62
qayta tashkil etish va tugatish, hisob-kitob va jamiyat faoliyatini nazorat
qilish masalalari o‘z aksini topgan.
Aksiyadorlik jamiyatining asosiy ustunligi
uning yirik ishlab
chiqarishni tashkil etishdagi roli va shu asosdagi faoliyatining
barqarorligidadir. Masalan, to‘liq shirkatdan to‘liq sherikni chiqib
ketishi shirkatni tugatilishiga, mas'uliyati cheklangan jamiyatdan esa
uning ishtirokchisini chiqib ketishi ustav kapitalining sezilarli darajada
kamayishiga sabab bo‘ladi. Aksiyador
esa jamiyatdan chiqib
ketayotganda jamiyatdan hech qanday mol-mulk talab qilmaydi, balki
o‘ziga tegishli bo‘lgan aksiyani boshqa shaxsga sotib yuborib, o‘z
ulushini oladi.
Aksiyadorlik jamiyatida ishtirokchilarni jamiyat majburiyatlari
bo‘yicha javobgarligining o‘ziga xos ko‘rinishi mavjud. Agar jamiyat
zarar ko‘rsa, aksiyador faqatgina aksiya
sotib olish uchun sarflagan
mablag‘ini yo‘qotadi, xolos. Ishtirokchining cheklangan javobgarligi
hamda aksiyalarni sotib yuborish orqali aksiyadorlik jamiyatidan erkin
ravishda istalgan vaqtda chiqib ketishi aksiyadorlik jamiyatiga kapitalni
jalb etishni osonlashtiradi.
Aksiyadorning mulki aksiyadorlik jamiyatining mulkidan butunlay
ajratilgan. Shuning uchun aksiyadorning kreditorlari va uning
majburiyatlari bo‘yicha talabni jamiyat mulkiga qarata olmaydilar, biroq
aksiyadorning aksiyasiga qaratishlari mumkin. Aksiyadorning jamiyat
majburiyatlari bo‘yicha javobgarligini cheklanganligi mas'uliyati
cheklangan jamiyat kabi ularning kreditorlari
manfaatlari himoyasini
asosiy
kafolati bo‘lgan ustav fondining ahamiyatini oshiradi.
Aksiyadorlik jamiyatida aksiyadorlarni jamiyatning kundalik boshqaruv
faoliyatida ishtirok etishi talab etilmaydi.
Aksiyadorlik jamiyatida xo‘jalik shirkatidan farqli ravishda mulk
bilan boshqaruv bir-biridan ajratilgan. Aksiya egasi jamiyatning
kundalik boshqaruvida ishtirok etishi uchun vaqti bo‘lmasligi yoki
yetarli darajada malakaga ega bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ham
jamiyat maxsus bilim hamda malakaga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan
boshqariladi.
63
Aksiyadorlik jamiyati - ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning
aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan
miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti. (“Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
Qonun 2014 yil 6 may 370-son).
Amaldagi qonunchilikka muvofiq chiqariladigan aksiyalar davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmay
chiqarilgan aksiyalar ularning egalaridan majburiy ravishda olib
qo‘yiladi, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan to‘plangan
pul emitentdan
olinib, aksiya egalariga qaytariladi hamda emitentga nisbatan qonun
hujjatlarida ko‘rsatilgan muayyan sanksiyalar qo‘llaniladi. Jamiyatning
ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining
nominal qiymatidan tashkil topadi va O‘zbekiston Respublikasining
milliy valyutasida ifodalanadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha
aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi kerak. Jamiyat ustav
fondining (ustav kapitalining) eng
kam miqdori jamiyat davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining kursi bo‘yicha to‘rt yuz ming AQSh dollariga teng summadan
kamni tashkil etmasligi kerak. Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv
organlari 2014 yilgi yangi tahrirdagi qonunning 57-moddasiga muvofiq
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi, va ijroiya organi
hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori
boshqaruv organidir. Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga
umumiy rahbarlik qiladi. Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik
qilish vakolati jamiyatning ustavida belgilanadigan
ijroiya organi
bo‘lmish direktor yoki jamiyat boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi qonunning 82-moddasiga ko‘ra minoritar aksiyadorlarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda
ularning orasidan minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi tashkil etilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: