Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunoslik kafedrasi


O’ZBEK TILIDA GAP BO’LAKLARINING JOYLASHUV TARTIBI



Yüklə 194 Kb.
səhifə2/21
tarix03.06.2022
ölçüsü194 Kb.
#88584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
kurs iwi oxirgi — копия

1. O’ZBEK TILIDA GAP BO’LAKLARINING JOYLASHUV TARTIBI
O`zbek tilida gap bo`laklarining tartibi, asosan, erkin. Ularning o`rnini almashtirish odatda grammatik holatni o`zgartirmaydi. Masalan: Oppoq bulutlar qishloq ustidan shoshilmay, toqqa qarab o`tib ketadi. (S.Ahmad). - Qishloq ustidan oppoq bulutlar shoshilmay o`tib ketadi toqqa qarab. - O`tib ketadi shoshilmay toqqa qarab oppoq bulutlar qishloq ustidan. – SHoshilmay o`tib ketadi qishoq ustidan toqqa qarab oppoq bulutlar. Mazkur gaplarda gap bo`laklarining o`rinlarini almashtirish grammatik holatni o`zgartirmagan, ammo gap mazmuniga ma’lum darajada ta’sir etgan, negaki har gal boshqa-boshqa gap bo`laklariga odatdagidan ko`proq ahamiyat berilgan. Lekin, shunga qaramay, gap bo`laklari ma’lum bir normativ tartibda joylashish xususiyatiga ega.
O`zbek tilida ega, odatda, gap boshida, kesim gapning oxirida keladi. Ikkinchi darajali bo`laklar esa ega va kesim orasida joylashadi. Bunday tartib, asosan, darak gaplarda bo`lib, u to`g`ri yoki normativ tartib deyiladi.
Har bir gap bo`lagiga nisbatan tartib quyidagicha bo`ladi:
I. Ega, odatda, gap boshida keladi: Kishilar mirishkor raisni qarsaklar bilan olqishladilar. (YO.SHukurov).
Yoyiq gaplarda ega ba’zan kesim oldida ham kelishi mumkin: Uning yigirmataga yaqin qo`y-echkisi borligini ko`p odam bilar edi. (P.Qodirov).
Ba’zan ega gapning oxirida ham keladi: G`o`za umriga zavol-ku u. (J.Abdullaxonov).
II. Kesim odatda gapning oxirida keladi: Bog`da etti-sakkiz tup mevali daraxt, ikki chinor, ikki tup mirzaterak o`sgan edi. (J.Abdullaxonov).
SHe’riyatda, ishorlarda kesim gapning boshida ham keladi:
Intilar borliqni inson Barkamol etmoq uchun.
Ne atab, insonni borliq Barkamol etgan emas. (E.Vohidov.)
III. Vositasiz to`ldiruvchi odatda fe’l kesim oldida keladi. Masalan: Mashina shamoli brezentning uchini hilpiratib, chakmonning etaklarini tortqilaydi. (P.Qodirov).

Ba’zan vositasiz to`ldiruvchi gapning boshida keladi: Yomonlik o`tini faqat yaxshilik o`chiradi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).


Vositali to`ldiruvchi ham ko`pincha kesimdan oldin keladi: Hayrli va sababli ishlar insonni turli halokatlardan saqlaydi. (Hadis namunalari).
IV. Hol ham asosan kesimdan keladi:
1. Payt holi, odatda, gap boshida, ba’zan egadan keyin, ayrim hollarda kesimdan oldin keladi. Masalan: Bugun vaxshiy tog`lar orasida u bilan yuzma-yuz keldi. (S.Ahmad). Tolibjon dunyoda nimalar bo`layotganidan bexabar. Gazeta yo`q, televizor hali ham ishlamaydi. (S.Ahmad). Erali allaqachon juftakni rostlab qolgan edi. (S.Ahmad).2. O`rin holi, odatda, kesimdan oldin keladi, ba’zan esa gap boshida keladi: ... mashina tog` etagidagi ellik-oltmish hovlilik Oyko`l qishlog`iga kirib bordi. (P.Qodirov). Tekislikka yoqqan yomg`ir tog` tepasiga qor bo`lib tushgan ekan. (P.Qodirov). Tekislikning uzoq chetidan chiqib kelgan yuk mashinasi shu toqqa qarab jadallab boryapti. (P.Qodirov).
3. Ravish holi, odatda, kesim oldida, ba’zan gap boshida keladi: ... barglar orasiga to`planib qolgan oppoq yomg`ir suvi oftobda yaltirab, tirqirab to`kildi. (P.Qodirov). – Keling,- deb sovuqqina ko`rishdi. (P.Qodirov). Qo`qqisdan qorasovuq boshlanib, cho`ponlarni tashvishga solib qo`ydi. (M.Qoriev).
4. Miqdor-daraja holi ham kesim oldida keladi: Ko`p yurgan ko`p ko`rar, ko`p o`qigan ko`p uqar. (Maqol).
5. Sabab va maqsad hollari kesimdan oldin, gapning boshida yoki o`rtasida keladi: Aqlning eng katta g`alabalari, ehtimol, ehtiroslar tufayli ro`yobga chiqqandir. («Tafakkur gulshani»). Atay izlab keldim, oq qoya, sen naqadar mag`rur va kibor. (Mirtemir). Endi ularning xatosini tuzatish uchun hammamiz qancha mashaqqat chekamiz. (P.Qodirov).
V. Aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Agar bu tartib o`zgarsa, ularning grammatik holati ham o`zgaradi.
1. Qaratuvchi qaralmishdan oldin keladi: Har bir kishining so`zi o`z fazilatlari dalili va aqlining tarjimonidir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
2. Sifatlovchi sifatlanmishdan oldin keladi: Havoda ... yong`oq hazonlarining o`tkir hidi gurkirardi. (O`.Hoshimov). Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri - o`quvchiga hurmatda bo`lish. («Tafakkur gulshani»).
Gapda sifatlovchi birdan ortiq qo`llansa, ularning tartibi quyidagicha bo`ladi:
1) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: U atrofida mavj urib turgan yashil daraxtlarga ... zavq bilan tikilardi. (P.Qodirov).
2) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: Osmonning yarmigacha chiqib borgan bu bahaybat devorning u er - bu erida cho`ponlar yoqqan gulxanlar milt-milt qiladi. (P.Qodirov).
3) –dagi affiksli so`z bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: Hulkar chelakdagi tiniq suvdan ... olib kelib berdi. (P.Qodirov). ... ko`zi akasining chap qo`lidagi qo`shaloq barmoqqa tushdi. (P.Qodirov).
4) miqdor tushunchasini bildiruvchi so`z (son, olmosh, ravish) bilan ifodangan sifatlovchi + sifat bilan ifodangan sifatlovchi + sifatlanmish: ... suvdan bir chini kosa olib kelib berdi. (P.Qodirov).
5) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + son bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: YOmg`irdan keyingi loyqada muhrlanib qolgan ikkita izning nimasidir go`dak tovonini eslatar edi. (P.Qodirov).
6) Izohlovchi izohlanmishdan oldin yoki keyin keladi: O`shanda Oxunboboev bilan quvalik temirchi SHakarxon Mo`minova degan juvonning suvrati gazetada chiqqandi. (S.Ahmad). Norboy ota usta Qambarga gap uqtirib ketdi. (P.Qodirov).
Agar gap bo`laklarining normativ, to`g`ri tartibi o`zgarsa, inversiya hodisasi ro`y beradi. Inversiya hodisasi ko`proq jonli tilda va she’riyatda kuzatiladi. Inversiyada odatda gap bo`laklarining grammatik holati o`zgarmaydi. Masalan: G`o`za umriga zavol-ku u. (J.Abdullaxonov). Zotiljam kasaliyu yurak siqilishi nimaligini bilmaydi o`sha xonadon ahli. (J.Abdullaxonov). (Ega, ega tarkibi gap oxirida kesimdan so`ng kelgan). CHindan ham hayvonot bog`i desa bo`larkan bu erni. (J.Abdullaxonov). (Vositasiz to`ldiruvchi inversiyaga uchrab kesimdan keyin qo`llangan.) Temirjon uchun barcha notanish, barcha begona ham. (J.Abdullaxonov). Qaysi bir gazetada ota-bolaning ko`chat ekib turgandagi surati ham e’lon qilingan edi bir yili. (J.Abdullaxonov). (Payt holi gap oxirida kesimdan keyin kelgan.).
GAPNING UYUSHIQ BO`LAKLARI
Gapda bir xil so`roqqa javob bo`lib, bir xil sintaktik vazifasini bajaradigan, o`zaro teng aloqaga kirishgan, bir umumiy bo`lakka bog`lanadigan gap bo`laklari gapning uyushiq bo`laklari deyiladi. Masalan: Odamning eng shirin, lazzatli va halol taomi o`z mehnati, qo`l kuchi bilan topgan rizqidir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Mazkur gapda eng shirin, lazzatli va halol hamda o`z mehnati, qo`l kuchi bilan guruh so`zshakllari uyushib kelgan. Bunda birinchi guruhdagi so`zshakllar bir xil so`roqqa - qanday? degan so`rog`iga javob bo`lib, sifatlovchi vazifasini bajargani holda, taomi umumiy bo`lagiga – egaga bog`langan; ikkinchi guruhdagi so`zshakllar ham bir xil so`roqqa - qanday? so`rog`iga javob bo`lib hol vazifasida kelib, topgan umumiy bo`lagiga – sifatlovchiga bog`langan. Har bir guruhdagi so`zshakllar o`zaro teng aloqaga kirishgan. Bunday teng aloqadagi so`zshakllar soni ikkidan va undan ortiq bo`lib, keyingi paytlarda ular tilshunoslikda «uyushiq qator», «tenglanishli qator» deb yuritilmoqda. Tenglanishli qatorda ikkidan tortib o`n, hatto undan ko`p so`zshakl qatnashishi mumkin: Saroytoshning ikki tomonida qad ko`targan dara sohillari, undagi archazorlar, soy bo`yida o`sguvchi yulg`unzoru bizning uyimiz yaqinidagi eski chashma, chashma atrofida ko`karib yotadigan nilufarlar, yana qishloqning tor, egri-bugri ko`chalari, muyulishda do`mpaygan go`ng to`dalari, atrofdan eshitilib turadigan kakliklar sayrog`i, oqshom tushganida uylar ayvonida yonuvchi chiroqlar, chiroqlar tevaragida qur tutib suhbatga berilgan odamlar – bularning hamma-hammasi biz uchun aziz, qadrdon edi. (SH.Xolmirzaev).
Uyushiq qator quyidagi uyushiq bo`lak o`rnini egallaydi:
1. Uyushiq ega: Qor-yomg`ir yog`ayotgan paytlarda ham ayollar va bolalar suvga kelishadi. (P.Qodirov).
2. Uyushiq kesim:
a) uyushiq fe’l kesim: ... ufqqacha cho`zilgan lolazor rang-barang tovlanmoqda, yonmoqda. (J.Abdullaxonov);

b) uyushiq ot kesim: qalbi pok bo`lgan kishining ishlari ham pok bo`ladi, toza bo`ladi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).


3. Uyushiq aniqlovchi:
a) uyushiq sifatlovchi: Tabiatning hech kimga bo`ysunmaydigan, birovdan ruxsat ham so`rab o`tirmaydigan o`z qonunlari bor. (O`.Hoshimov).
Ba’zan ikki va undan ortiq sifatlovchilar sifatlanmishni turli tomondan aniqlaydi va shuning uchun ham uyushmagan sanaladi. Masalan: Tog` tepasida to`planayotgan qora bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi. (P.Qodirov). Bunda sifatlanmish (bulutlar) o`rniga nisbatan harakatdagi belgi (tog` tepasida to`planayotgan) va rang-tus (qora) jihatdan aniqlangan.
Uyuushgan sifatlovchilar esa sifatlanmishni bir tomondan aniqlaydi. Masalan: Ular ichida sariq, binafsha rang gullar... asta silkinib, o`zlarini ko`z-ko`z qilmoqchi bo`lardilar. (J.Abdullaxonov). Bu gapda sifatlanmish (gullar) faqat rang-tus (sariq, binafsha rang) jihatdan tavsiflangan. Sifatlovchilarning uyushganligini belgilashda sanash intonatsiyasi muhim rol o`ynaydi;
b) uyushiq qaratuvchi: Hayotda go`zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
v) uyushiq izohlovchi: ...bo`lajak katta san’atkor, arxitektura professori Akramjon Holiqov, deb bilasizlar!»- deb tanishtirdi. (O.YOqubov).
4. Uyushiq to`ldiruvchi:
a) uyushiq vositasiz to`ldiruvchi: ... asrlar davomida kasr, koshona, machit, madrasa va uylar qurishda chinordan keng foydalanib kelingan. (A.Aminov);
b) uyushiq vositali to`ldiruvchi: Engil qor parchalarining osmondan uchib tushishida ham, daraxtlarga qo`nishida ham nafis bir xotirjamlik bor! (P.Qodirov).
5. Uyushiq hol: Qadimgi Movarounnahrda chinorzor bog`lar barpo etish an’analari hurmat ishtiyoq bilan davom ettirilgan. (A.Aminov). Mirzo Ulug`bek Samarqand, Kattaqo`rg`on, Balh va SHahrisabzda ana shunday bog`lar barpo etishga farmoish bergan. (A.Aminov).

Uyushiq bo`laklar grammatik jihatdan ikki xil shakllanadi: mustaqil holda va umumlashgan holda.


Uyushuvchilar mustaqil holda shakllanganda, grammatik ko`rsatkichlar (ot va otlshgan so`zlar bilan foydalangan bo`laklarda – kelishik, egalik, ko`plik affikslari, -dagi o`rin belgisi affiksi hamda ko`makchilar; ot va fe’l kesimlarida – to`liqsiz fe’l va ko`makchi fe’llar hamda – dir affiks bog`lamasi va so`z bog`lamalari) uyushiqli qatorning har bir a’zosida qatnashadi. Masalan: Qahraton sovuqqa va qurg`oqchilikka chidamli bo`lgani uchun chinor manzarali daraxt sifatida qadrlanadi. (A.Aminov). Kitoblar orqali asrlar bilan, ming yillar bilan, qadim faylasuflar bilan... suhbatlashish mumkin. (Oybek). Oyko`lga baland Sunbul cho`qqidan odamning beliday qishin – yozin tushib turar ekan-u, hech qaeridan chiqib ketmas ekan. (P.Qodirov).
Uyushuvchilar umumlashgan holda shakllanganda, turli grammatik ko`rsatkichlar uyushiq qatorning oxirgi a’zosida qo`llanib, barchasi uchun taalluqli bo`ladi. Bunda turli umumlashtiruvchi grammatik ko`rsatkichlar qavsdan tashqariga chiqariladi. Va bu holda shakllangan uyushuvchilarning bitta bo`lak deb qarash lozim bo`ladi. Masalan: SHarq chinorlari (Kavkaz, Qrim va O`rta Osiyo)da... o`stiriladi. (A.Aminov). Maxkam (karavotlar va tubochkalar) bilan qurshalgan stolga qaradi. (P.Qodirov). ... bu xona boshqa xonalaridan (nihoyatda yorug`ligi, ozoda, haddan tashqari sarishtaligi) bilan farq qilardi. (J.Abdullaxonov).
Ajratilgan bo`laklar qaysi gap bo`lagiga oid ekanligiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:1. Ajratilgan aniqlovchilar.2. Ajratilgan izohlovchilar.3. Ajratilgan to`ldiruvchilar.4. Ajratilgan hollar.
GAP BO`LAKLARI SANALMAYDIGAN BIRLIKLAR
Gap tarkibida ba’zan shunday so`zlar va so`z birikmalari hatto gaplar qo`llanadiki, ular gapning biror bo`lagi bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. SHu tufayli bunday so`z yoki so`z birikmalari gap bo`laklarihisoblanmaydi. Undalma, kirish so`z, kirish birikma va kiritma gap ana shunday xususiyatga ega.



Yüklə 194 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə