83
nazarda tutadi va ularning o‘zaro aloqasi alohida elementni ham, bir
butun klasterni ham raqobatdoshligini oshishiga hissa qo‘shib boradi.
Klasterning geografik-hududiy joylashuviga ko‘ra konsentrat-
siyalanganligi, o‘z-o‘zidan shakllanishi, tarmoqli tashkil etilishi,
tizimliligi, tarmoqlararo xususiyatlari, unikalligi,
fan va ilmiy
tadqiqotlarga bog‘liqligi, innovatsionligi uning tayanch alomatlari
hisoblanadi.
Turli
darajadagi
boshqaruv
doiralarida,
klasterli
konsepsiyaga – mintaqa yoki tarmoqni, yoki mamlakatni reytingini
oshiruvchi yangi boshqaruv texnologiyasi sifatida qaralmoqda.
Klasterlashtirish yetakchi mamlakatlar iqtisodiyotini 60 foizini qamrab
olgan, va unga dunyo iqtisodiy tizimining yangi rivojlanish vektori
sifatida qaralmoqda. Klasterlarni tatbiq qilinishi rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlarda raqobatbardoshlikni oshishining tayanch
vositasi bo‘lib bormoqda.
Agrosanoat klasteri konsepsiyasiga oid
ilmiy ishlarda asosiy uchta
mezon ajratib ko‘rsatiladi:
10
Birinchidan, klaster, ayniqsa, barqaror rivojlangan holatida tizim,
aniqrog‘i yopiq tizim sifatida bo‘ladi. Bu tizim yanada yaxlitroq bo‘lsa,
u qanchalik samaraliroq bo‘lsa, uni qo‘llashdagi sinergetik samarali
ta'siri shunchalik yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga, bu tizim qanchalik
ochiq bo‘lsa, u ko‘proq rivojlanish va o‘z-o‘zini rivojlantirishga qodir
bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligini klasterlashtirishning joriy va fundamental
asoslari barcha xo‘jalik toifalari o‘rtasida o‘zara aloqasi mavjud bo‘lishi
bilan belgilanadi. Bu o‘zaro aloqalarni amalda istalgan qishloq xo‘jalik
hududida kuchaytirish mumkin va maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ikkinchidan,
klaster deb, shunday tuzilmalarni atash kerakki,
qaysikim uning asosini innovatsion texnologiyalar, ko‘p bosqichli
texnologik o‘zaro aloqalar tashkil qilishi, u mehnatning taqsimlanishiga
asoslangan an'anaviy o‘zaro hamkorlikdan iborat bo‘lmasligi lozim.
Uchinchidan, klaster deb faqat o‘z-o‘zini boshqaruvchi va tashkiliy
jixatdan integrallashgan shaklda bo‘lgan, kichik rezonans ta'sirlar bilan
10
Фролова О.А. Агропромышленные кластеры: российская модель/ Вестник НГИЭИ /
https://cyberleninka.ru/article/n/agropromyshlennye-klastery-rossiyskaya-model
84
boshqariladigan
tuzilma
hisoblanishi
mumkin.
Klasterlardagi
sub'ektlarning hatti-harakatlarini klasterlarni boshqarishning ma'muriy
apparatini emas, balki ularning iqtisodiy manfaatlari belgilaydi.
Klasterlar - innovatsion texnologiyalar va bir-biriga yaqin
texnologik aloqalarga asoslanadi. Klasterlarni tashkiliy shaklini
mezonlari sifatida quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
• birinchidan,
tizimlilik, munosabatlarning mavjudligi va o‘zaro
aloqalarni kuchliligi (zaif, o‘rta, kuchli va juda kuchli);
•
ikkinchidan,
innovatsion
texnologiyalarni
qo‘llanilishi,
foydalanish va yaqin texnologik aloqalarning bo‘lishi;
• uchinchidan, klasterlar o‘z-o‘zini boshqaradigan va asosan o‘z-
o‘zini tashkil qiladigan iqtisodiy shakldir. Shu bilan birga, o‘z-o‘zini
boshqarish va o‘zini-o‘zi tashkil etish muayyan iqtisodiy manfaatlarga
asoslanadi. Ushbu manfaatlarning mazmuni, asosan, innovatsion
texnologiyalar va klasterdagi texnologik aloqalar bilan belgilanadi.
Klasterlar, bu muammolarni hal qilish uchun mo‘ljallangan.
Klasterlarga birlashish, klaster sub'ektlari uchun ham, hududiy va milliy
iqtisodiyot uchun qulayliklar yaratadi va foyda beradi.
Dastlabki “Bek cluster” qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida
tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va bunda davlatning rolini
qisqartirish,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalar
jalb
etilishini
rag‘batlantirish, paxta va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, ularni chuqur qayta
ishlashni
tashkil
qilish,
shuningdek,
agrar
sektorda
mehnat
unumdorligini va unga haq to‘lashni oshirish maqsadida 2017 yil 15
sentyabrdagi PQ-3279- sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini
barpo etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil
etildi. Bu qaror bilan “Mirza obod universal trade cluster”
xususiy
korxonasining “TRONTEX LP” (Buyuk Britaniya) va “GRATUM
TRADING LP” (Buyuk Britaniya) xorijiy kompaniyalari ishtirokida
mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Bek cluster” qo‘shma
korxonasini barpo etishni nazarda tutuvchi, qiymati $165 mln. tajriba
loyihasi tasdiqlandi.