Boshqaruv psixologiyasi


-Mavzu:RAHBAR FAOLIYATI NUQSONLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə38/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

15-Mavzu:RAHBAR FAOLIYATI NUQSONLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI.
SHaxsiy qadriyatlarni o‘zgarishi.O‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatiga ega emasligi.O‘z-o‘zini kamol toptirish tizimining to‘xtashi.
Muammolarni xal etish malakasining etishmasligi. Mehnat jamoasini jipslashtira olish qobiliyatining quyi darajada ekanligi.
Qat’iylik bilan tajovuzkorlik o‘rtasidagi tafovutning farqiga borib turing.
Qo‘l ostingizdagi kishilar bilan tashqaridan keladigan muammolar o‘rtasida to‘g‘ondek bo‘lib turing.Xodimlarga ularning o‘zlari qaror qabul qilishiga imkon berib qo‘ying. Qarorlarni tanlash va uzoq muddatli rejalarni shakllantirish jarayoniga jiddiy ravishda ishlaydigan faol xodimlarni mumkin qadar jalb eting. Tashkilot ichida axborot bilan almashishni kengaytirib boring.Tashabbusni cheklab qo‘ymasdan balki rag‘batlantirib, avj oldirib boring.Xodimlar tashkilotning maqsadlari va shu kungi vazifalarini hamisha tushunib boradigan bo‘lishga erishing. Ijodiy hissa va tashabbus uchun moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish usullari takomillashib, yangilab boring, Hokimlik qilish, amaldor bo‘lish orqasidan katta boyliklar orqasida quvish ba’zan – ba’zan janjalkashlik, laganbardorlik pismiqlik singari yaramas xulqlarni uyg‘otadi. Mansablar pog‘onasidan ko‘tarilib, borish tartibini shunday takomillashtiringki toki barcha darajadagi xodimlar faqatgina ishda ko‘rsatgan xizmatlari uchungina yuqori lavozimga ko‘tariladigan bo‘lsin. Xodimlarni rag‘batlantirish tizimida ijodiy faollik mezonini asosiy mezonlarning biri qilib ko‘ring. Ijodiyotda qozongan katta muvaffaqiyatlari uchun xodimlarga rag‘batlantirish tariqasida dam olishga qo‘shimcha vaqt bering.YAxshi ish uchun shaxsan tashakkur bildiring bunda butun xodimlar guruhi yoki bo‘limning qo‘shgan hissasini emas balki xodimning hissasini alohida ko‘rsatib o‘ting.Qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlari oshkora va ko‘rgazmali qilib, maskan yorqin diagramma – plakatlar shaklida namoyish eting.
Xodimning ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun tashkilotning eng yuqori rahbarlari tomonidan topshiriladigan yorliq yoki tashakkurona tashkil eting.
Faollik bilan o‘zini ko‘rsatadigan alohida xodim to‘g‘risida o‘z korxonangiz alohida xodim to‘g‘risida o‘z korxonangiz gazetasi sahifalaridan yoki hatto mahalliy matbuotdan joy olishga erishing.Korxona ichidagi kommunikatsiya tizimini rivojlantirib boring. Tordosh fanlarga oid muammolar yuzasidan ijodiy ravishda fikr yuritadigan kishilarning muloqotda bo‘lishi uchun shart – sharoitlarni yaratib bering. Muammoga har xil nuqtai nazardan qaraydigan qaraydi. Umumiy masalalarni odamlar birgalikda va ochiqchasiga muhokama qila olish uchun boshqaruv apparati bilan ishlab chiqarish itoatning qo‘shma kengashlarini o‘tkazib turing. Ishda xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa ularni o‘zingizga yozib oling va qanday qilib bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik yoki ularni bartaraf etish to‘g‘risidagi mavzu yuzasidan o‘quv mashg‘ulotiga o‘xshash biror narsa tayyorlash.
Tajriba almashinuv kurslarini tashkil etib, o‘z xodimlarning malakasini oshirib boring. Odamlarning erkinlik bilan bemalol muloqot qilib borishlari uchun imkon tug‘dirib bering va bunga kishilarni ko‘proq jalb etib boring.Birinchi galda qanday imkoniyatlarni ishga solish kerakligi muhokama qilinadigan uchrashuvlar va shaxsiy suhbatlarni o‘tkazib turing.Bo‘linmalar orasidagi to‘siqlar harakatchan va oson etib o‘tiladigan bo‘lishi kerak.
Garchi “bir bosh yaxshi ikkitasi esa bundan ham yaxshi” va jamoa hamkorligi ancha samarali bo‘lsada ko‘pchilikning fikriga qarama – qarshi fikr yuritayotgan yakka kishining ishiga to‘siqlik qilmang. Masalani hal qilishga qo‘shgan hissasi uchun shaxsan odamlarning o‘ziga tashakkur bildirib, mukofotlar bering. G‘oya va fikrlar plyuralizmini, ularning kimdan chiqqanligidan qat’iy nazar tabriklang. Xodimlar ustidan tushgan shikoyatlar yoki noroziliklar to‘g‘risida xodimlarni xabardor qiling. Jamoada ijodiy vaziyat yuzaga keltirish masalalari bilan bevosita shug‘ullanadigan psixolog, sotsiologlarni boshqaruvchi mutaxassislarni ular tashkilotingizdagi xodimlar bilan maxsus o‘quv mashg‘ulotlari va ishga doir o‘yinlar o‘tkazib turishlari uchun vaqt – vaqti bilan taklif qilib turing.Rahbarlik lavozimlariga boshqalarning ijodiy qobiliyatlari va tashabbuslari qo‘llab–quvvatlay oladigan kishilarni tayinlang.O‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish maxsus adabiyotni o‘qib turish va ishga doir o‘yinlarda ishtirok etib borish yo‘li bilan o‘zingizning ijodiy qobiliyatingizni takomillashtirib boring.Xodimlarning bevosita o‘z vazifalaridan tashqari ancha keng doiradagi masalalarga taalluqli fikrlarni ham bayon qilish istaklarini rag‘batlantirib boring.Tashabbusni paysalga solmay aniq – tayin g‘oyalarga takliflarga va ishlarga aylantirish uchun shart – sharoitlarni yaratib bering.YAngiliklarni joriy etish g‘oyalarning ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy mexanizmini yarating.Qo‘l ostingizdagi kishilarning yuqori rahbariyatga yuboriladigan tashabbusini o‘z tavsiyanomangiz bilan qo‘llab – quvvatlang.YUqori tashkilotning rahbarlari bilan yangi echimning mualliflari o‘rtasida o‘ziga xos g‘ayrirasmiy munosabatlar o‘rnatishni har tomonlama qo‘llab – quvvatlang.Tashkilotga yangi kelgan xodimlar, shuningdek uning faxriylari bo‘lmish kishilarning kayfu – ruhiyati bilan qiziqib turing.Tamom hafsalam pir bo‘ldi deb yurgan xodimlarda bo‘lgan qiziqishni qay tariqa yangitdan uyg‘ota bo‘larkin deb o‘ylab ko‘ring.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə