Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93
agrobiznes

 
 


34 
2.4.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznes va tadbirkorlikni 
rivojlantirishda rivojlangan mamlakatlarda qo‘llaniladigan kichik 
biznesni rivojlantirishni tartibga solish shakllaridan nusxa olishga katta 
qiziqishlar uchrab turadi. Biroq, tahlillarning ko‘rsatishicha, 
mamlakatimiz hududlarida qo‘llaniladigan, bunday mexanik ravishda 
amalga oshiriladigan xorijiy tajribalar, ko‘pincha bu sohani 
rivojlantirishga yordam bermasdan, balki uning haqiqiy xususiyatlari-
ning deformatsiyalanishiga va tadbirkorlikning ilg‘or shakllarining 
zaiflashuviga olib kelmoqda. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan shart –
sharoitlarning o‘ziga xosligi, ishlab chiqarish tuzilmasinig joriy ahvoli, 
ularni o‘zgartirishga yetarli darajada katta xarajatlarni talab qiladi. 
Ishlab chiqarishda monopollashtirish darajasining yuqoriligi kichik 
biznesni rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillardan hisoblanib – u 
narxlarning o‘sib borishi, shartnoma munosabatlarini bajarishda 
loqaydlik 
qilish, 
ishlab 
chiqarishni 
takomillashtirish 
uchun 
rag‘batlarning yo‘qligi, mahsulot sifatini oshirish va xarajatlarni 
kamaytirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi 
raqobatbardoshlikning pastligi aksariyat sohalarda texnologik bazaning 
ortda qolganligi, quvvat va resurslar sig‘imining yuqoriligi, mahsulot 
sifatining pastligi va xarajatlarning ko‘pligi sababli sodir bo‘lmoqda. 
Ayni paytda mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning o‘sishi 
ta’minlanayotgan bo‘lishiga qaramasdan buni talab darajasida deyish 
qiyin. Yangi iqtisodiy munosabatlar uchun huquqiy asosni shakllantirish 
va ular ijrosini ta’minlash masalasi to‘liq amalga oshirilgan emas. 
Normal bozor muhitining shakllanishi uchun iqtisodiy islohotlar 
jarayonida yetarlicha nazorat tizimi shakllantirilmagan. Salbiy hodislar 
va vaziyatlarni bartaraf etish mexanizmi hali yaratilmagan. Kichik 
biznes passiv sharoitlarda, yetarlicha davlat ko‘magisiz ishlab 
chiqarishning kuchli rag‘batlantiruvchi omiliga aylana olmaydi, boshqa 
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida egallagan o‘rniga chiqa olmaydi. 
G‘arbning yuqori rivojlangan mamlakatlarida kichik biznes uchun 
issiqxona sharoitlarini yaratish tajribasi doim ham sodir bo‘lavermasligi 


35 
kutilmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib berdi. Mamlakatimizdagi yirik va 
kichik samarasiz davlat korxonalarining uzoq vaqtdan beri davom 
etayotgan qo‘llab – quvvatlashning natijalari bo‘lsa mutlaqo aksi bo‘ldi. 
Ushbu holatda korxonaning hajmi mohiyatni o‘zgartirmaydi. Bunday 
sharoitda davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlashning asosiy tamoyili 
kichik biznesni ma’muriy va boshqaruv jihatidan nazorat qilishni 
bosqichma–bosqich qisqartirish va bozor iqtisodiyotini yaxshi 
shakllantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish kerak 
bo‘ladi. Davlatning kichik biznesni qo‘llab – quvvatlashi soha, 
geografik, milliy, tarixiy ustunliklari va odatlarini, shuningdek xalqaro 
tajribani hisobga olgan holda kichik biznesning rivojlanish va 
raqobatbardoshligi uchun zarur iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni 
shakllantirish orqali namoyon bo‘lishi kerak. 
Kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlashning asosiy 
vazifasi shundan iboratki, kichik va yirik korxonalar o‘rtasidagi 
iqtisodiy imkoniyatlar yuzasidan bo‘shliqni kamaytirish, kichik 
korxonalarning haqqoniy huquqlarini ta’minlash, O‘zbekistonda bozor 
tizimini boshqarishni shakllantirish jarayoni tarkibida kichik va yirik 
biznesning optimal nisbatini ta’minlashdan iborat. Bu, birinchi navbatda, 
bozorning raqobat kurashida huquqiy jihatdan teng sharoitni yaratish, 
uning turi va shakli tanlovini mustaqil amalga oshirish va tadbirkorlikni 
namoyon qilish usullarida erkin harakatlanish, biznesni amalga oshirish 
uchun teng imkoniyatlarni yaratish, huquq va javobgarliklarni belgilab 
qo‘yish masalasida namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, kichik 
biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishi faqatgina qulay ijtimoiy, 
iqtisodiy, huquqiy, siyosiy va boshqa sharoitlar mavjud bo‘lgandagina 
ta’minlanishi mumkinligini anglatadi. 
Ushbu jarayonda hamma narsa muhim ahamiyat kasb etadi, siyosiy 
barqarorlikdan 
tortib 
hokimiyatning 
vakillik 
va 
ijro 
etuvchi 
organlarigacha, tadbirkorlarning xususiy faoliyatini jinoiy elementlar 
himoyasidan keng ma’noda fuqarolik huquqlarini ta’minlashgacha. 
Bunday sharoitlarning yo‘qligi kichik biznesni qo‘llab–quvvatlash tizimi 
faoliyatini 
samaradorligiga 
putur 
yetkazadi. 
Bugungi 
kunda 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy 


36 
maqsadlaridan biri - bu iqtisodiy o‘sishga erishish, aholi uchun yuqori 
darajadagi turmush tarzini ta’minlaydigan samarali iqtisodiyotni yaratish 
va global iqtisodiy hamjamiyatda faol ishtirok etishini ta’minlashdir. 
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyot-
ning etakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash va yangilash, tarkibiy 
o’zgarishlar va diversifikatsiya jarayonlarini samarali amalga oshirishda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirokini yanada 
faollashtirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim 
hisoblanadi:
-kichik biznesning texnologik, tashkiliy, funktsional va tarmoq 
jihatidan tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish. Xususan, zamonaviy 
texnika va texnologiyalardan foydalanib, zamonaviy talabga javob 
beruvchi tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, innovatsion loyiha va 
ishlanmalarni amalga oshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalarni 
ustuvor darajada rivojlantirish zarur;
-kichik korxonalarning «hayotiy sikli»da ko’lam jihatidan 
rivojlanish yo’nalishini kuchaytirish. Ya’ni, ularning sekin-asta yirik 
korxonalarga o’sib o’tishini rag’batlantiruvchi iqtisodiy mexanizmni 
ishlab chiqish va yo’lga qo’yish muhim hisoblanadi;
-yirik korxonalarning kichik biznes bilan kooperatsiya aloqalarini 
yanada mustahkamlash va boshqalar. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan 
kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, mamlakatimizda iqtisodiyotni 
tubdan isloh etish, bozor munosabatlari asoslarini shakllantirish va 
kengaytirish, tarkibiy o’zgartirishlar orqali zamonaviy tarmoq va 
sohalarni yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikat-
siyalash orqali barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish 
o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining 
daromadlari va farovonligini oshirishda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning imkoniyatlaridan keng foydalanib kelinmoqda. Ushbu 
jarayonlarning 
muvaffaqiyati 
va 
yuqori 
samarali 
bo’lishida 
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan islohotlar strategiyasining 
aniq va izchil amalga oshirilganligi mustahkam asos bo’lib xizmat 
qilmoqda. 


37 
Qisqa va oʼrta muddatli istiqbolda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni 
davlat 
tomonidan 
qoʼllab-quvvatlashning 
asosiy 
yoʼnalishlari qoʼyidagilar boʼlishi maqsadga muvofiqdir: 
1. Kichik biznes subʼektlarini tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarga 
talabni 
qoʼllab-quvvatlash 
va 
yangi 
bozorlarni 
oʼzlashtirish. Kichik biznes subʼektlari ishlab chiqargan mahsulotlarini 
sotish imkoniyatlarni izlab topishda koʼp hollarda muammoga duch 
kelishadi. Ularning mahsulotlariga talabni ragʼbatlantirish uchun 
quyidagi vazifalar hal etilishi zarur: 
-
kichik 
korxonalarni 
taʼminotchilar 
zanjiriga 
kirishini 
ragʼbatlantirish; 
-
kichik korxonalarning davlat xaridlari tizimidan foydalanish 
samaradorligini oshirish; 
-
mahsulotlarni oʼtkazish va logistika infratuzilmasini yaratish; 
-
kichik korxonalarning eksport faoliyatini qoʼllab-quvvatlash 
tizimini takomillashtirish. 
2. 
Kichik 
biznesni 
davlat 
tomonidan 
qoʼllab-quvvatlash 
samaradorligini oshirish. Raqobatni rivojlantirish uchun davlat mulki 
obyektlarini xususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish 
mexanizmlari va tartibotlari samaradorligini oshirish, shuningdek tabiiy 
monopoliya subyektlari faoliyati shaffofligini oshirishga yoʼnaltirilgan 
amaliy chora tadbirlar: 
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida davlat institutini 
tashkil qilish. 
-
kichik 
biznesni 
qoʼllab-quvvatlash 
boʼyicha 
dasturi 
samaradorligini oshirish. 
-
kichik biznes subyektlariga nisbatan nazorat-kuzatuv faoliyati 
sifatini oshirish. 
-
kichik biznes subyektlariga nisbatan monopoliyaga qarshi 
meʼyorlarni asossiz qoʼllash amaliyotini tugatish. 
-
tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mulkiy asoslarni yanada 
mustahkamlash. 
-
kichik biznes subyektlarining axborot olish imkoniyatlarini 
kengaytirish. 


38 
-
muhandislik-texnik ta’minot tarmoqlariga ulanish sohasida 
ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish. 
3. 
Kichik 
biznes 
subyektlariga 
nisbatan 
soliq 
siyosatini 
takomillashtirishning qo‘shimcha yo‘nalishlarini aniqlash. 
4. Kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash 
mexanizmi samaradorligini oshirish. 
5. Kadrlar bilan ta’minlash va mehnat munosabatlarini tartibga 
solish tizimini takomillashtirish. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə