39
–
biznes uchun kredit olishda yordam;
–
AQSh da kichik biznesni texnika va axborotlar bilan ta’minlashda
qo’llab-quvvatlash;
–
biznes uchun kreditlar bo’yicha kafolatlar taqdim qilish;
–
o’z byudjeti mablag’lari hisobiga kichik biznesni bevosita
subsidiyalash va kreditlash
1
.
AQShda kichik biznesni aniqlaydigan mezonlar tizimi puxta ishlab
chiqilgan. Bu mezonlar kichik korxonalar
va ular ishlayotgan
tarmoqlarning faoliyat turiga bog’liq. Bir soha korxonalarida
ishlovchilar soni belgilovchi hisoblansa, boshqalarida oborot va foyda
shunday hisoblanadi.
Kichik biznes korxonalariga nisbatan huquqiy qonunchilikni saqlash
uchun Federal agentlik kabi maxsus Advokatlik bo’limi tuzilib, u sud va
Kongressdagi biznes manfaatlarini yoqlamoqda. AQSh hukumati
o’zining iqtisodiyotni rivojlantirish kontseptsiyasida kichik biznesga
asosiy rol beradi. AQSh hukumati vazirlarining ma’ruzalarida kichik
biznes butun iqtisodiyotni sog’lomlashtirishning muhim dastagi ekanligi
muntazam yoritilib kelinmoqda. Bu yerda
AQShda kichik biznesni
rivojlantirishdagi tafovutlar yaqqol kuzatilmoqda. AQShda ancha ilgari
kichik biznes davlat darajasida iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishi
hisoblangan. Kichik biznes turli dasturlarini yaratishdagi AQSh tajribasi
juda qimmatlidir, chunki barcha dasturlar haqqoniy ishlamoqda, ularni
amalga oshirishning aniq mexanizmlari ko’zda tutilgan.
Ispaniyada kichik biznes XX asrning 70-yillarida shakllandi va faol
rivojlana boshladi. Kichik biznes rivojlanishining yuqori darajasi tufayli
yuqori
iqtisodiy
ko’rsatkichlarga erishildi. Kichik korxonalar
mamlakatni ishsizlik muammosidan holi qilishda yordam berdi, umumiy
yuksalishga xizmat qildi.
Ispaniya kichik biznesining ayrim
tarmoqlardagi salmog’i 80foizgacha (qishloq xo’jaligida) etadi,
qolgan
tarmoqlarda (qurilish, sanoat, kemasozlik) o’rtacha 25-30 foizni tashkil
qiladi. Kichik biznes korxonalarining asosiy tarmoqlari, birinchi
navbatda, agrosanoat majmuasi, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat
1
Стратегии модернизации и обеспечения долгосрочного устойчивого экономического роста. Форум
экономистов Узбекистана. – Т.: «SMIASIA», 2011.
40
sanoati (mahsulotlar, qandolatchilik, vinochilik mahsulotlari), qurilish,
turizm va h.k. hisoblanadi. Ispaniyada katta
miqdorda kichik biznesni
qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilgan.
Ispaniya hukumatining asosiy e’tibori mamlakat uchun katta
ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan, aholining ijtimoiy nochor qatlamlari
(talabalar, ayollar, muxojirlar va h.k.) uchun ishchi o’rinlari yaratadigan,
kam taraqqiy etgan mintaqalar va tumanlarning yuksalishiga yordam
beradigan kichik biznes korxonalariga qaratildi. Bundan tashqari,
Ispaniya hukumati fan sig’imli tarmoqlar, innovatsion texnologiyalarni
ularning ichki bozorni rivojlantirish uchun ham,
xalqaro iqtisodiy
hamkorlik uchun ham katta ahamiyatini anglagan holda rivojlantirishga
alohida urg’u bermoqda. Evropa dasturlari kichik biznesni rivojlantirish
dasturlarining katta hissasini egallaydi. Ular Evropaning ko’pgina
mamlakatlari, xususan, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniyaga
tarqaldi. Ispaniyada davlat tarafidan kichik biznesni qo’llab-quvvatlash
uchun ko’plab tashkilotlar va fondlar rag’batlantiriladi. Bu tashkilotlarni
nafaqat Ispaniya hududida, balki Yevropa Ittifoqining boshqa
mamlakatlarida
kuzatish
mumkin.
Ularning
kichik
biznesga
ko’maklashish sohasida amal qiladigan jamiyatning ikkita ommaviy va
samarali guruhlarini ajratish mumkin. Birinchi guruhni o’zaro
kafolatlash jamiyatlari tashkil qiladi. Bu tashkilotlar
kreditlar berishda
kreditorlar oldidagi kafolatlangan majburiyatlarni ta’minlaydi, xususan,
garov ta’minoti sifatida mulk taqdim qiladilar yoki kafillar sifatida
chiqadilar.
Ikkinchi guruhga o’zaro moliyalashtirish jamiyatlari kiradi. Bu
jamiyatlar bevosita kichik korxonalarni moliyalashtirish, investitsiya-
lash, subsidiyalash bilan shug’ullanadi. Bunday jamiyatlardan biri
Ispaniyada rasmiy kreditlash Davlat instituti hisoblanadi. Shu kabi
Ispaniyaning har bir shahrida o’z filiallariga ega bo’lgan kichik biznes
assotsiatsiyasi va savdo-sanoat palatasi kabi kichik biznes manfaatlarini
qo’llaydigan qator tashkilotlar amal qilmoqda. Ispaniyada byurokratiya-
ning past darajada ekanligini kichik biznes rivojlanishining ijobiy omili
sifatida keltirish mumkin. Korxonalarni ro’yxatga olish, litsenziya olish–
bularning hammasini amaldorlar tomonidan hech qanday qog’ozbozlik-
41
larsiz 24
soat ichida bajarish mumkin
2
. Vaholanki, buni mamlakat
norezidentlari ham amalga oshirishlari mumkin. Yevropa Ittifoqining
har bir mamlakatida shunday qulay sharoitlar amal qilmoqda. Shunday
qilib,
hatto
xorijlik
fuqarolar
ham
kichik
biznes
sohasini
rivojlantirmoqdalar. Shubhasiz, bularning hammasi kichik tadbirkorlik
va kichik biznesning rivojlanishi uchun qulay muhitni yaratadi.
Germaniyada kichik biznes iqtisodiyotning
faol rivojlanayotgan
sohalaridan biri hisoblanadi. Kichik biznes korxonalarini moliyaviy va
texnologik qo’llab-quvvatlash hokimiyatning barcha bo’g’inlarida
amalga oshirilmoqda. Germaniyada kichik biznesning rivojiga
ko’maklashish dasturlari qator rivojlangan mamlakatlar kabi, eng
avvalo, ishlab chiqarishning fan sig’imli tarmoqlarini ustuvor qo’llab-
quvvatlashni ham ko’zda tutadi. Davlat moliyalashtirish organlari
tomonidan kichik biznesni imtiyozli kreditlash quyidagi yo’nalishlarni
o’z ichiga oladi:
Dostları ilə paylaş: