Bu avvalambor qat’iy, shu bilan birga, puxta o‘ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko‘rilgan samarali chora-tadbirlarimizning natijasidir deb ta’kidladi



Yüklə 26,54 Kb.
səhifə6/8
tarix29.11.2023
ölçüsü26,54 Kb.
#143212
1   2   3   4   5   6   7   8
13 pul

6.Inflyatsiya qanday hisoblanadi?
Mamlakatimizdagi inflyatsiya to‘g‘risida aniq ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining saytidan (www.stat.uz) olish mumkin. Bu organ O‘zbekistonning turli mintaqalaridagi tovarlar va xizmatlar bahosi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘playdi va ularni qayta ishlaydi. Joriy baholarni o‘tgan baholar bilan taqqoslab, Davlat statistika qo‘mitasi iste'mol baholari indeksi (IBI)ning o‘sish sur'atlarini, ya'ni inflyatsiyani hisoblaydi. Bunda inflyatsiya tovarlar va xizmatlarning turli toifalari hamda turli mintaqalar uchun alohidaalohida hisoblanadi. Barcha ana shu ko‘rsatkichlar asosida mamlakat bo‘yicha inflyatsiyaning o‘rtacha darajasi hisoblab topiladi. Shundan so‘ng, masalan, OAVda “O‘zstat ma'lumotlariga ko‘ra 2019 yilning sentyabrida O‘zbekistonda inflyatsiya 1,5%ni tashkil etdi”, degan mazmundagi xabar paydo bo‘ladi.
Inflyatsiya darajasi va unga ta'sir qiluvchi omillar to‘g‘risida tahliliy ma'lumotlar Iqtisodiyot va Moliya hamda Markaziy bank tomonidan ham e'lon qilib boriladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muntazam ravishda (har chorakda) “Pul-kredit siyosati” va “Inflyatsion kutilmalar” sharhlarida inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning inflyatsion kutilmalari, inflyatsiyani iqtisodiyot uchun maqbul darajasigacha pasaytirish va barqarorligini ta'minlash maqsadida pulkredit siyosati dastaklaridan foydalanish hamda zaruriy choralarni ko‘rib borish to‘g‘risida ma'lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazib boradi. Shu bilan birga, Markaziy bankning veb-sahifasida inflyatsiya to‘g‘risidagi ma'lumotlar doimiy ravishda yoritiladi. Ta'kidlash joizki, yuqoridagilar IBI asosida mamlakat bo‘yicha o‘lchangan o‘rtacha inflyatsiyaning rasmiy ko‘rsatkichlaridir. Agar kimdan-kim o‘zining shaxsiy inflyatsiyasini hisoblamoqchi bo‘lsa, odatda, u boshqa ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Zero, har kimning iste'mol savatchasi o‘zgachadir. Kimdir go‘sht yemaydi. Boshqa birov makaronni xush ko‘rmaydi. Yana kimdir esa, avtomobilь haydamaganligi uchun o‘zining savatchasidan benzinni chiqarib tashlaydi. Shuning uchun aytish mumkinki, inflyatsiya har bir kishi uchun alohidadir.
Buning uchun, dastlab, har yili sotib oladigan tovarlarimizning ro‘yxatini tuzib chiqamiz. Har bir tovarning qarshisida uning bahosini yozib chiqamiz. So‘ng yildan-yilga har yili foydalanib kelayotgan xizmatlarimiz ro‘yxatini tuzamiz. Har bir xizmatning qarshisiga uning bahosini aks ettiramiz. Yil o‘tguniga qadar 3-ustunni bo‘sh qoldiramiz. Yilning oxiriga kelib bu ustunda taqqoslash uchun ma'lumotlar, ya'ni yangi yilda biz sotib olishimiz kerak bo‘lgan o‘sha tovar va xizmatlarning baholari, paydo bo‘lishi kerak. Ishni bu tarzda amalga oshirish aniqlilik va ulkan sabrtoqatni talab qiladi. Bu ro‘yxatda kamida 62 ta pozitsiya bo‘lmog‘i lozim. O‘z.stat tajribasiga muvofiq, bu eng tor iste'mol korzinasidir. Agar biz o‘z inflyatsiyamiz to‘g‘risida yanada aniqroq ma'lumotga ega bo‘lishni istasak, ro‘yxatdagilar sonini 490 tagacha oshirishimiz kerak. Hamma ustunlar to‘ldirilganidan so‘ng biz o‘z inflyatsiyamizni, ya'ni o‘zimizning iste'mol savatchamiz necha foizga oshganligini hisob-kitob qilishimiz mumkin.


Yüklə 26,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə