Boshqaruv psixologiyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə55/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Samarali rahbar qiyofasi. YUqorida samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shaxs xislatlarini keltirib o‘tdik. Bu xislatlarni bilish, rahbar ularni o‘zida shakllantirishga intilishi, so‘zsiz, uning boshqaruv mahoratini yanada yuqori pog‘onalarga olib chiqadi va tashkilotning ko‘zlangan maqsadga yo‘nalishini tezlashtiradi. Lekin, metodologiya nuqtai nazaridan rahbar shaxsi shunchaki xislat yig‘indisidan iborat emas, ayni vaqtda mazkur xislatlarni mujassamlashtirib, uyg‘unlashtirib turuvchi yanada shiddatli kuchlar borki, ular ishtirokida xislatlarning ma’lum kombinatsiyasidan iborat rahbar qiyofasi mavjud bo‘lishi mumkin.
Missiya – eng oliy maqsad bo‘lib, inson butun umrini shu maqsadga intilish uchun bag‘ishlaydi. Odatda missiya shakllanishi va inson tomonidan anglanishi, uning etuk yoshlariga to‘g‘ri keladi. Missiya inson hayotining yo‘nalishini ifodalaydi. Odatda har bir inson hayotida o‘z missiyasiga ega va hamma gap uni erta yoki kech anglanishidadir. Psixologiya fanida katta o‘rin egallagan gumanistik yo‘nalish e’tirof etadigan asosiy vazifalardan biri - insonga uning missiyasini anglashda yordam berishdan iboratdir. Mavzuimiz mazmunidan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, har bir rahbar o‘z faoliyatini qanday missiya orqali ifodalanishini iloji boricha ertaroq anglab olishi lozim. Masalan, missiya sifatida o‘z xalqiga xizmat qilish, o‘z vatanining ravnaq topishida ishtirok etish yoki butun xatti-harakatini oilasi farovonligiga bag‘ishlash kabi sharafli burch bo‘lishi mumkin. Albatta, bunday iboralar ro‘yxati cheksiz va ular har bir shaxs uchun individualdir. SHaxs o‘z missiyasini nafaqat anglashi, balki, tashkilot umumiy maqsadi bilan uyg‘unlashtirishi lozimdir. Missiya o‘z shakliga binoan aniq va ravshan ifodalanishi, shaxsdan «tashqarida» joylashishi, ya’ni tashqi muhit ob’ektlarida mujassamlashgan bo‘lishi lozim (masalan, kasbiy yo‘nalish, o‘zgalar manfaati, xizmat sohasi va h.k.). Missiya o‘z mazmuniga ko‘ra shaxs e’tiqodlaridan unib chiqadi.
E’tiqod – inson behad ishonadigan g‘oya va fikrlar bo‘lib, ularni hatto shubha ostiga olish shaxs uchun noo‘rindir. Inson tashqi olamdagi voqea-hodisalarni tahlil qilarkan, ko‘p narsalarga o‘z e’tiqodi nuqtai nazaridan qaraydi.
Qadriyatlar – eng qimmatli ma’naviy boylik bo‘lib, inson uni haqoratlanishi va tahqirlanishidan himoya qiladi, saqlaydi. Odatda qadriyatlarning umuminsoniy, biron ijtimoiy guruh qadriyatlari va shaxsiy turlari farqlanadi. Umuminsoniy qadriyatlar inson qaerda yashashidan, boyligidan, mansabidan va boshqa xususiyatlaridan qat’i nazar, doim ardoqlanadigan mazmundir, masalan - tinchlik, hayot, ozodlik, birdamlik, mas’uliyat, oriyat.
Ustanovka – bu ibora psixologiyada inson xatti-harakatining anglanmagan programmasi sifatida tushuniladi. Inson doimiy bajaradigan xatti-harakat dastavval anglanilgan holda amalga oshadi va u takrorlangani sari beixtiyor, avtomatlashgan holatga o‘tib boradi. Aynan shunday anglanilmagan harakat rejasi ustanovka deb ataladi. Xodimdagi maqbul harakatlar muntazam takrorlanishi natijasida unda maqsadga muvofiq faoliyat ustanovkasi shakllanadi.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə