Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93
agrobiznes

– 
innovatsion faoliyatga yo’naltirilgan kichik va o’rta korxonalarni 
kreditlash; 
– 
atrof-muhit muhofazasi bilan bog’liq qulay ekologik vaziyatni 
saqlash va yaxshilashga qaratilgan loyihalarni kreditlash; 
– 
Germaniyaning qoloq iqtisodiy mintaqalarini rivojlantirishda 
qatnashadigan kichik biznesni kreditlash; 
– 
qurilish va turar joy muammolari bilan shug’ullanadigan 
korxonalarni kreditlash; 
– 
ishlab chiqarishni tubdan modernizatsiyalashga muhtoj ma’lum 
tarmoqlarda band korxonalarni loyihali moliyalashtirish. 
Quyidagilar Germaniyada kichik va o’rta biznesni rivojlantirishning 
asosiy dasturlari hisoblanadi: 
– 
«Kichik va o’rta biznes korxonalariga nisbatan ilmiy-texnika 
siyosatini rivojlantirish kontseptsiyasi»; 
– 
«O’z ishini ochish uchun jamg’armalarni rag’batlantirish» dasturi. 
2
Стратегии модернизации и обеспечения долгосрочного устойчивого экономического роста. Форум 
экономистов Узбекистана. – Т.: «SMIASIA», 2011. 


42 
Birinchi dastur Germaniyada kichik biznesni moliyalashtirishni 
ta’minlaydi, ikkinchisi «start-up»3 loyihalari deb nomlanib, o’z 
biznesini ochishga ko’maklashadi. Ixtisos-lashgan davlat organi – 
bevosita federal hukumatga bo’ysunadigan tiklash bo’yicha Kredit 
kengashi yuqorida ko’rsatilgan dasturlarning amalga oshirilishini 
nazorat qiladi va ularning bajarilish mexanizmini ta’minlaydi. 
Federal dasturlarni amalga oshirish doirasida biznes uchun imtiyozli 
sharoitlarda kreditlar taqdim qilinadi. Mazkur shartlar past foiz stavkasi 
(5-8foiz) va kreditlashning uzoq muddatlarini (5-15 yil) ko’zda tutadi. 
Germaniyada kichik biznes o’ziga xoslikka va rivojlanish tarixiga ega 
ekanligini qayd etish lozim. Xususan, kapitalizm vujudga kelgan 
davrdayoq birinchi yirik tadbirkorlar guruhlari paydo bo’lishi bilan 
savdo-sanoat palatalari tuzishni boshladilar. Ular ishlab chiqarish va 
savdoni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik bo’yicha birinchi birlashma 
va uyushmalar hisoblanadi. 
Hozirgi paytda savdo-sanoat palatalari davlat organlari darajasiga 
qadar rivojlandi va endilikda har bir tadbirkor palata tarkibiga kirishga 
majbur. Germaniyada kichik biznesga taalluqli birorta ham huquqiy 
hujjat savdo-sanoat palatasining ma’qullashi, roziligi va tasdig’isiz 
o’tmaydi. Germaniya savdo-sanoat palatalari Assotsiatsiyasi barcha 
palatalarni o’zida birlashtiradi va federal darajada tadbirkorlar 
manfaatlarini mujassamlashtiradi. Bu hamkorlik assotsiatsiyasining 
asosiy vazifasi Evropa ittifoqi mamlakatlari savdo-sanoat palatalari 
vakillari bilan uzviy ish olib borishdan iborat. Butun Assotsiatsiya 
birgalikda Evropa hamkorligi savdo-sanoat palatalari birlashmasini 
tuzadi. Hozirgi paytda Germaniya savdo-sanoat palatalari barcha 
darajalarda byudjetlarni shakllantirish, qurilish va sanoatni rivojlantirish, 
kichik korxonalar faoliyatini tartibga solishga tegishli qonun loyihalarini 
tayyorlashda qatnashadilar. Savdo-sanoat palatalari mahalliy o’zini o’zi 
boshqarish organlari yig’ilishlarida qatnashib, mamlakatni rivojlantirish 
sohasida muhim ijtimoiy-iqtisodiy qarorni qabul qilgan holda jamiyat 
hayotining barcha tomonlariga kata ta’sirga ega. Bu bir butun 
infratuzilma bo’lib, unda OAV vakillari ham, maslahatlar xizmati ham 


43 
qatnashadi. Palatalarning asosiy ustuvor vazifasi Germaniyaning kichik 
biznesiga har qanday qo’llab-quvvatlash va yordam ko’rsatishdan iborat. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardagi kuchli texnik-iqtisodiy 
uzilish Yaponiyani dunyoning eng taraqqiy etgan uchta mamlakatidan 
biriga aylantirdi. Bunga kuchli davlat qo’llab-quvvatlashi yordamida 
kichik biznesni rivojlantirish tufayli erishilgan. Ko’pgina avtomobillar, 
texnika, innovatsion mahsulotlar fan sig’imli ishlab chiqarishi bo’yicha 
butun dunyoda mashhur kompaniya va kontsernlar aynan shu yerda 
joylashgan. Kichik biznes Yaponiya umumiy sanoati hajmida katta 
salmoqni (taxminan 40 foiz) tashkil qiladi. Biroq shuni ta’kidlash 
lozimki, Yaponiyada kichik biznes ko’p darajada quyidagi tarmoqlarda 
mujassamlashgan: qurilish, yengil sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi. Fan 
sig’imli ishlab chiqarishlar asosan, yirik kompaniyalar tomonidangina 
olib boriladi. Bu Yaponiyani iqtisodiy rivojlantirishning asosiy vazifasi–
kichik biznesda innovatsion yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni 
rag’batlantirishning o’zidir. 
Yaponiyada kichik biznes korxonalariga nisbatan qo’llanilayotgan 
huquqiy hujjatlar kichik korxonalar maqomi va ular uchun imtiyozlarni 
belgilaydi. Imtiyozlar korxonalar faoliyat turlaridan kelib chiqib, maxsus 
soliqqa tortishni ko’zda tutadi. Qonun loyihasining katta qismi 
Yaponiyada antimonopol qonunchilikni tartibga solishga qaratilgan. 
Yaponiya qonunchiligi mahsulotlarga bozor qiymatini oshirish 
pasaytirish darajasini qattiq tartibga soladi va cheklaydi. Asossiz 
chegirmalar yoki chayqovchilik narxlari tufayli korxonalar va 
tadbirkorlar o’z faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum 
bo’lishlari mumkin. Holbuki, bu shartlar kompaniyalar istisno 
qilinmagan holda barchasi uchun haqiqiydir. Rivojlangan bozor 
mexanizmlari tufayli yapon hukumati narxlarning asossiz o’zgarishlari 
va inflyatsiyani muvaffaqiyatli ushlab turishning uddasidan chiqmoqda. 
Shunday qilib, boshlang’ich sharoitlar va imkoniyatlar tufayli 
Yaponiyada kichik biznesni rivojlantirish uchun yaxshi sharoitlar 
yaratilgan. 
Yaponiya kichik biznes korxonalari faoliyatini amalga oshirishni 
tartibga solish davlat organi Tashqi savdo va sanoat vazirligiga 


44 
bo’ysunadigan Kichik korxonalar boshqarmasi hisoblanadi. Mazkur 
Boshqarma antimonopol qonunchilikka rioya qilinishini nazoratqiladi, 
Yaponiya kichik biznes manfaatlarining davlat tomonidan muhofazasini 
ta’minlaydi, mulkdorlar nazoratini cheklaydi, nobozor shartnoma 
munosabatlari uchun buyurtmachilar, ijrochilar va subpudratchilar 
javobgarligini belgilaydi. Kichik biznesni kreditlash va qarzlarni taqdim 
qilish mexanizmlarini ta’minlash uchun davlat kichik va o’rta biznesni 
sug’urtalash 
korporatsiyasi 
hamda 
Kreditlarni 
kafolatlash 
assotsiatsiyasini (Xitoy, AQSh va b. da kichik Biznesni qo’llab-
quvvatlash va rivojlantirish uchun davlat fondlarini tuzish kabi) tuzishni 
ko’zda tutadi. Yaponiyada kichik biznesni rag’batlantirish markaziy 
hukumatlardan boshlab, kichik korxonalarning mustaqil uyushmalari va 
birlashmalari bilan yakunlangan holda olib boriladi. Markaziy 
hukumatlar va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari bevosita fan 
sig’imli va yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishda 
qatnashadigan kichik biznes korxonalarini hayotiy tsiklining barcha 
bosqichlarida subsidiyalaydi. Shunday korxonalar uchun davlat 
zaymlarini ajratadi, kafillik va kredit kafolatlarining boshqa turlarini 
taqdim qilish orqali kichik biznesni kreditlashni ta’minlaydi. Bundan 
tashqari, maxsus markazlar, notijorat tashkilotlarida davlat markaziy 
qo’llab-quvvatlashida xodimlarni o’qitish amalga oshirilmoqda, 
maslahataxborot qo’llab-quvvatlashi ko’rsatilmoqda. 
Biznes uchun imtiyozli sharoitlarda subsidiyalash, qarz berish, 
kreditlash quyidagi maqsadlarda ko’zda tutilgan: 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə