Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


-rasm. 2015-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93
agrobiznes

2.1-rasm. 2015-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi 
iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 
(foizda) 
Ushbu tahlil natijalariga asoslangan holda aytish mumkinki, 
tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi ko’plab omillar ta’siriga bog’liq. 
Ayniqsa, bu holat tadbirkorlik faoliyatini rivojlkantirishning hududiy 
jihatlarga bog’liq ekanligini asoslash uchun xizmat qiladi. Tadbirkorlik 
faoliyatini 2020 yilda hududiy rivojlanish ko’rsatkichlariga muvofiq, 
2020 yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 
53,9 foizni tashkil qildi. YaIMning o‘tgan yilga nisbatan pasayishi yirik 
korxonalar ulushining oshishi bilan izohlanadi. Hududlar bo‘yicha 
kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining eng yuqori ko‘rsatkichi 
Jizzax (82,7 foiz), Surxondaryo (77,1 foiz), Xorazm (75,3 foiz), Buxoro 
(74,7 foiz) va Samarqand viloyatlariga (73,9 foiz) to‘g‘ri keldi. Navoiy 
viloyatida ushbu ko‘rsatkich eng past bo‘lib - 25,5 foizga teng. 
Hududlar kesimida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida 
keskin tafovvutlarning vujudga kelishi, hududlarda investitsiya loyihalar 


33 
samadorligining pasayishi, import hajmining ortishi, ichki bozorni 
xorijiy xomashyolarga tayanillgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
bilan to’ldirishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu esa respublikada milliy ishlab 
chiqarishning yanada rivojlanishi, korxonalarning iqtisodiy o’sishi, 
ishbilarmonlik, muhtining tashkiliy tizimini mavjud imkoniyatlar 
samarasini oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
2.2-rasm. 2020 yilda kichik tadbirkorlikning hududlar bo’yicha 
YaHMdagi ulushi (foizda) 
O’z navbatida mazkur holatlar hududlarda tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirishda muhandislik-kommunikatsion elementlarini barpo etish, 
markaziy avtomobil yo’liga chiqishni taminlaydigan yo’lni qurish, 
qancha kichik biznes sub’ektlarini joylashtirish mumkinligini aniqlash
tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatish obyektlarini aniqlash va 
ularni joylashtirish, har bir tadbirkorlik sub’ekti uchun qancha joy 
ajratish kerakligi kabi muammoli holatlar bilan birga, hududiy 
moliyalashtirish 
tizimini 
takomillashtirishga 
zaruriyat 
ortib 
borayotganligini ko’rsatadi.

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə