64
Ta'sis shartnomalari asosida tashkil etiladigan tadbirkorlik huquqi
sub'ektlari orasida qo‘shma korxonalar (xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalar) alohida o‘rin egallaydi. Qo‘shma
korxonalar
xorijiy sarmoyalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib keluvchi asosiy
manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi. 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan
“Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 3-moddasiga binoan, chet
ellik investorlar tomonidan
tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shiladigan barcha turdagi moddiy va
nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan
huquqlar, shu jumladan
intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek
reinvestitsiyalar chet
el investitsiyalari deb e'tirof etiladi. Ushbu qonun 5-moddasining
birinchi qismiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining yuridik va
jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va
shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarining
ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish
chet el investitsiyasini amalga oshirish shakli hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1996 yil 30 noyabrda qabul qilingan.
3.2. Fermer xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
“Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan
qo‘shimcha rag‘batlantirish omillari va imtiyozlar haqida”gi PF-1652-
son farmonida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalar haqida
to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib unga ko‘ra, 1998 yilning 1 aprelidan boshlab
quyidagi shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etiladigan
korxonalar O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida va uning
hududiy organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xorijiy
sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi:
1) korxonaning nizom jamg‘armasi 150 ming AQSh dollariga teng
summadan kam bo‘lishi mumkin emas;
2) korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy, yuridik shaxs
bo‘lishi shart;
3) xorijiy sarmoyalar ulushi korxona nizom jamg‘armasining
kamida 30 foizini tashkil etishi zarur.
Yangi tashkil etilayotgan
65
korxonalar mazkur shartlarga javob bermagan taqdirda, xorijiy
sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi hamda korxona
joylashgan hududdagi shahar va tuman
hokimliklarida belgilangan
tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Fermer xo’jaligi haqida tushuncha, uning maqsad va vazifalari.
Respublika qishloq xo’jaligida davlat rahbarligida,
bosqichma-
bosqich amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mulkning
xilma-xil turlari va ularga asoslangan korxona turlari shakllangan.
Jumladan, xususiy mulkga asoslangan fermer xo’jaliklari tashkil
etilmoqda. Yangi tahrirdagi “Fermer xo’jaliklari to’g’risida”gi
qonunning 3-moddasida,
Dostları ilə paylaş: