26
- g’alabaga erishish ishtiyoqi, o’z-o’zini va raqiblarini yengishga
intilish;
- ijod quvonchi.
O’zbek olimlaridan I.E.Tursunov, A.B.Qurbonov, F.F.Mamatovlar
quyidagicha ta’rif berishadi: biznes va tadbirkorlik
bir-biri bilan uzviy
bog’liq bo’lib, bir xil ijtimoiy – iqtisodiy asoslarga va tamoyillarga ega
tushunchalardir.
O’zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to’g’risida"gi qonun asosida biznes va tadbirkorlik faoliyati
tartibga solinadi. Ushbu qonunda ta’riflanishicha
"
tadbirkorlik
(tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy
mas’uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish
maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir". Bu
ta’rif ayni paytda biznesning ham mohiyatini ochib beradigan ta’rifdir.
Tadbirkorlik bu o’z mohiyatiga ko’ra inson faoliyatining ko’p qirrali
sohasi bo’lib, u yangilikni yaratish bilan bog’liq va san’at
turi kabi
ijodiy jarayondir.
Tadbirkorlikning mohiyatini,
uning harakat va imkoniyatlari
doirasini yaxshiroq tushunib olish uchun, uning mohiyati va
iqtisodiyotdagi roliga bo’lgan qarashlar tizimi rivojini tashkiliy, siyosiy -
iqtisodiy va ijtimoiypsixologik jihatlar nuqtai nazaridan umumlashgan
holda
tahlil
qilamiz.
O’zbek
olimlaridan
A.O’lmasov
va
N.To’xliyevning
tadbirkorlikni "daromad
keltiradigan yoki naf
beradigan xo’jalik faoliyati (kasb-kor, mashg’ulot) sohibkorlik- tijorat
ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band
bo’lish", "...tadbirkorlik - pul topish maqsadida mas’uliyatni zimmaga
olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish", deb
ta’riflashgan.
Tadbirkor, ishbilarmon, biznesmenning ma’noviy-ma’rifiy saviyasi,
bilim va tajribasi, boshqa shaxsiy xususiyatlari,
qobiliyatlari,
imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi
kuchi bo’ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga
asoslanishi kerak:
27
-
birinchidan, bozorning tovar va xizmatlar bilan ta’minlanish
darajasini tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy xo’jalik tizimida o’z o’rnini
topishi;
-ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga
tayyorlik qobiliyati;
-uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan
holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini
amalga oshirishi;
-to’rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni
to’g’ri yo’lga qo’yish qobiliyati;
-beshinchidan, yangi texnik, texnologik g’oyani birinchi bo’lib
hayotga tatbiq etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydalanish, undan
qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini
tasavvur eta olishi.
Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Y.Shumpeter uchta asosiy
motivni ajratgan:
-
birinchidan, hokimlik qilish,
hukmronlik, ta’sir
qilishga ehtiyoj;
- ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali
erishish
ehtimoli
bo’lgan
g’alabaga
iroda,
muvaffaqqiyat sari harakat;
-uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi
ijodkorlik quvonchi. Ammo, Y.Shumpeter
tomonidan
taklif etilgan motivlashtirish nazariyasi g’arbiy mamlakatlar
tadbirkorlarining fikrlash uslubini aks ettiradi.
Tadbirkorlikning tarixiy
tomirlariga ega O’zbekistonda tadbirkorlikning zamonaviy haqiqatlarga
asoslangan o’z motivi bo’lishi kerak. O’zbekistonda tadbirkorlik
faoliyati bir qator o’ziga xos alomat va xususiyatlar bilan birga bo’ladi.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatlari quyidagi
alomatlarga ega:
-o’z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish;
- eng muhim, ijtimoiy va iqtisodiy samara keltiruvchi g’oyalarni
amalga oshirish istagi;
-to’rachilik tuzilmalari bilan bog’liqlikdan qochish,
harakatlar
erkinligi va faoliyat yuritish jarayonida mustaqil bo’lish;
28
-qiziqarli ish bilan mustaqil va erkin shug’ullanish;
-o’zining ijtimoiy maqomi va obrusini oshirishga intilish hamda
o’ziga va o’z yaqinlariga munosib turmush sharoitlarini ta’minlash.
«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning ensiklopedik lug’atida
quyidagicha ta’riflanadi: Tadbirkorlik – (ingl. enterprise) shaxsiy
daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu
faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning
yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn.
yentrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo’jalik
faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish,
qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: