4.2-rasm. «Bek cluster» MChJ QKning faoliyat ko‘rsatish
tuzilmasi
11
.
“Bek cluster” dastlab “Bek” ishlab chiqarish birlashmasi sifatida faoliyat
ko‘rsatishni boshlagan va tarkibiga “Gul-ren-teks”, “Tekstil market”,
“Davron Shavkat Savdo” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari, “Guliston
medtexnika”, “Sarbonteks”, “Orzu tekstil' SV”, “Sirdarinskiy bereg”
qo‘shma
korxonalari,
paxtachilik,
g‘allachilik,
chorvachilik,
bog‘dorchilik, uzumchilik, parrandachilik va yilqichilikka ixtisoslashgan
fermer xo‘jaliklarini birlashtirgan. 2-jadvalda «Bek cluster» MChJ
QKning faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi keltirilgan.
4.2. Agroklasterlarni belgilovchi me'yoriy huquqiy hujjatlar
Agroklasterlarni rivojlantirish uchun huquqiy asosni yaratuvchi
me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimini quyidagi asosiy guruhlarga
bo‘lishimiz mumkin.
1. Umumiy me'yoriy-huquqiy hujjatlar
2. Maxsus me'yoriy-huquqiy hujjatlar
11
Eshonqulov S.X., Urdushev X. Meva-sabzavot klasterda uzum ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotishni
optimallashtirish masalalari//“Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel',
2019 yil. http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/Murodova.pdf
86
Umumiy me'yoriy-huquqiy hujjatlarda korxonalarni klaster usulida
faoliyat yuritishi, shakllantirish va rivojlantirishga asos bo‘luvchi
me'yoriy-huquqiy hujjatlarni kiritish mumkin.
Umumiy me'yoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis qarorlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarorlari.
6. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining me'yoriy hujjatlari.
7. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Misol tariqasida umumiy me'yoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni
kiritish mumkin: “O‘zbekiston respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”
O‘z.R.Qonuni (1990 yil), “Xususiy korxona to‘g‘risida” O‘z.R.Qonuni
(2003 yil), “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”
O‘z.R.Qonuni (2012 yil) va boshqalar.
Agroklasterlarni
shakllantirish
va
rivojlantirishning
maxsus
huquqiy-me'yoriy hujjatlari bosqichma-bosqich shakllantirilmoqda va
ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan fermer xo‘jaliklari, qishloq
xo‘jaligining boshqa ishlab chiqaruvchilari va to‘qimachilik sanoati
korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, yuqori
qo‘shilgan qiymatga ega zamonaviy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab
chiqarishni tashkil etishni rag‘batlantirish va qishloq aholisining
bandligini oshirish maqsadida:
1. 2019 yil paxta xomashyosi hosilidan boshlab, respublika
mintaqalarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning
klaster shakllarini joriy etish;
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
tumanlar
hokimliklari,
Qishloq
xo‘jaligi
vazirligi,
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi O‘zbekiston fermer, dehqon
xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
87
2018 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan muddatda fermer xo‘jaliklarining
ro‘yxatini aniqlash va fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik
ishlab chiqarishlari va klasterlar tashkilotchilari o‘rtasida 2019 yil paxta
xomashyosi hosili uchun kontraktasiya shartnomalari tuzilishiga amaliy
yordam ko‘rsatish;
fermer xo‘jaliklari tomonidan olingan majburiyatlarni bajarmasligi
sababli bo‘shaydigan yer maydonlaridan ishlarni tashkil etishning ilg‘or
agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv resurslaridan samarali
va oqilona foydalanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy natijalarni
ta'minlaydigan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klasterlari
tashkilotchilariga ushbu maydonlardan foydalanish huquqini tomchilatib
sug‘orishning zamonaviy tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish sharti
bilan belgilangan tartibda berishga qaror qilindi.
-
Vazirlar Mahkamasi “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorini qabul qildi
(230-son 18.03.2019). Qarorga binoan 2019 yil paxta xomashyosi
hosilidan boshlab, respublika hududlarida klaster shaklida paxta-
to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishga ruxsat berildi
-
Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta-
to‘qimachilik ishlab chiqarishini joriy etish mexanizmlarini yanada
kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (914-son 18.11.2019) qarori
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish
va bozor munosabatlarini joriy qilish, paxta xomashyosini qayta ishlash
hamda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqlarining
integratsiyalashuvini
yanada
kengaytirish
maqsadida
respublika
hududlarida 2020 yil paxta hosilidan boshlab paxta-to‘qimachilik ishlab
chiqarishlari va klasterlarini tashkil etish hamda ekin maydonlarini
kengaytirish; paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga
belgilangan tartibda paxta tozalash korxonalari hamda paxta tayyorlash
punktlarining bino va inshootlarini baholash qiymatini 5 yil muddatda
bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi va viloyatlar hokimliklari tashkil etilayotgan hamda ekin
maydonlari kengaytirilayotgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari
88
tashkilotchilariga belgilangan tartibda sug‘oriladigan yer maydonlari
ajratish va boshqalarni nazarda tutadi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-
to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 397-son 22.06.2020) qarori qabul qilindi. Unda paxta-
to‘qimachilik klasterlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, paxta
xom ashyosini chuqur qayta ishlash quvvatlarini ko‘paytirish, ushbu
jarayonga ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng
joriy etish, shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatida
yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ularning
manfaatlarini davlat hokimiyati boshqaruv organlarida himoya qilish
tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik
klasterlari» uyushmasini tashkil etish ta'kidlanadi. Uyushmaning asosiy
vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
-
paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini hamda ular tomonidan
loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning huquqlari
va manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari va tashkilotlari hamda
xo‘jalik birlashmalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil etish;
- paxta-to‘qimachilik klasterlarini hududlarning salohiyati yanada
rivojlanishi istiqbollaridan, xom ashyo bazasi, mavjud infratuzilma,
mehnat resurslari va bozor kon'yunkturasidan kelib chiqqan holda
joylashtirishga ko‘maklashish;
- paxta xom ashyosini yetishtirish jarayoniga ilg‘or agrotexnolo-
giyalar hamda resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyalarni joriy
etish, shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan fermer
xo‘jaliklari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning shaffof
mexanizmini yaratish;
- yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish
va eksport qilish, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish
hamda mazkur jarayonlarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish
bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
- paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini rivojlantirish uchun
unifikasiyalangan imtiyoz va preferensiyalar qo‘llash bo‘yicha takliflar
ishlab chiqish;
89
- ichki va tashqi bozorda marketing tadqiqotlarini tashkil qilish,
tarmoqni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab
chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, tarmoqqa
bozor mexanizmlarini keng joriy qilish;
- paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini modernizasiyalash, texnik
qayta jihozlash, yuqori unumli innovasion texnologiyalarni joriy etishda
investisiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni
keng jalb etishda paxta-to‘qimachilik klasterlariga ko‘maklashish;
- paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini jadal rivojlantirish va
barqaror faoliyat yuritishiga to‘siq bo‘layotgan tizimli muammolarni
aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, sohaga oid qonun hujjatlarini
yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 23 oktyabrdagi farmoni bilan
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-
2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Unga muvofiq,
yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida meva-
sabzavot klasterlari tashkil etilmoqda. 2019 yil 11 dekabrda bu borada
Prezident qarori qabul qilinib, barcha tashkiliy-huquqiy asoslar yaratib
berildi.
“Meva-sabzavotchilik
va
uzumchilik
tarmog‘ini
yanada
rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4549-sonli Prezident qarorida
(11.12.2019 yil) meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori
qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini
oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o‘zlashtirish, paxta,
g‘alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi
ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, bog‘, tokzor va issiqxonalar
imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va
eksport qilish bo‘yicha klasterlarni tashkil etish tashabbuskor, tegishlicha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar
hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama kelishuv asosida amalga oshiriladi;
90
meva-sabzavot klasterini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlar,
qoida tariqasida, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar orasidan,
ularning tajribasi va imkoniyatlaridan kelib chiqib tanlab olinadi, bunda
birinchi navbatda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha to‘liq
ishlatilmayotgan quvvatlarni ishga tushirish nazarda tutiladi;
meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetishtiruvchilarni meva-
sabzavot klasterlariga biriktirish ular bilan qayta ishlovchi va eksport
qiluvchi tashkilotlar hamda tuman hokimligi o‘rtasida ixtiyoriylik asosida
tuziladigan mahsulot yetkazib berish shartnomalari orqali amalga
oshiriladi;
meva-sabzavot klasteri ishtirokchilari — mahsulot yetishtiruvchi,
qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar
mahsulot yetkazib berish shartnomalari orqali tartibga solinadi;
mahsulot
yetkazib
berish
shartnomalari
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari tomonidan qayta
ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning takliflari asosida qabul
qilinadigan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini joylashtirish
to‘g‘risidagi qarorlar va uch tomonlama kelishuv shartlari asosida tuziladi
hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
mahsulot yetkazib berish shartnomalari fuqarolik qonun hujjatlari
talablari asosida tuziladi, ularda shu jumladan mahsulot narxini haqiqiy
xarajatdan kelib chiqib aniqlash, xarid qilinadigan mahsulot uchun
oldindan
ajratiladigan
avans
mablag‘lari
hisobiga
mahsulot
yetishtiruvchilarni urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash
materiallari va boshqa resurslar bilan ta'minlash, agrotexnika va
agrokimyo xizmatlari ko‘rsatish, yangi innovasion texnologiyalarni
qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berish, axborot-maslahat xizmatlari
ko‘rsatish nazarda tutiladi.
Ushbu qarorda agroklasterlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-
tadbirlari ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
- qishloq xo‘jaligi birlashmalari a'zolari va meva-sabzavot klasterlari
ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirish ularni
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi, bunda mahsulot
yetishtiruvchilarni uch tomonlama kelishuv ishtirokchisi bo‘lgan qayta
91
ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar orqali aylanma mablag‘lar
bilan ta'minlash, yangi bog‘, tokzor va issiqxonalar barpo etish,
mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash obyektlarini yaratish uchun tijorat
banklari tomonidan ajratiladigan 20 milliard so‘mgacha miqdordagi
kreditlar bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat
jamg‘armasi hisobidan foiz stavkasining O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki qayta moliyalash stavkasidan oshadigan, lekin 8 foiz
punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga kompensasiya yoki kredit
summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etiladi;
-
intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish loyihalarini
moliyalashtirishda ishtirok etadigan tijorat banklariga ushbu loyihalar
uchun kreditlar ajratishda bog‘ va tokzorlar hosilga kirgunga qadar
(turiga ko‘ra) asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr belgilash tartibini joriy
etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda:
meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va
eksport qilish tizimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro
moliya institutlarining mablag‘lari keng jalb qilinishini;
xalqaro moliya institutlarining jalb qilingan mablag‘larini
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida mahsulot
yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga
manzilli yetib borishini ta'minlashlari ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda
Uzumchilik
va
vinochilikni
rivojlantirish
agentligining
Uzum
yetishtiruvchilar
va
vino
tayyorlovchilarni
qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi hisobidan — qishloq xo‘jaligi birlashmalari a'zolari va
meva-sabzavot
klasterlari
ishtirokchilariga
mahalliy
sharoitda
yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda
payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun
subsidiyalar ajratish;
92
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi
Uzumchilik
va
vinochilikni
rivojlantirish
agentligining
Uzum
yetishtiruvchilar
va
vino
tayyorlovchilarni
qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi hisobidan — uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya
loyihalarini
moliyalashtirish
uchun
tijorat
banklari
tomonidan
ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kafillik taqdim etishlar nazarda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |