Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93
agrobiznes

9.2. Ixtisoslashuv omillari 
Qishloq xo’jaligi korxonasini ixtisoslashtirishdan maqsad- 
daromadni ko’paytirish uchun sharoit yaratish, mahsulot ishlab 
chiqarishni 
kengaytirish, 
chiqimlarni 
kamaytirish, 
mehnat 
samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashdan iboratdir. 
Ko’p tarmoqli xo’jalikdan ishlab chiqarish resurslarining yuksak 
darajada markazlashgan ixtisoslashgan xo’ja-likka o’tishi qishloq 
xo’jaligi sohasida samaradorlik va sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash 
vazifalari turganda alohida ahamiyat kasb etadi. Ixtisoslashuv qishloq 
xo’ja-ligining barqarorligini ta’minlovchi, ishlab chiqarish-ning yuksak 
samaradorligida mahsulot ishlab chiqarishni ko’-paytiruvchi, qishloqda 


185 
ijtimoiy muammolarni hal qilishni ta’minlovchi tashkiliy omil sifatida 
yuzaga chiqadi. 
Mehnat taqsimoti va uning o’ziga xos shakli bo’lgan - ixtisoslashuv 
ishlab chiqarishning tovar formasi bilan birga paydo bo’lgan. U tovar 
ishlab chiqarish rivoji, tashkilotlar hamda tovar ishlab chiqaruvchilararo 
mahsulot va xizmat ayirboshlashga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 
Qishloq xo’jaligi korxonalari ixtisoslashuvi murakkab iqtisodiy 
jarayon sifatida ko’pincha qarama-qarshi yo’nalishlarda, ya’ni goh 
tezlashtiruvchi, goh sekinlashtiruvchi ko’pgina omillarning ta’sirida 
rivojlanadi. Har qanday sharoitda ham u ishlab chiqarishni 
tashkillashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Xo’jaliklarda ixtisoslashuvning 
tezlashuvi, xususan qishloq xo’jaligi mashinasozligida ilmiy-texnik 
taraqqiyotga imkon yaratadi. Qishloq xo’jaligini yirik mashinali ishlab 
chiqarish tarmog’iga aylantirish, asosiy texnologik jarayonlarni 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, tizimga mashinalarni 
kiritishga imkon beradi. 
U yoki bu tarmoqda, masalan g’alla yig’imi, paxta yig’imi va 
h.z.larda nisbatan mahsuldor va tor ixtisosdagi ishlab chiqarish 
texnikasini 
yaratish 
tarmoq 
ixtisoslashuvini 
talab 
qiladi. 
Sermashaqqat mehnat talab qiladigan sohalar-ni mexanizatsiyalash 
bir operatsiyali mashinalar, shunindek aniq bir mahsulot uchun bir necha 
texnologik operatsiyalarni uyg’unlashtirgan mashinalar majmuasini, 
namunali binolarni talab qiladi. 
Ixtisoslashuv jarayoni tezlashuviga tabiiy sharoitlar (tuproq, iqlim, 
joy rel’efi) ham ta’sir ko’rsatadi. Bu va shu kabi boshqa omillarni, 
alohida nazarda tutish lozim. Yaxshi yo’llar va etarlicha transport 
vositalarining mavjudligida yuksak tabiiy unumdor joylarda qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishi kontsentratsiyasi keskin kuchayadi. 
Yirik industrial markazlarni yaratish, sotuv bozorining mavjudligi, 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarining amaldagi baholari ham qishloq 
xo’jaligi korxonalarining ixtisoslashuvini tezlashtiradi. Ixtisoslashuvga 
imkon yaratadigan omillarning harakati birgalikda, har bir korxonaning 
ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida o’z vazifasi bo’lishiga olib keladi. 


186 
Qarama-qarshi yo’nalishda o’z-o’zini ta’minlash, yil davomida 
ishning bir tekis taqsimlanishi, qo’shimcha mahsulotdan foydalanish 
kabi ixtisoslashuvga to’siq bo’ladigan omillar amal qiladi. Universalligi 
bilan farqlanadigan ko’p tarmoqli xo’jaligi bo’lgan tumanlarda shunday 
holatlar mavjud bo’ladi. Ular bir xil nisbatlarda bir xil mahsulotlarga 
ishlov beradilar, almashlab ekishda bir xillikga egalar, bir xil turdagi 
jonivorlarni boqadilar. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi turli tarmoq-lar 
va ishlab chiqarishda universal ishlab chiqarish kuchlarining 
yaratilishidan foydalanishga to’sqinlik qiladi. Zamonaviy shudgorlash 
traktori, traktorchiga paxta, kartoshka, ozuqa mahsulotlariga ishlov 
berish imkonini beradi. Xo’jalikda bir necha tarmoqlarning mavjudligida 
tuproq unumdorligini oshirishning vositasi sifatida almashlab ekish juda 
muhim ahamiyatga ega. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi bilan bir 
xo’jalik doirasidagi turli tarmoqlarning o’zaro aloqasi barcha 
qo’shimcha mahsulotdan foydalanish hisobiga kuchsizlanib boradi. 
Mehnat taqsi-moti darajasiga qarab sohalararo muvozanat bir-birini 
to’ldiruvchi ixtisoslashgan xo’jalik tizimiga yaqinlashadi. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə