58
qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar. Mazkur qoidaga
ko‘ra kreditorlar o‘z hissasini to‘liq qo‘shmagan ishtirokchilardan ustav
fondiga qo‘yilmagan miqdordagi ulushini talab qilishga haqli;
- mas'uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali unchalik katta
summani tashkil etmaydi, ya'ni 2001 yil 6 dekabrdagi O‘zbekiston
Respublikasining “Mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli
jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II son qonuniga asosan eng kam oylik ish
haqining qirq baravari minimal miqdor sifatida belgilab qo‘yilgan.
Mas'uliyati cheklangan jamiyatning o‘ziga xos tomonlari yana
quyidagi omillar bo‘yicha belgilanadi:
- ustav kapitaliga ishtirokchilari tomonidan muayyan qiymatga ega
bo‘lgan mulk ulushi sifatida qo‘shilganda, uning qiymati jamiyat
ishtirokchilarining umumiy majlisi
tomonidan aniqlanadi;
- jamiyatni ro‘yxatga olish vaqtida har bir ishtirokchi ta'sis hujjatida
ko‘rsatilgan o‘z ulushining kamida o‘ttiz foizini to‘lab qo‘ygan bo‘lishi
kerak. Jamiyat ro‘yxatga olingach, bir yil ichida ishtirokchilar
ulushining qolgan qismini to‘lashlari lozim;
- agarda belgilangan bir yil muddat ichida ustav kapitali muassislar
tomonidan to‘liq shakllantirilmagan bo‘lsa, jamiyat o‘z ustav fondini
kamaytirishini e'lon qilishi yoki o‘zini tugatishi lozim;
- mas'uliyati cheklangan jamiyatni ustav fondini oshirish uchun
uning ishtirokchilari o‘z ulushlarini to‘liq ravishda qo‘shgan bo‘lishlari
lozim;
- jamiyat ro‘yxatga olingandan so‘ng ikkinchi va undan keyingi
moliya yillarda uning asosiy aktivlarining
qiymati ustav kapitali
miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat ustav kapitalining kamaytirilishini
e'lon qilishi hamda uni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim;
- agarda jamiyatning asosiy aktivlari qiymati qonun bilan belgilab
qo‘yilgan ustav fondining minimal miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat
tugatilishi lozim;
- jamiyat ustav kapitalini kamaytirish uchun dastlab o‘z
kreditorlarini bu haqda yozma ravishda ogohlantirishi lozim,
bundan
maqsad kreditorlarning manfaatini himoya qilishdir.
59
Yuridik va jismoniy shaxslar mas'uliyati cheklangan
jamiyatning
muassislari bo‘lishlari mumkin. Qonun bilan ayrim toifadagi jismoniy
shaxslarni yoki jamiyatda ishtiroki ta'qiqlanishi yoki cheklanishi
mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari jamiyatda
ishtirokchi bo‘lish huquqiga ega emaslar, biroq qonun hujjatlarida
boshqacha tartib ham belgilanishi mumkin.
Jamiyat bitta shaxs
tomonidan ham ta'sis etilishi mumkin va u jamiyatning yagona
ishtirokchisi bo‘lib qoladi. Bir nechta ishtirokchilar tomonidan ta'sis
etilgan jamiyat, keyinchalik yagona ishtirokchidan iborat bo‘lgan
jamiyat sifatida ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Bitta ishtirokchi
(jismoniy shaxs)dan iborat bo‘lgan xo‘jalik jamiyati boshqa jamiyatning
yagona ishtirokchisi bo‘la olmaydi.
Mas'uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining soni ellik
nafardan ortib ketmasligi lozim. Agar ishtirokchilarning soni yuqoridagi
miqdordan ortib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyatiga
yoki ishlab chiqarish kooperativiga aylantirilishi lozim. Agar
belgilangan muddatda jamiyat qayta tashkil etilmasa yoki undagi
ishtirokchilarning soni kamaytirilmasa, jamiyat sud orqali tugatiladi.
Mas'uliyati cheklangan jamiyat bilan bir qatorda qo‘shimcha
mas'uliyatli jamiyat ham mavjud. Qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatning
faoliyati asosan mas'uliyati cheklangan jamiyatga oid huquq normalari
bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksining
63-moddasiga
muvofiq,
qo‘shimcha
mas'uliyatli
jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “qo‘shimcha
mas'uliyatli” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Ishtirokchilardan
biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida, uning jamiyat majburiyatlari
bo‘yicha
javobgarligi, agar jamiyatning ta'sis hujjatlarida javobgarlikni
taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa
ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda
taqsimlanadi.
Jamiyat o‘zining ustavida nazarda tutilgan, lekin o‘z ustav
fondining (ustav kapitalining) o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan
miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi mumkin. Jamiyatning zaxira
fondi jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili
60
sof foydadan ajratmalar qilish yo‘li bilan shakllantiriladi. Har yilgi
ajratmalar miqdori jamiyatning
ustavida nazarda tutiladi, lekin u
jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar sof
foydaning besh foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatning o‘ziga xos xususiyati uning
ishtirokchilarini jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi ularning
ustav kapitaliga qo‘shgan ulushlari bilan cheklanmaganligidadir, ya'ni
jamiyatining ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-
mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir
xil bo‘lgan, jamiyatning ta'sis
hujjatlarida belgilanadigan, karrali
miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Jamiyatning zaxira fondi uning zararlarini qoplash va jamiyat
tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni
(ulushning bir qismini) olish uchun mo‘ljallangandir.
Dostları ilə paylaş: