Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Berkli, Yung, Myuller, Gelmols



Yüklə 129,08 Kb.
səhifə4/7
tarix03.06.2022
ölçüsü129,08 Kb.
#88632
1   2   3   4   5   6   7
Sezgilar klassifikatsiyasi va sezgilarning ozgaruvchan shakllari

Berkli, Yung, Myuller, Gelmols singari olimlar sezgi organlarining "Spesifik
energiyasi" nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu g’oyaning asoschisi sifatida Iogann
Myuller qat'iy pozisiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi.
Ushbu nazariyaga binoan har qaysi sezgi a'zosi hoh quloq, hoh til, hoh teri
bo’lishidan qat'iy nazar tashqi dunyoning ta'sirini aks ettirmaydi, atrof-muhitda
bo’lib turgan real, jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u
tashqi ta'sirdan shaxsiy jarayonlarning qo’zg’atuvchisidan turtki oladi, xolos.
Mazkur nazariyaga ko’ra har bir sezgi a'zolari o’zining spesifik energiyasiga ega
bo’lib, u har qanday ta'sirdan qo’zg’aladi. Masalan, ko’zni bosib, unga elektr toki
bilan ta'sir qilib ko’rilsa, yorug’lik sezgisi hosil qilinadi. quloqqa elektr
qo’zg’atuvchisi bilan ta'sir o’tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi.
Binobarin, sezgi a'zolari tashqi ta'sirni aks ettirmaydi, balki ularning ta'siridan
qo’zg’aladi. Inson hech qachon tashqi voqelikni, dunyoni ob'ektiv ta'sirlarini idrok
qilmaydi, balki sezgi a'zolari faoliyatida o’zlarining shaxsiy sub'ektiv holatlarini aksettiradi.
Sezgilarning reseptor nazariyasiga ko’ra reseptor sezgi a'zolari ularga ta'sir
qiluvchi qo’zg’atuvchilarga nisbatan sust javob qaytaradi, sezgilar harakatga
qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir. harakatning o’zi esa aksincha faol (aktiv)dir.
Hozirgi davrda sezgilarning reseptor nazariyasi mutlaqo sezgi jarayonlarining
fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligi qator tadqiqotchilar
tomonidan ishonchli omillarga suyangan holda ta'kidlab o’tilgandir.
Sezgi jarayonining faolligini tan oluvchi nazariya sezgilarning reflektor
nazariyasi deb ataladi. hayvonlar va jonivorlarning sezgilari sust xususiyatga emas,
balki tashqi olam ta'sirining biologik ahamiyatga molik jihatlarini faol ravishda
ajratgan holda xatti-harakatni amalga oshiradilar. Masalan, asalari bir xil
turkumdagi gullarga nisbatan aralash qollardagi gullarga faolroq javob reaksiyasini
bildiradi. Mushuk sichqonning qimirlashiga e'tiborini kuchaytiradi, lekin xuddi
shunga o’xshash kamerton tovushiga aslo parvo ham qilib qo’ymaydi.
Bu omillar shuni ko’rsatib turibdiki, birinchidan, sezgilar faollik xususiyatiga
ega, ikkinchidan ularning vujudga kelishida harakat tarkiblari ishtirok etadi.
AQSHlik psixolog Neffning ta'kidlashicha, mikroskop ostiga olib teriga igna
sanchilsa, xuddi shu uchastkada reflektor harakat reaksiyalari kuzatilgan: tomirning hisishi, teri galvanik refleks, goho ko’z harakati, bo’yin muskullarining,
taranglashuvchi qo’lning harakat reaksiyasi sodir bo’lishi mumkin.
Jahon psixologlari tomonidan narsalarning murakkab tomonlarini tanish,
farqlash harakatning ishtirokisiz amalga oshmasligi ta'kidlab o’tilgan. Masalan,
ko’zni yumib, jismni farqlash uchun qo’l bilan uni paypaslash kerak, aks holda
uning holati, shakli, qattiq yoki yumshoqligi g’adir-budurligini bilib, sezib
bo’lmaydi.

Yüklə 129,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə