Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi reja: Buddaviylik (Buddizm)ning kelib chiqishi. Buddaviylik ta’limoti



Yüklə 4,01 Mb.
səhifə4/13
tarix17.05.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#110894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
12-mavzu

Buddizm dini oqimlari


Tsintu
Xinayana
CHan’-Buddizm
Tantrizm
Tenday
Maxayana
Lamaizm

Xinayana oqimi

Buddizmning asosiy yo`nalishlaridan biridir. Xinayana «kichik arava» ma`nosini anglatib, u diniy yo`nalish sifatida mil. av. I asrda shakllangan. Bu yo`l juda og’ir, shu sababli faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Keyinchalik Xinayanada juda ham murakkab va dabdabali ibodatlar (masalan, «Budda tishiga sig’inish»), buddizmning muqaddas joylariga ommaviy ziyoratlar joriy qilingan. Bu yo`nalish SHarqiy Hindistonda, SHri Lanka, Hindi-xitoy davlatlarida tarqalgan.

Maxayana

Maxayana ruhiy kamolot ahdiga rioya etuvchi, xudoga iltijo qiluvchi rohiblarga in`omlar berib yordam ko`rsatuvchi har qanday oddiy dindor najot topishi mumkin degan ta`limotga asoslanadi. Bu xudolarga ishonish yo`llari barcha uchun mumkin bo`lganligi sababli u «katta arava» nomini olgan.

Tszintu

Xitoyda vujudga kelgan va keyinchalik YAponiyaga o`tgan. Unga Xuey-YUan’ asos solgan. Xitoyshunos olimlarning ta`kidlashlariga qaraganda, TSzintu yo`nalishi daosizm, hatto qadimgi Xitoy «sinizm»i ta`sirida shakllangan.

Tenday

Bu nom shunday deb atalgan bir ibodatxona nomi bilan bog’liq. Mazkur yo`nalishning ilk va ko`zga ko`ringan vakillaridan biri monax CHji-I bo`lgan. Tenday yo`nalishi o`z tarafdorlari orasida katta obro`ga ega bo`lgan va XIV asrga qadar mavjud bo`lgan.

Tantrizm

Hindistonda birinchi ming yillik o`rtalarida vujudga kelib, keyinchalik Xitoyga ham o`tgan. Buddizmning ushbu yo`nalishi VIII asrga kelib juda taraqqiy topdi.

CHan’-Buddizm

Mazkur yo`nalishning nomi sanskrit tilidagi «dxiana» (meditatsiya, fikrni jamlash) so`zidan kelib chiqqan. Hindistonda vujudga kelgan dxiana buddizm maktabi tarafdorlari vaqti-vaqti bilan tashqi olamdan uzilib, ushbu abadiy tashvishlardan chetlanish va fikrni bir nuqtaga jamlash ta`limotini ilgari surganlar.


Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə