anderson, E.S. Kuzmin, B.D. Partin, B.F. Lomov, YA.L. Kolominskiy, E.A. Klimov va boqalar tomonidan maxsus tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilmoqda. Boshqarish jarayonida nizo — bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o‘rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi va ularning ish qobiliyatini pasaytiradi, jamoadagi "ruhiy iqlim”ni  yomonlashtiradi, kadrlar qo‘nimsizligini ko‘paytiradi. SHuning uchun bu masalalarga doimo e’tibor berish, mehnat jamoalarini boshqarishni, kadrlar turg‘unligini ta’minlovchi shartlardan biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlarning oldini olishning barcha imkoniyatlaridan foydalanish lozim.
Nizo qanday xarakterga ega bo‘lmasin va u qay darajada katta yoki kichik bo‘lmasin, barcha hollarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil kilinishi lozim. Rahbar har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va ob’ektivlik bilan etishi, tegishli xulosalar chiqarishi kerak.
Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan:
• mehnatni tashkil qilishdagi kamchiliklarni;
• xaq to‘lashning takomillashtirilmagani;
• yomon mehnat sharoitlarini;
• mehnat haqidagi qonunlarni buzishni;
• rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini;
• o‘zaro munosabatlar madaniyatining past saviyasini va hokazolarni ko‘rsatish mumkin.
Jamoa a’zolari orasidagi  nizolarning asosan to‘rt xili ko‘p uchrab turadi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə