Byudjet hisobi


Byudjet muassasalari buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi



Yüklə 484,59 Kb.
səhifə10/14
tarix10.03.2023
ölçüsü484,59 Kb.
#102197
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб

Byudjet muassasalari buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi


tahlili
Balans (1-shakl)ni tuzishdan oldin barcha mavjud memorial order-lar bilan rasmiylashtirilgan buxgalteriya provodkalarini dastlabki hujjatlarga muvofiq holda to’g’ri tuzilganligi hamda «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl)ga to’g’ri yozilganligi, subschyotlar bo’yicha oylik aylanmalar va hisobot davri oxiriga «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl) bo’yicha qoldiqlar to’g’ri hisoblanganligi tekshirib chiqiladi.
Hisobot davri oxiriga «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl)dagi chiqa-rilgan qoldiqlar balansning «Yil (chorak) oxiriga» ustuniga ko’chirib yoziladi.
Debitor va kreditor qarzlarni hisobga oluvchi subschyotlarda debitorlar va kreditorlar summalari o’zaro hisobga olmagan holda, ya’ni, mavjud debitorlar balansning aktiv qismida, kreditorlik qarz esa, passiv qismida ko’rsatiladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirishda Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 2169, 2010 yil 22 dekabr) (O’zbe-kiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi.
«Yil boshiga» ustuni bo’yicha ko’rsatkichlar o’tgan hisobot yili balansining
«Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha ko’rsatkichlarga aynan bir xil holda ko’chiriladi. Agarda, tashkilot hisobot yilining 1 yanvaridan keyin tashkil topgan bo’lsa, u holda balansning ushbu «Yil boshiga» ustuni to’ldirilmaydi.

  1. Balansning aktiv qismidagi «Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha:

«1-§. Asosiy vositalar va boshqa uzok muddatli nomoliyaviy aktivlar» paragrafining «Asosiy vositalar: Boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati» qatorida tashkilotlarning hisobot davri oxiriga mavjud barcha asosiy vositalari, shu jumladan, ijaraga berilganlari ham dastlabki (tiklanish) qiymati bo’yicha aks ettiriladi.
Qayta baholash natijalari bo’yicha aniqlangan asosiy vositalarning tiklanish
qiymati yillik va choraklik balanslarda «Yil boshiga» ustunida kasr chizig’i bilan (maxrajida) aks ettiriladi;
«Eskirish summasi» qatorida asosiy vositalarning balans tuzilgan hisobot davri oxiriga hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi;
«Qoldiq (balans) qiymati» qatorida asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati bilan eskirish qiymati o’rtasidagi farq (010-qatorda aks ettirilgan asosiy vositaning dastlabki (tiklanish) qiymatidan 011-qatorda aks ettirilgan eskirish summasini ayirmasi) aks ettiriladi;
«Nomoddiy aktivlar» qatorida tashkilotning hisobot davri oxiriga mavjud nomoddiy aktivlarining qiymati ko’rsatiladi;
«2-§. Noishlab chiqarish aktivlari» qatorida ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lmagan kapital xarajatlar, jumladan, erni obodonlashtirish bo’yicha xarajatlar (040-subschyot) aks ettiriladi;
«3-§. Tovar-moddiy zaxiralar» qatorida hisobot davri oxiriga mavjud bo’lgan tayyor mahsulot, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori- darmon va yarani boglash vositalari, inventar va xo’jalik jihozla-ri, yonilg’i, yoqilg’i-moylash materiallari, mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari va boshqa tovar-moddiy zaxiralari qoldiq summalari ko’rsatiladi, balansdan tashqari
10 «Foydalanishdagi inventar va xo’jalik ji-hozlari» va 12 «Eskirganlarining o’rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari» schyotlarida aks ettirilgan tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari bundan mustasno;
«4-§. Nomoliyaviy aktivlarga qo’yilmalar» qatorida o’rnatish uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar, tugallanmagan qurilish, asosiy vositalar-ga boshqa xarajatlar, nomoddiy aktivlarga boshqa xarajatlar, tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar va tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi subschyotlarning «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl) bo’yicha hisobot davrining oxiriga qoldiq summasi aks ettiriladi;
«Moliyaviy aktivlar» bo’limida mavjud hisobvaraqlardagi pul mablaglari, akkreditivlar, kassadagi nakd pul qoldiqlari va boshqa pul mablaglarining, shuningdek g’aznachilik bo’linmalaridagi shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’larining qoldiq summalari aks ettiriladi;
«Debitorlar» bo’limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo’yicha qoldiq summalar (debitorlik qarzlar) aks ettiriladi.

  1. Balansning passiv qismidagi «Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha:

«Kreditorlar» bo’limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo’yicha qoldiq summalar (kreditorlik qarzlar) aks ettiriladi;
«Moliyaviy natijalar» bo’limida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijalari (300 - 343 qatorlar), shuningdek yakuniy moliyaviy natijala-ri (350 - 356 qatorlar) har bir daromad (tushum)larning turlari bo’yicha alohida holda aks ettiriladi.
Bunda, joriy yilga moliyaviy natijalar (300 - 343 qatorlar) bo’yicha ko’rsatkichlar yillik balansda aks ettirilmaydi.
«Balansdan tashqari schyotlar» bo’limida hisobot davri oxiriga aks ettirilgan balansdan tashqari schyotlar summasi ko’rsatiladi.
Balans (1-shakl) tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi, mazkur Qoidalarning 146-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Balansni to’g’ri tuzish bo’yicha talablarining bajarilishi ustidan nazorat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari balans ma’lumotlarining to’liqligi, to’g’riligi hamda o’z vaqtida taqdim kilinishi yuzasidan javobgardirlar.



Yüklə 484,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə