Boshqaruv psixologiyasi


Motivlashtirish modellari va strategiyalari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə46/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Motivlashtirish modellari va strategiyalari. Motivlashtirish nazariyasiga asoslanib uning turli modellari ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda. Ularning asosiylari quyidagilardir:

Bu erda kishilar uchun moliyaviy dastak mukofot va jazo qo‘llaniladi. Bu “shirin kulcha” va “qamchi” taktikasidir. Ba’zi hollarda bunday yondashish to‘g‘ri bo‘lar, ammo uning samarasi juda qisqa bo‘ladi. Boshqa hollarda esa u kishilar o‘rtasidagi munosabatga putur etkazibuoq muddatga zarur etkazishi mumkin. Bu modelning muallifi amerikalik ruhshunos Emirson Mayo bo‘lib, uning negizida quyidagi g‘oya yotadi. Ichki omillar: shuhrat topish, ijroni yaxshilash va sotsial ehtiyojlarni qondirish ishdan qoniqishga olib keladi. Ishdan qoniqish esa mehnat unumdorligini oshiradi. Bunday yondashuv eng muhim tashqi omilni, ya’ni ish haqini inobatga olmaydi. Go‘yoki “mamnun (ehtiyoji qondirilgan) kishi bu unumli (samarali ishlaydigan) kishi” emish. Bunday o‘ylash albatta, noto‘g‘ri va soddalikdir. O‘z-o‘zini mukammallashtirish Maslou va Xouberg yondashuvlarga asoslangan bo‘lib, uzoq muddatli motivatsiyani ta’minlovchi omillar sifatida nafaqat ichki omillar, shuningdek tashqi omillar ham muhim deb qaraladi.
Motivlashtirish strategiyasini tanlashda uchta yondashuv mavjud: Rag‘batlantirish va jazo strategiyasi, ya’ni, kishilar mukofot olish uchun ishlaydilar: 1. Kim ko‘p va yaxshi ishlasa, unga yaxshi haq to‘lanadi;
2.Kim undan ko‘p ishlasa shunchalik ko‘p haq to‘lanadi;
3.Kim sifatsiz ishlasa, u jazolanadi.
Ish orqali motivlashtirish: xodimga uni qoniqtiradigan ishni bersangiz bas, ijro etish sifati yuqori bo‘ladi. Menejer bilan doimiy aloqada bo‘lish strategiyasi: bo‘ysunuvchilar bilan birga maqsadni aniqlab olish, unga ijobiy aks aloqaga imkon berish, hattoki u to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, yoxud engilgan hollarda ham. Bu motivlashtirish modeli rahbar bilan xodim o‘rtasidagi munosabatni tahlil qilish va unga ustuvorlik berishga asoslanadi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə