Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
agrobiznes

Dehqon xo‘jaliklari 
Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi, 
hamda dehqon xo‘jaligi a'zolarining istagiga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil 
etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi 
mumkin. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy 
asosda foydalanishi mumkin emas. 
Dehqon xo‘jaligi - oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila 
a'zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilish uchun oila boshlig‘iga beriladigan tomorqa yer 
uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya 
qiladi. (“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun 1-modda (1998 yil 30 
aprel)) 
Dehqon xo‘jaligi a'zolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va 
dehqon xo‘jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‘i, uning xotini 
(eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga 
olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa 
qarindoshlari 
kiradi. 
(Dehqon 
xo‘jaliklari to‘g‘risida keyingi 
paragraflarda to‘liq ko‘rib o‘tiladi) 
Xususiy korxona 
Xususiy korxona tadbirkorlik sub'ektlarining tashkiliy-huquqiy 
shakli bo‘lib, 2003 yil 11 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining 


54 
“Xususiy korxona to‘g‘risida”gi 558-II-son qonuniga muvofiq mulkdor 
yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi 
tashkilot xususiy korxona deb e'tirof etiladi.
Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va 
qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning 
to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va «xususiy korxona» degan 
co‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning 
qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va “xususiy 
korxona” degan so‘zlarni yoki “XK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi 
kerak.
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka 
boshqaradi, korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning 
manfaatlarini ifodalaydi, xususiy korxonaning pul mablag‘larini hamda 
boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat 
shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar 
ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun 
majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. 
Xususiy korxona mulkdori o‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda shu 
muddatda rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs 
zimmasiga yuklash to‘g‘risida yozma qaror qabul qiladi. Xususiy 
korxona mulkdori muvaqqat rahbarning xususiy korxona mol-mulkini 
tasarruf etishga oid huquqini cheklab qo‘yishi mumkin. Xususiy 
korxonalar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
qonunga 
muvofiq 
assosiasiyalarga 
(uyushmalarga) 
va 
boshqa 
birlashmalarga birlashishlari mumkin. Xususiy
 
korxona mulkdori 
xususiy korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga, hadya qilishga, 
vasiyat qilib qoldirishga yoki uni o‘zgacha usulda boshqa shaxsga 
o‘tkazishga haqli. Xususiy korxona boshqa shaxsga berilgan taqdirda 
o‘zining firma nomidan, tovar belgilaridan, xizmat ko‘rsatish 
belgilaridan hamda mazkur xususiy korxona va uning mahsulotini, u 
bajarayotgan 
ishlarni 
yoki 
ko‘rsatayotgan 
xizmatlarni 
individuallashtiruvchi o‘zga vositalardan foydalanish huquqlari, agar 
qonun hujjatlarida yoxud shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan 
bo‘lmasa, yangi mulkdorga o‘tadi. 


55 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə