“Fermer” xo’jaligi
ijaraga berilgan yer
uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab
chiqarish bilan shug’ullanuvchi, mustaqil xo’jalik yurituvchi
sub’ektdir”, deb tushuncha berilgan. Hozirgi davrda fermer xo’jaligi
qishloq xo’jaligida xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida kichik,
tadbirkorlik vakili hisoblanadi.
Fermer xo’jaligi zimmasiga quyidagi vazifa qo’yilgan. Ya’ni uzoq
muddatga ijara yerlardan, mavjud bo’lgan barcha resurslardan yil
davomida oqilona, to’liq va samarali foydalanish natijasida ichki va
tashqi bozor talablarini qondiradigan miqdorda, sifatli qishloq xo’jalik
mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, iste’molchilarga yetkazish
hamda turli xildagi xizmatlar ko’rsatish natijasida ko’proq foyda olish.
Bu fermer xo’jaligining siyosiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan
asosiy maqsadidir. Uni to’liq hal etish uchun fermer xo’jaligi bir qancha
muhim vazifalarni amalga oshirishni belgilab oladi:
- 30 yildan 50 yilgacha ijaraga olingan yer uchastkasida, shu
haqdagi shartnomaga va ixtisoslashuvga muvofiq o’z ishlab chiqarish
faoliyatini to’g’ri tashkil etish;
- xo’jalik faoliyatini yuritish maqsadida amalga oshirilishi zarur
bo’lgan barcha tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning sifati,
o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydigan turli xildagi
kontraktatsiya shartnomalarini to’g’ri va sifatli tuzish;
- ekologik talablarga va atrof muhitni muhofaza qilishning barcha
qoidalariga rioya etishga erishish;
66
- ijaraga olingan yer uchastkalarini yil davomida oqilona, to’liq,
samarali foydalanish maqsadida uning unumdorligining oshirilishini
ta’minlaydigan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini ilmiy asoslangan
holda ishlab chiqish hamda ularni vaqtida, sifatli amalga oshirilishini
ta’minlash;
- xo’jalik faoliyatini samarali yuritish uchun talab etilgan
mablag’larning miqdorini belgilash va ularning manbalarini oqilona
aniqlash, xo’jalikda mavjud bo’lgan barcha resurslardan samarali
foydalanishini ta’minlaydigan tadbirlarni aniq ishlab chiqish va ularni
hayotga tadbiq etilishiga erishish;
- xo’jalik ustavida ko’zda tutilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini
etishtirishga qaratilgan tadbirkorlikni qo’llab, ularga kamroq mehnat,
mablag’ sarflash evaziga ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga sifatli
holda yetkazib berish, xizmatlarni ko’rsatish, mulkni mustaqil, o’z
xoxishiga ko’ra tasarruf etish;
- tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari
uchun qishloq xo’jaligi maxsuloti nazarda tutilgan miqdorda, sifatda
yetkazib berilishini ta’minlash;
- xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to’lanadigan fyuchers
kontraktlari tuzish;
- marketing ishlarini amalga oshirib, sotadigan barcha turdagi davlat
buyurtmasidan tashqari bajarayotgan ishlari va ko’rsatayotgan
xizmatlariga erkin narx belgilash;
- o’z faoliyatining barcha sohalarida fan yutuqlarini, yangi texnika
hamda samarali texnologiyalarni izchillik bilan hayotga tadbiq etish;
- barcha xodimlarining bilim va malakasini davr talabini e’tiborga
olgan holda oshirish, ularni ma’naviyatli, ma’rifatli, halol, pok,
muomalali yaxshi insonlar bo’lishini ta’minlashi, ular mehnatining
natijasiga qarab moddiy va ma’naviy rag’batlantirish;
- soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarni qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda o’z vaqtida to’liq to’lash;
- tadbirkorlik faoliyatini huquqiy va me’yoriy hujjatlar asosida
yuritish, ko’proq pul daromadlarni olish, ularni mustaqil tasarruf etish,
67
hajmi cheklanmagan miqdorda sof foyda olish, unga erkin egalik qilish
va samarali foydalanish;
- aktsiyalar va turli xildagi qimmatli qog’ozlarni olish;
- kichik biznes korxonalari uchun yaratilgan imtiyozlar va
proferentsiyalarning barcha turlaridan imkoniyat doirasida to’liq va
samarali foydalanish;
- o’z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya etish uchun sudga
murojaat etish, zarur bo’lgan hollarda fermer xo’jaligini davlat bosh
islohotchi, qonun ustivorligi, erkinlik hamda mustaqillik va boshqa
tomonlari asosida amalga oshirsa, samarali bo’ladi.
Respublikada fermerlikni rivojlantirishning siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy mohiyati quyidagilarga qaratilgan:
- qishloqda turli xildagi mulk shakllarini va ularga egalik qilish,
foydalanuvchi korxonalarni tashkil etish, yuritish va rivojlantirish;
- tarmoqdagi barcha mulkiy munosabatlarni shakllantirish,
rivojlantirish, modernizastiyalashtirish hamda erkinlashtirish;
- turli mulkchilikga asoslangan sub’ektlarning erkin faoliyat
ko’rsatishi uchun huquqiy, me’yoriy, iqtisodiy sharoitlarni yaratish;
- qishloqdagi mulkdorlar sinfining mulkiy ongini barqaror
yuksaltirish;
- qishloq xo’jaligida yangi ish joylarini barpo etish, tarmoqdagi
aholini ish bilan bandligini yuksaltirib, ishsizlar sonini kamaytirish;
- aholining va qayta ishlash sanoati korxonalarini qishloq xo’jalik
mahsulotlari bilan ta’minlashni yuksaltirish;
- aholining daromadini ko’tarish, ularning turmush darajasini
yuksaltirish va boshqalar.
Fermer xo’jagining huquqiy, iqtisodiy asoslari, ularni tashkil etish
tartibi
O’zbekiston respublikasining Prezidenti va hukumati fermerlikga
oid bo’lgan jahon tajribasi, mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini
e’tiborga olgan holda respublikada fermerlikni bosqichma-bosqich
rivojlantirish jarayonini amalga oshirmoqda.
Dastavval, O’zbekistonda fermer xo’jaliklarini tashkil etish va
rivojlantirishning huquqiy, me’yoriy hujjatlari yaratildi. Jumladan,
68
- 1998 yilda “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonun Oliy Majlis
tomonidan qabul qilindi.
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi
“2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish Kontseptsiyasi
to’g’risida”gi PF – 3342 – sonli farmoni;
- Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyardagi “2004-2006
yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish Kontseptsiyasini amalga
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 476-sonli qarori;
- Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 dekabrdagi “2004-2007
yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 607-sonli qarori;
- qayta tashkil etilayotgan qishloq xo’jaligi korxonasi negizida
fermer xo’jaligini tashkil etishda tanlov g’oliblarini aniqlash
to’g’risidagi Nizom (2005 yil 4 yanvar).
Davrning talabi bilan 2012 yilda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishda fermerlik harakatining o’rni va hissasini
hamda aholi farovonligini, uning real daromadlarini yanada oshirish
uchun ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish bo’yicha muhim
qadam qo’yildi. Prezidentning farmoni bilan “O’zbekistonda fermerlik
faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish
bo’yicha chora-tadbirlari”
2
ishlab chiqildi. Farmonda fermer xo’jaliklari
tomonidan yuqori daromad olish va qo’shimcha qiymat yaratish
maqsadida ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarni rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratilib, ularga qo’shimcha yer maydonlarini ajratish, imtiyozli
kreditlar berish, soliq imtiyozlarini qo’llash kabi chora-tadbirlar amalga
oshirilish ko’zda tutilgan edi. Xususan, 2013 yildan boshlab har yili
fermer xo’jaliklarida ko’p tarmoqli faoliyatni yo’lga qo’yish yuzasidan
maxsus dasturlar qabul qilinib uning ijrosi izchil amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunga
qo’shimcha va o’zgartishlar kiritilmoqda. Mazkur loyihada ko’p
tarmoqli fermer xo’jaligining huquqiy maqomi belgilanmoqda. Unga
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 22 октябрдаги
“
Ўзбекистонда фермерлик фаолиятини
ташкил қилишни янада такомиллаштириш ва уни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-4478-
сонли Фармони.
69
ko’ra,
Dostları ilə paylaş: |