49
Notijorat tashkilot
- tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari o‘z
oldiga
muayyan maqsa dni ko‘zlagan holda harakat qilib, foyda ko‘rishni
ko‘zlamaydi. Bunday sub'ektlarga jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va
mulkdor tomonidan moliyaviy ta'minlab turiladigan muassasa va
boshqalar kiradi.
Mulkchilik shaklidan kelib chiqib tadbirkorlik sub'ektlarini
quyidagicha tashkil etish mumkin:
1.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik;
2. Xususiy tadbirkorlik;
3. Jamoa tadbirkorligi;
4. Qo‘shma tadbirkorlik.
Yakka tartibdagi tadbirkor
.
2012 yil 2 mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi
yangi tahrirdagi qonunda
tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari doirasi kengaytirilib, ular kichik
tadbirkorlik sub'ektlari shaklida, jumladan yuridik shaxs tashkil
etmasdan
tadbirkorlik
bilan
shug‘ullanuvchi
yakka tartibdagi
tadbirkorlar ham kichik tadbirkorlik sub'ekti sifatida mastahkamlandi.
Qonunga binoan har qanday fuqaro ham tadbirkor shaxs hisoblanmaydi,
balki faqat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib,
tadbirkor
maqomini olgan fuqarolargina e'tirof etilishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan
mustaqil, xodimlarni yollash huquqi bilan, mulk huquqi asosida o‘ziga
tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik
qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy
huquq asosida amalga oshiriladi. Hunarmandchilik
faoliyatini amalga
oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar
bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun ko‘pi bilan besh nafar shogirdni
ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga haqlidir. Yakka
tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish
hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli,
ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi
tadbirkor ekanligi
haqida dalolat berishi lozim.
50
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan
biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan
hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin o‘rtasidagi
o‘zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, erning
(xotinning) roziligi talab qilinadi.
Demak, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati
sub'ektlari shakllari to‘g‘risida so‘z ketar ekan qonun ularni quyidagi
tarzda mustahkamlaganligini ta'kidlash joiz.
• yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan
xodimlarni yollash huquqi
bilan, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida,
shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga
yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan
mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladigan yakka
tartibdagi tadbirkorlik;
• er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga
oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
• ikki yoki undan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan
foyda olish yoki qonunga zid bo‘lmagan
boshqa maqsadga erishish
uchun o‘z hissalarini qo‘shish va yuridik shaxs tuzmasdan, birgalikda
ish qilish majburiyatini olgan oddiy shirkat;
• yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligini yuritish.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish (davlat ro‘yxatidan o‘tishi) uchun shaxs 18 yoshga to‘lgan
bo‘lishi lozim. Yakka tartibdagi tadbirkorlik va oilaviy tadbirkorlik
faoliyatining negizi, mulkning shakllanish holati bir-biridan farq qiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor mulk huquqi asosida faqat o‘ziga
tegishli
bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va
(yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq
tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida faoliyat ko‘rsatsa,
oilaviy tadbirkorlik mol-mulk negizida umumiy birgalikdagi mulk
asosida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: