70
paxtachilik va g’allachilik uchun 10 gektar, bog’dorchilik, uzumchilik,
sabzavotchilik va boshqa mahsulotlarni etishtirish uchun esa 1 gektarni
tashkil etadi. Chorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan
fermer xo’jaligi kamida 30 ta shartli bosh chorva moli bo’lgan taqdirda
tashkil etiladi.
Fermer xo’jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam
miqdori bir shartli bosh chorva molga hisoblanganda Farg’ona
vodiysi
viloyatlariga, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi
sug’oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, qolgan viloyatlarda
Qoraqalpog’iston Respublikasida esa 0,45 gektarni, sug’orilmaydigan
yerlarda esa kamida 2
gektarni tashkil etishi, Nizomda esa aniq yer
uchastkalari (konturlar) berilishi ko’rsatilgan. Bular mamlakatda
fermerlikni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi.
Fermer xo’jaligining iqtisodiy negizini uning mol-mulki tashkil
etadi, unga quyidagilar kiritilishi mumkin: Binolar inshootlar, qishloq
xo’jalik ekinzorlari va ko’chatzorlarni,
dov-daraxtlar, chorva mollari,
parrandalari, mavjud bo’lgan barcha qishloq xo’jalik texnikalari,
inventarlari, asbob va uskunalari, transport vositalari, etishtirayotgan
barcha
mahsulotlari, ularni sotish va xizmat ko’rsatishdan olinayotgan
barcha mablag’lari, foydasi, intellektual mulki va boshqalar. So’ng
bo’lajak a’zolar bilan kelishgan holda tasdiqlab oladi.
Fermer xo’jaligining ustavi Respublika Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlangan, “Namunaviy Ustav” asosida tuzilib,
quyidagilarni qamrab olgan bo’lishi kerak:
- fermer xo’jaligining nomi;
- fermer xo’jaligi boshlig’ining familiyasi, o’zining
va otasining
ismi va yashash joyi;
- fermer xo’jaligining joylashgan joyi to’g’risidagi ma’lumotlar va
pochta manzili;
- fermer xo’jaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari,
yo’nalishlari;
- uning ustav fondining miqdori va boshqalar.
Fermer xo’jaligini ro’yxatdan o’tkazish belgilangan tartibda amalga
oshiriladi. Fermer xo’jaligi davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng tashkil
71
etilgan deb hisoblanadi. U to’liq yuridik shaxs maqomini olish uchun
o’zi aloqa qiladigan banklarda turli xildagi xisob va raqamlarini ochishi,
tumanning soliq, statistika tashkilotlarida ro’yxatdan o’tib, o’z muhriga,
blankalariga ega bo’lishi kerak. Shundan so’ng fermer xo’jaligi to’liq
faoliyat yuritadigan yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: